So’nggi yangiliklar

01:46Сунъий интеллект "Олтин тўп" номзодларини ўзбек клублари либосларида тасвирлади  1 01:32Бундеслига. "Боруссия" Д ишончли ғалабага эришди  0 01:09Ўзбекистон термасининг Нидерландияга қарши ўйинолди машғулоти ГАЛЕРЕЯ  0 00:59Саудия Арабистони. "Ал Насср" 90+9-дақиқада мағлубиятдан қутулиб қолди  3 00:29Россия. Ашурматов антиқаҳрамонга айланган учрашувда "Рубин" ўз майдонида мағлуб бўлди  3 00:05Максим Шацких: "Ўйин 80 дақиқа давомида рақиб майдон ярмида кечди. "Ал-Васл" сафида бор-йўғи 2та маҳаллий футболчи бор"  7 23:47Жаҳон чемпионати олдидан ЎФА президенти Абдусалом Азизов Ўзбекистон футзал миллий терма жамоаси билан учрашди  0 23:28Тожикистон термасининг Тошкентдаги машғулотидан ГАЛЕРЕЯ  0 23:00Бундеслиганинг 3-тури старт олмоқда! "Боруссия" Д ўз майдонида дебютантни қабул қилади  0 22:51Виталий Левченко: "1 очкога муносиб эдик"  6 22:22"Навбаҳор" иштирокидаги ўйин санаси ўзгарди  5 22:06Жамшид Саидов: “Мезбонлик мақомидаги ўйинларимиз ҳам сафар учрашуви каби ўтаяпти”  4 21:58Иван Бошкович: “Ҳозирдан "Насаф”ни чемпион дея олмаймиз"   14 21:45Суперлига. "Пахтакор" - "Нефтчи" 0:0  0 21:28Суперлига. Ўзбек "Эл Классико"да "Пахтакор" ва "Нефтчи" ўзаро нурсиз дуранг ўйнади  83

O'zbekiston - Iordaniya uchrashuvining eng yaxshi futbolchisi – L.To'raev Yangiliklar

O'zbekiston - Iordaniya uchrashuvining eng yaxshi futbolchisi – L.To'raev

Terma jamoamizda ikkinchi tarkib degan tushuncha yo'qolib borayotgandek.
Iordaniya terma jamoasiga qarshi o'yinni etakchilarisiz o'tkazgan MTJning saviyasida o'zgarish kuzatilmadi. Garchand, asosiy tarkibning 5 nafar futbolchisi maydonga tushmagan bo'lsada, jamoamiz ishonchli va hujumkor o'yin ko'rsatdi.

Iordaniyaga qarshi kechgan uchrashuvni asosiy tarkibda boshlagan futbolchilarga ball qo'yib chiqdik.



Ignatiy Nesterov - 8
Aslida o'yinda Nesterovga ko'p ham ish topilmadi. O'yinni dastlabki daqiqalari asosan maydon markazida kechdi, keyin tashabbusni biznikilar qo'lga olishdi. Ammo yangilangan himoyani boshqarib turish ham kerak. Buni Ignatiy uddalay oldi. O'tkazib yuborilgan golda ham uning aybi yo'q. O'yin so'nggida tepilgan jarima zarbasini ham mahorat bilan bartaraf etdi. Sal o'tib esa burchak zarbasidan etkazib berilgan to'pga birinchilardan bo'lib chiqib hisobni o'zgarishini oldini oldi.

Farrux Sayfiev - 8
Falastin bilan o'yinda xatolarga yo'l qo'ygan Farrux bu o'yinda juda yaxshi harakat qildi. Qanotdan tashkil qilingan hujumlarda ham faol ishtirok etdi. Birinchi bo'limning so'nggi daqiqalarida darvozamizning o'tkir burchagiga etkazib berilgan pasni qiyinchilik bilan, ammo mohirona xavfli zonadan uzoqlashtira oldi. Hisobni tenglashishiga sabab bo'lgan penaltini aynan "Nasaf" futbolchisi ishladi.

Anzur Ismoilov - 8
Bu o'yin Ismoilov uchun katta sinov bo'ldi. Bu vazifani u o'rtacha uddaladi. Avvallari Ashurmatov, Fyodorov va Aliqulov kabi tajribali himoyachilarning ortida o'ynagan futbolchi, endi o'z ortidan yoshlarni ergashtirishi kerak. Ikkinchi qavatda o'yin bermadi. Biroq avvalgidek hujumlarda faollik qilmadi. Aslini olganda burchak zarbalarni o'zi kam bo'ldi. 20-daqiqalarda amalga oshirilgan burchak zarbasini gol bilan yakuniga etkazish uchun unga biroz omad etishmadi.

Egor Krimec - 7.5
Agar qanot himoyachilari ko'p vaziyatni hujum qilish bilan o'tkazishsa, bunday pallada markaziy himoyachilar uchun o'ta qiyin bo'ladi. Ammo o'tkazib yuborilgan golda vaziyat biroz engilroq edi. SHunchaki himoyachi bu vaziyatda hatolikka yo'l qo'ydi. Krimec terma jamoamizning ertasi ekan, unga bunday xatolar yarashmaydi. Mazkur xatosini ikkinchi bo'limda tuzata oldi. Agar o'z vaqtida darvoza chizig'i yoniga etib kelmaganida, bo'sh qolgan "qutiga" kirayotgan to'pni gol bilan yakunlanar edi.



SHuhrat Muhammadiev - 7.5
"Nasaf" futbolchisiga oliy liganing kuchsizligi pand beryapti. Himoyachi sifatida hujum tashkil etishiga yaxshi baho beramiz, ammo himoyalanishga kelganda bazi xatolar ko'zga tashlandi. Bu ko'proq unda xalqaro, oliy ligada esa sifatli o'yinni ko'rmaganligidan. Muhimi istedod bor, faqat uni shakillantirish kerak. Farrux Sayfievga ball keltirgan vaziyatni yaratilishiga sabab, Iordaniya futbolchisini Muhammadievdan o'tib ketgani sabab bo'lgan edi.

Javlon Ibrohimov - 8
Bu futbolchini o'yinda ko'rmaysiz, ammo uni bajaradigan ishlari keng ko'lamda bo'ladi. Javlon bugun yaxshi harakat qildi, bir marotaba uzoqdan aniq zarba berdi. Asosiy etiborini bari-bir himoyaga yaqin nuqtaga qaratdi.

Temur Kapadze - 8
Terma jamoamizni sardor sifatda maydonga boshlab tushgan Kapadze tajribaga tayangan holda o'ynadi. U menga "Traktor"dagi No'mon Hasanovni eslatib yuboryapti. Tanlangan taktika "Kopa" uchun ayni muddao edi. Ikki yonida, o'ziga o'xshab o'ynaydigan futbolchilar, Lutfillo To'raev va Javlon Ibrohimov. Timur esa to'pni qabul qilib olganda, turgan joyida aniq pas bera olishi bilan ajralib turdi.

Lutfillo To'raev - 8.5
Bu futbolchiga eng katta balni qo'yishga lozim topdim. So'nggi yillarda OCHLda o'ynab o'rganib qolgan futbolchi "Lokomotiv"da oliy liga bilan cheklanishga majbur bo'ldi. Terma jamoa esa huddi unga, issiqda tashna bo'lib o'tirgan kishiga suv bergandek bo'lyapti. Xalqaro o'yin unga suv bo'lib ko'rinyapti. O'zi futbolda shunaqa, bitta "moment"da yaxshi o'ynavorsangiz, ishtaxangiz ochilib ketadi. To'raev raqib hujumini buzish va o'z jamoasinikini yaratish bo'yicha o'yinning eng faol futbolchisi bo'ldi.



Jamshid Iskanderov - 8
"Paxtakor" azosi bu o'yinda o'ng va chap qanotda Rashidov bilan almashib harakat qildi. Sayfievning "penaltisi"ga to'pni Jamshid uzatib bergan edi. Jamshidni kamchiligi to'p bilan ko'p o'ylanib qolayotganligida bo'lyapti. Katta tezlikka ega bo'lmagan oliy ligamizda bu narsa ko'zga tashlanmaydi, ammo MTJdagi raqiblar ancha jiddiy. Kishini quvontiradigani Jama, qaysi qanotda to'p tepmasin Rashidovni aniq ko'ra olyapti. Rashidov esa sobiq hujumchi sifatida ko'pgina vaziyatlarga o'zi nuqta qo'yishga harakat qilyapti. Hullas, Iskanderovning ishi besh, ammo yanada alo bo'lishi uchun, MTJdagi faxriylardan ko'p narsani o'rganishi kerak.

Sardor Rashidov - 8
Rashidov o'yinni qanotdagi hujumchi sifatida o'tkazdi. Jeparov va Ahmedov maydonga tushmaganligi bois, ko'pchilik unga o'ynadi. Ko'p vaqtini chap qanot yarim himoyasida o'tkazdi. Belgilangan penaltini ham sovuqqonlik bilan amalga oshirdi. Amir SHafidek darvozabonni aldagan holda, to'pni darvozabon turgan nuqtaga yaqin bo'lgan joyga havolatib joylab qo'ydi. Undan tashqari o'yin davomida ko'plab imkoniyatlarga ega bo'ldi. Etakchilar tushmagangi sabab bo'lsa kerak, balki unga bosim bo'ldi. Iroq bilan o'yinda uning harakatlariga yanada aniqroq baho berishimiz mumkin bo'ladi.

Bahodir Nasimov - 7.5
Nasimov ko'p vaqtini o'yin amaliyotisiz o'tkazib yuborgani bilinib qoldi. Birinchi bo'limda unda ikkita zo'r imkoniyat bo'ldi. Birinchisida terma jamoamiz Iordaniya jarima maydonchasi ichida haqiqiy shturmni amalga oshirdilar. SHu vaziyatlar sodir etilayotgan paytda Nasimov qaychi uslubida zarba berib muxlislar olqishiga sazovor bo'ldi. Bu erda SHafi poziciyani to'g'ri tanlagani uchun to'pni qaytarib qoldi. Ikkinchi yaxshi vaziyatda esa u to'pga biroz noaniq zarba berdi. Unga ball, o'yinda ishtirok etgan daqiqasi asosida qo'yilganini takidlab o'tgan bo'lar edim.


Albatta bu mutaxassis fikri emas, shunchaki jurnalist ko'zi bilan ko'rilgan vaziyat. Tanqid bor joyda esa o'sish bo'ladi, agar u asosga ega bo'lsa.


Nodirxo'ja Yuldashev
Dubay
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика