O'zbekiston hamda Ekvatorial Gvinieya terma jamoalari o'rtasidagi o'rtoqlik o'yini bekor qilindi
31 may 2016 13:10
Yangiliklar
O'zbekiston hamda Ekvatorial Gvinieya terma jamoalari o'rtasidagi o'rtoqlik o'yini bekor qilindi
Ekvatorial Gvineya futbol federaciyasi bosh kotibi Tadeo Nsue Onva imzolagan xatda aytilishicha, Afrika Konfederaciyasining yo'rig'iga ko'ra Afrika Millatlar Kubogining saralashi doirasida o'tkazilishi kerak bo'lgan Ekvatorial Gvineya-Benin o'yini 3 iyun kuni o'tkazilishi mumkin. SHu sababli Ekvatorial Gvineya O'zbekiston terma jamoasi bilan o'rtoqlik uchrashuvini o'tkazish uchun Toshkentga kela olmasligini malum qildi.
Biz O'zbekiston Futbol Federaciyasidan uzr so'raymiz va ushbu o'yinning yaqin vaqt ichida o'tkazilishiga umid qilib qolamiz, - deb yakunlanadi Ekvatoriyal Gvineya futbol federaciyasi bosh kotibining maktubi.
O'zbekiston Futbol Federaciyasi O'zbekiston-Ekvatorial Gvineya uchrashuviga sotilgan chiptalarni qaytarib olish masuliyatini o'z bo'yniga oladi.
Fikrlar