So’nggi yangiliklar

17:04Ўзбекистон U-20 терма жамоаси Ироқ билан муроса кўчасини танлади  4 16:49Футзал бўйича Олий лига. "Оил Стар" "Сурхон" дарвозасига "хоҳлаганича" тўп киритди  0 16:30Қирғиз Республикаси термаси бош мураббийи: "Эртага топ-футболчилардан иборат Эронга қарши майдонга тушамиз"  5 16:01Сречко Катанец: "Эртага майдонга тушадиган футболчилар ўзини кўрсатиш вақти келди" (матбуот анжумани)  27 15:3420 млн фунтга сотиб олинган "Челси" футболчиси кетишига ишора қилмоқда  0 15:13Футзал бўйича Олий лига. 8 та гол урилган ўйинда "Насаф" "Пахтакор"ни енгди  0 14:58Тожикистон ва Афғонистон терма жамоалари ўртасидаги ўртоқлик учрашувини ўзбекистонлик ҳакам бошқариб боради  0 14:18"Челси" Та учун курашда "Барселона" ва "Реал"ни ютиб чиқди  2 13:50Погба Англия Премьер-лигасига қайтиши мумкин  0 13:23"Арсенал" Рафиньянинг трансфери учун катта маблағ ажратишга тайёр  3 12:58Футзал бўйича Олий лига. БМБ "Бунёдкор"га нақд 12 та гол урди!  0 12:33Эшитдик-да! "Нефтчи" Алижоновга қизиқиш билдиряпти, Болтабоев келишиб бўлди  5 12:16Битта хатони учинчи маротаба такрорлаётган ЎФА!  15 12:06"Ливерпуль" асосий трансфер мақсадини белгилаб олди  1 11:40Ўзбекистон КХДРга қарши қандай либосда майдонга тушиши маълум  25

O'zbekiston – Janubiy Koreya uchrashuvi, tomoshabinlar va bo'lajak final haqida fikr-mulohazalar Yangiliklar

O'zbekiston – Janubiy Koreya uchrashuvi, tomoshabinlar va bo'lajak final haqida fikr-mulohazalar

Kecha O'zbekiston yoshlar terma jamoasi U-20 Osiyo kubogi finaliga yo'l oldi. Quyida Janubiy Koreyaga qarshi o'yin haqida 10 ta fikr keltirilgan.

• Koreyaliklar kutilganidan ancha kuchsizroq o'ynadi. Aftidan, Ravshan Haydarovning ilk navbatda raqibni zararsizlantirishdan iborat taktikasi ish berdi. O'rta zonada Abduqodir Husanov joylashgan uchta markaziy himoyachidan iborat sxema haqiqiy topilmadir. Tezligi hisobiga Husanov qanotlarga yaqinroq joylashgan himoya markazidagi sheriklariga (Ortiqboev va O'rozov) bir necha bor yordam qo'lini cho'zdi.

• CHap qanot vingeri poziciyasi Abbos Fayzullaevga mutlaqo mos kelmaydi. Jamoamiz etakchilaridan biri markazda, “o'nlik” poziciyasida ancha xavfliroq, bunga uning “Paxtakor”dagi o'yinlarida ham bir necha bor guvoh bo'lganmiz. Ushbu poziciyada Abbos “ikkinchi tepm”da o'ynashi hamda markaziy hujumchilar raqib himoyasiga etibor qaratgan vaqtda jarima maydonchasiga kiraverishdagi uzatmalarda zanjir hosil qilish mumkin. Qanotda o'ynagan Abbos funkcional jihatdan juda cheklangan: u zarba yo'llash uchun markazga yoki sheriklariga uzatma amalga oshirish uchun chapga o'tishi mumkin.

• Kechagi o'yinni almashtirishlar saqlab qoldi. O'yin boshida Po'latxo'ja Xoldorxonov o'rniga maydonga tushgan Asad Jo'raboevni Ravshan Haydarov qo'rqmasdan maydondan olib tashladi. Hujumda SHahriyor Jabborov o'zini yaxshi tomonlama namoyon etdi, u aslida, qanot futbolchisi hisoblanadi. Biroq u koreyslar darvozasiga bosim o'tkazdi va yaxshi imkoniyatlarga ega bo'ldi. SHahzod Akramov ham yaxshi o'ynadi, ammo hujumning so'nggi pallasida unga aniqlik etishmadi. SHerzod Esanovning maydonga tushishini ham alohida takidlash joiz - u maydon markazini mustahkamladi va hujumlarni faol tarzda qo'llab-quvvatladi.

• Jamoamizning zaif nuqtasi hujum markazi hisoblanadi. Jo'raboev bu nuqtada o'zini ko'rsata olmadi, Xoldorxonov esa jarohat oldi va uning finalga tayyor bo'lishi haqiqatdan yiroq. Qanday qilib O'zbekiston terma jamoasining turnir uchun qaydnomasida bor-yo'g'i ikkita hujumchi bo'lishi mumkin? O'tgan yili U-23 kubogida jamoamizda hujum markazida o'ynay oladigan besh nafar futbolchi bor edi: Norchaev, Juraqo'ziev, Jiyanov, Hoshimov va Odilov.

• Turnirda Otabek Boymurodov haqiqatdan ham o'zini ko'rsata oldi. U ajoyib jismoniy holatga, matonatli xarakterga va xarizmaga ega, bu esa darvozabonlarga tez-tez kerak bo'ladi. Kecha penaltilar seriyasida Boymurodovning jasorat topib, voqealardan rohatlanayotganini guvohi bo'ldik. “Paxtakor”ning darvozabonlar bilan qandaydir muammolari borligini inobatga olsak, Otabek uzoq yillar davomida klubda “birinchi raqam”li posbonga aylanishi mumkin. Turnirdagi minimum xizmatlari uchun unda shunday imkoniyat paydo bo'ldi.

• Uchrashuvning eng yaxshi o'yinchilari sifatida Boymurodov, Husanov, Rahmonaliev va Abdurahmatovlarni aytgan bo'lardim. Boymurodov - penaltilar seriyasidagi mahorati uchun. Husanov himoyada ishonchli o'ynadi va koreyslarga deyarli hech qanday imkoniyat yaratishga imkon bermay, sheriklariga muhofazalanishda yordam berdi. Rahmonaliev maydon markazida o'zining aqlli o'yini bilan ajralib turadi, Abdurahmatov esa hujumlarga qo'shilishni qoyillatib qo'ydi, hatto Janubiy Koreya darvozasiga bir necha bor zarba yo'lladi.

• Muxlislarning qo'llab-quvvatlashi yana O'zbekiston terma jamoasiga yordam berdi. Tomoshabinlarga to'la stadionda o'ynash futbolning haqiqiy bayrami hisoblanadi. Achinarlisi, Superligada bu holat juda kam uchraydi. Ishonchim komilki, tomoshabinlar ko'paysa, O'zbekiston chempionatining saviyasi ham oshadi. Qolaversa, Superliga hozirda kutilmagan natijalari tufayli ham qiziqarli ko'rinish olmoqda.

• Stadionda xavfsizlikni taminlagan huquq-tartibot idoralari va odamlarning hafsalasi pir bo'ldi. Kecha shunchaki maydon to'la emasdi (rasmiy malumotlarga ko'ra, o'yinda 34 ming tomoshabin bo'lgan) - "Bunyodkor" o'z bag'riga sig'dira oladigandan-da ko'proq odam ichkarida edi! Muxlislar yo'laklarda turishdi, zinapoyalarga o'tirishdi. Ko'rinishidan, dastlabki hushtak chalinganidan so'ng chiptasi bo'lmagan ko'plab odamlarga kirishga ruxsat berilgan. Odamlar O'zbekiston yoshlar terma jamoasining kubok sari qanday odimlayotganini tomosha qilishni istagani aniq. Lekin, Xudo ko'rsatmasin, qandaydir mojaro sodir bo'lgan bo'lsa... Baxtimizga, ur-yiqit va talofatlar sodir bo'lmadi. O'FA tekshiruv o'tkazib, qanday qilib tomoshabinlar stadionga keragidan ko'p kirganini aniqlashi kerak.

• Iroq O'zbekiston terma jamoasiga raqib bo'ldi, deb oldindan quvonish shart emas. Men birinchi yarim finalga tashrif buyurdim hamda iroqliklarning qudratli Yaponiyaga qarshi qanday kurash olib borganining guvohiga aylandim. Iroqda hujum chizig'ida juda texnikali futbolchilar, kuchli yarim himoya va yaxshi darvozabon bor. Eng muhimi, Iroq "ikkinchi raqam"da qanday o'ynashni yaxshi biladi va bu uslubni yoqtiradi. Finalda muxlislar O'zbekistonni olg'a borishga chorlaydi, iroqliklarga esa aynan shu narsa kerak bo'ladi. Xaydarov o'z jamoasi darvozasini Iroqning qarshi hujumlaridan mustahkam himoya qilishi uchun yana uchta markaziy himoyachidan iborat sxemadan foydalanishini istisno qilmayman.

• 20 yoshgacha bo'lgan futbolchilar o'rtasidagi Osiyo Kubogi finalida kichik ustunlik hamon O'zbekiston jamoasi tomonida. Ammo Iroqning yo'qotadigan hech narsasi yo'q, ular allaqachon o'z maqsadidan bir bosh yuqori sakrab o'tishdi. Iroq xavfli raqib sanaladi.


Nikolay Egorichev

Reyting: +17   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика