So’nggi yangiliklar

00:48Виктор Гёкерешни яхшигина пулга сотган "Спортинг" 25 млн. еврога Луис Суаресни сотиб олди  2 00:27Равшан Эрматов: "Ўртоқлик ўйинлари ҳақида бир тўхтамга келганимиздан сўнг хабар берамиз"  5 00:10Уче Бриансео Нвадике: "Осиё кубоги саралаш босқичида нималарга қодир эканлигимизни кўрсатамиз"  0 23:44Мираброр Усмонов Кубоги-2025. Индивидуал совринлар кимларга насиб этди?  1 23:26Тимур Кападзе: "Аргентина ва Уругвай билан ўйин... Бу маълумот ҳақиқатга яқин"  19 23:00"Бавария" Риберининг учинчи ўринбосари учун 75 млн евро сарфлади. Бу сафар натижа қандай бўларкин?  3 22:53Тер Стеген ва "Барселона" ўртасидаги муносабатлар таранглашганми?  1 22:22"Нефтчи" уч нафар футболчи билан шартнома имзолади  2 22:10U-23. Ўзбекистон – Япония 0:2  4 21:55Мираброр Усмонов Кубоги-2025. Япония U-23 Ўзбекистонни мағлуб этди ва турнир ғолибига айланди  76 20:56ПСЖ Доннарумма борасида "Челси", "Галатасарой" ва бошқа клублар таклифларини кўриб чиқишга тайёр  4 19:57"Локомотив" Тожикистон жамоасидан енгилди  3 19:43"Эвертон" Кубога қизиқиб қолди  0 19:19Жака АПЛга қайтмоқда   1 18:39Гвардиола "Барселона"га қайтадими?  11

O'zbekiston – Gonkong uchrashuvida maydonga yugurib tushgan muxlislar mamuriy javobgarlikka tortildi, 2 nafar shaxs 5 sutkaga qamaldi Yangiliklar

O'zbekiston – Gonkong uchrashuvida maydonga yugurib tushgan muxlislar mamuriy javobgarlikka tortildi, 2 nafar shaxs 5 sutkaga qamaldi

Toshkent shahar IIB matbuot xizmati xabariga ko'ra, JCH-2026 hamda OK-2027 qo'shma saralash bosqichi doirasidagi bahsdan so'ng tartibsizlik keltirib chiqargan fuqarolar qonuniy jazo olishdi.

"Yuz bergan holatda stadion xodimlari va O'zbekiston futbol associaciyasi masullarining har qancha ogohlantirishlariga qaramay, bu shaxslar o'z bilganlaridan qolmadilar.



Futbol maydonida tartibsizlikni yuzaga keltirgan shaxslar huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlarining qonuniy talablarini bajarmay, ularga ham qarshilik ko'rsatdilar. SHundan so'ng ular darhol CHilonzor tumani ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasiga olib kelindi. Tartibbuzarlarning 6 nafari voyaga etmagan shaxs bo'lganligi sabab Mamuriy javobgarlik to'g'risidagi kodeksning 47-moddasiga binoan ularning ota-onasiga nisbatan mamuriy bayonnoma rasmiylashtirilib, jarimaga tortildi. 

Qolgan 3 nafar shaxs yuzasidan ham mamuriy bayonnoma tuzildi va qonuniy qaror qabul qilish uchun Jinoyat ishlari bo'yicha tuman sudiga yuborildi. Sud tomonidan qoidabuzarlarning 2 nafari N.A. va K.R. Mamuriy javobgarlik to'g'risidagi kodeksning 183 va 194-moddalariga binoan 5 sutkadan, M.M.ga esa 7 sutka mamuriy qamoq jazosi tayinlandi", – deyiladi Toshkent shahar IIB xabarida. 

Malumot o'rnida, 26 mart kuni "Bunyodkor" stadionida JCH-2026 2-saralash bosqichi doirasidagi O'zbekiston – Gonkong (3:0) bellashuvi o'tkazildi. Ushbu uchrashuvdan so'ng o'nlab muxlislar maydonga yugurib chiqishdi. Endilikda O'FA OFK tomonidan o'rnatilgan yirik miqdordagi jarimalarni to'lashi kerak bo'ladi. 

Reyting: -4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика