So’nggi yangiliklar

20:33"Реал" сардори жароҳатидан қутилди ва майдонга қайтишга тайёр  0 20:00Суперлига. ОКМК - "Сурхон" 0:0 (матнли трансляция)  18 19:50"Реал" трансфер мақсадларининг биридан воз кечди  3 19:21"Ювентус" юлдуз ҳужумчиси учун бор-йўғи 20 млн сўрамоқда  4 18:44"Реал" Клублар ўртасидаги ЖЧдан кейин яна бир ҳимоячи билан шартнома имзолайди  2 18:18Лопетегининг сўровига биноан Ал Хайдос Қатар терма жамоасига чақирилди  7 17:45"Навбаҳор" футболчиси Беларусга йўл олмоқда  11 17:23Ўзбекистон Кубоги 1/8 финал босқичи ўйинларида ишловчи расмийлар билан танишинг  2 17:02"Динамо" ҳамда "Нефтчи" ўртасидаги қолдирилган баҳсга ҳакамлар тайинланди  4 16:41Қозоғистон футбол федерацияси президенти Ўзбекистон билан ўйин ҳақида баёнот берди  17 16:18Игорь Шквирин Европа клубига ўтиши нега барбод бўлганини айтиб берди  15 16:11"Бунёдкор" "Сўғдиёна"ни ранжитган ўйиндан ГАЛЕРЕЯ  0 15:38"Рома" "Борнмут" аъзосини харид қилмоқчи  0 15:12GiveMeSport дунёнинг энг яхши футболчилари рейтингини эълон қилди  5 14:45Бундеслиганинг бир қанча клублари "Манчестер Сити" футболчисини сотиб олмоқчи  1

O'zbekiston - Janubiy Koreya o'yini oldidan. Ro'ziqul Berdiev va Asror Aliqulovning taxmini qanday? Yangiliklar

O'zbekiston - Janubiy Koreya o'yini oldidan. Ro'ziqul Berdiev va Asror Aliqulovning taxmini qanday?

Bugun Toshkent vaqti bilan 15:15da O'zbekiston olimpiya terma jamoasi koreyalik olimpiyachilariga qarshi yashil maydonda saf tortishadi.

Yosh futbolchilar bilan ishlashda o'rnak ko'rsatib kelayotgan murabbiylar Ro'ziqul Berdiev va Asror Aliqulov “C” guruhidan o'rin olgan 3-tur bahsi oldidan o'yin haqidagi fikrlarini va taxminlarini Qashqadaryodagi muhbirimiz Nomoz CHorievga malum qilishdi.

"Bu o'yin biznikilar uchun muhim hisoblanadi. Janublik koreyslarni mag'lub etish yoki ulardan ochko tortib olish uddalasa bo'ladigan vazifa. Har bir futbolchi asosiy tarkibda o'ynashga loyiq deb uylayman. Agarda yigitlar o'zini 100% o'yinini ko'rsata olishsa uch ochkoli bo'lishimiz tayin. Yigitlarimizdan faqat g'alaba kutaman. Taxminim bo'yicha yakuniy hisob O'zbekiston foydasiga 2:1 ko'rinishini oladi”, - deydi Ro'ziqul Berdiev "Nasaf" bosh murabbiyi.



Asror Aliqulov esa ushbu qarama qarshilikda durang natija qayd etilishi haqiqatga yaqin ekanligini alohida takidlab o'tdi.

"Guruhimizda gollar ko'p bo'lmayapti. O'zbekiston - Janubiy Koreya bahsida yirik hisob qayd etilmasa kerak. Koreys yoshlariga qarshi hujumkor futbol namoyish etishimiz maqsadga muvofiq bo'lar edi. Futbolchilarimizning guruhdan chiqishi uchun bir ochkoning o'zi kifoya qiladi. Menimcha uchrashuvda 1:1 hisobi bilan tugasa kerak. Yigitlarimizga omad tilayman. Zero shukuhi xalqimiz olimpiyachilarimiz uchun zangori ekrandan ko'z uzishmaydi", - deydi "Mashal" bosh murabbiy Asror Aliqulov.

Nomoz CHoriev tayyorladi

Reyting: +28   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика