So’nggi yangiliklar

13:16Расман: "Андижон" ярим ҳимоячиси жамоада қолди  1 12:53"Локомотив"га сербиялик ярим ҳимоячи келади  0 12:25"Сурхон" Ҳамиджоновни "Хоразм"га ижарага берди  2 12:07Бугунги ўйинлар: U-23 Осиё Кубоги очилиш ўйинлари, “Ювентус” сафарда ва бошқалар  3 11:55"Насаф" бор-йўғи 4 ўйинда қатнашган легионер дарвозабони билан хайрлашди  2 11:40"Нефтчи" Анталияда "Шахтёр", "Динамо" Батуми ва "Қорабоғ" билан тўқнаш келади  8 11:22Мбаппе — 2025 йилнинг энг яхши пенальтичиси  5 10:45Раҳимжон Давронов: “Ажойиб муҳит бўлади. Шу томонлама менга қизиқ ва ёқимли бўляпти”  1 10:18"Манчестер Сити" АПЛнинг энг қиммат ҳимоячиларидан бирини сотиб олмоқчи  8 09:51"Локомотив" яна бир собиқ футболчисини ортга қайтаришга яқин  2 09:23"Сурхон" U-21 чемпионати тўпурари билан шартнома имзолади  4 08:57Виталий Левченконинг навбатдаги жамоаси деярли аниқ  13 08:30Расман. Гвардиол узоқ муддатга сафдан чиқди  10 08:04Алижоновнинг трансфери нима учун барбод бўлди?  12 07:45Суперлигадаги трансферлар бир саҳифада  37

O'zbekiston - Janubiy Koreya o'yinini boshqargan hakam borasida OFKga murojaat qilindi Yangiliklar

O'zbekiston - Janubiy Koreya o'yinini boshqargan hakam borasida OFKga murojaat qilindi

O'zbekiston olimpiya terma jamoasi tomonidan hakam Fahad al Mirdasiy borasida Osiyo futbol konfederaciyasiga murojaat bo'ldi.

Eslatib o'tamiz, ushbu hakam O'zbekiston - Janubiy Koreya o'yinini boshqargan va bir necha bor qo'pol xatolarga yo'l qo'ygan edi.

Uff.uz'ga xabar qilinishicha, O'zbekiston olimpiya terma jamoasi tomonidan bildirilgan murojaatda hakam Janubiy Koreyaga qarshi kechgan uchrashuvda bir qator vaziyatlarda noto'g'ri qaror qabul qilgani aytilgan va musobaqa yakuniga qadar ushbu hakam O'zbekiston ishtirokidagi o'yinlarni boshqarmasligi so'ralgan. Xususan murojaatda quyidagicha fikr bildiriladi.

"Bunday hakamlik OFKning obro'yiga mos kelmaydi deb hisoblaymiz. O'yin tasviri qayta ko'rib chiqilgach shunday xulosaga keldikki, ayrim vaziyatlarda hakam O'zbekiston olimpiya terma jamoasi zarariga noto'g'ri qaror qabul qilgan. Buning natijasida O'zbekistonning bir qator OAVda norozilik bildirildi va muxlislar o'rtasida Osiyo futboli borasida salbiy fikrlar paydo bo'lmoqda.

SHu sababga ko'ra O'zbekiston - Janubiy Koreya o'yinini boshqargan hakam musobaqa yakuniga qadar O'zbekiston olimpiya terma jamoasi ishtirokidagi o'yinlarga tayinlanmasligini so'raymiz".

Eslatib o'tamiz, saudiya arabistonilik hakam Fahad al Mirdasiy O'zbekiston - Janubiy Koreya o'yini uchun juda past hisoblanadigan 4 baho olgani xabar qilinmoqda, ammo bu malumot rasmiy tasdig'ini topganicha yo'q.

Zafar QOSIMOV, Doha

Reyting: +22   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика