So’nggi yangiliklar

02:45Вадим Абрамов: "Насаф"ни узоқлаштириб юбормадик, ҳали умид бор"  0 01:43Фламарион нима сабабдан кўп ўйинларда қайдномага киритилмагани ва Габриэль Жезус билан муносабати ҳақида гапирди  0 01:38Азим Аҳмедов: "Навбаҳор"нинг биринчи даврадаги иштирокини 7-8 баллга баҳолаган бўлардим"  0 01:27Камолиддин Тожиев: "Биз ҳали чемпионлик пойгасини тарк этмадик. Абдиҳолиқов 100% ҳал бўлди"  1 01:23Сергей Лушчан: "5-8та гол ўтказиб юбормаганимиз яхши бўлди. Таркибимиз ўзгармаяпти"  3 01:19Сардор Собирхўжаев: "Бу ўйинда қайси жамоа биринчи гол урса, ўша ғалаба қозонарди"  0 00:58Рўзиқул Бердиев: "Бугунги ўйинда фақатгина ВАР бўлмагани баҳсли вазиятга айланди"  12 00:40Алишер Одилов: "Голим ҳисобланганда, ўйин бошқача бўларди. Буёғи ҳакамнинг виждонига ҳавола"  10 23:32"Барселона" яна Рэшфорд билан музокараларни бошлади  5 22:35Рэшфорднинг келажаги бўйича музокаралар келаси ҳафта бўлиб ўтади. Маркус МЮ ва Аморимнинг режаларига кирмаслигини қабул қилди  7 21:59Суперлига. Пешқадам "Насаф" Самарқандда жанговар дуранг қайд этди  110 21:57Суперлига. "Пахтакор" гол инобатга олинмаган ўйинда "Навбаҳор"ни мағлуб этди  216 21:41"Ал Ҳилол" Тео учун 20+5 млн евро таклиф қилди. "Милан" 25 млн олмоқчи  6 20:58"Бавария" ва "Ливерпуль" француз иқтидори учун баҳслашади  7 20:18Сергей Чигодаев: "Вазиятларимиз жуда ҳам кўп бўлди, лекин уларни голга айлантира олмадик"  6

O'zbekistonda futzalni rivojlantirishning 2025-2028 yillarga mo'ljallangan strategiyasiga bag'ishlangan matbuot anjumani (to'liq) Yangiliklar

O'zbekistonda futzalni rivojlantirishning 2025-2028 yillarga mo'ljallangan strategiyasiga bag'ishlangan matbuot anjumani (to'liq)

O'zbekiston futzalni rivojlantirishning 2025-2028 yillarga mo'ljallangan strategiyasiga bag'ishlangan matbuot anjumani va terma jamoalar murabbiylarini tanishtirish marosimi boshlanadi.

YANGILASH


Anjuman yakunlandi. Etiboringiz uchun rahmat!

16:33. Nodir Eliboev: "Bu masuliyatli lavozim. Sizlarni va xalqimizning ishonchini oqlashga harakat qilaman. Strategiyamiz 2028 yilgi Jahon chempionatida o'z o'rnimizga ega bo'lish. Futzalda yangi sahifani ochyapmiz"

16:28. Fabrico Tesheyra O'zbekiston futzal terma jamoasida jismoniy tayyorgarlik bo'yicha ishlaydi.

16:28. O'zbekiston ayollar futzal terma jamoasi murabbiyi Farruh Zokirov. 

16:28. O'zbekiston o'smirlar futzal terma jamoasi murabbiyi Dilshod Rahmatov

16:28. O'zbekiston yoshlar futzal terma jamoasi murabbiyi Konstantin Sviridov.

16:25. Rasman: Nodir Eliboev - O'zbekiston futzal terma jamoasi bosh murabbiyi. 

16:24. Futzal federaciyasida murabbiylar kengashi tuzildi. Murabbiylar kengashi raisi etib Aleksandr Petrov tayilandi. Bahodir Ahmedov kengash raisi o'rinbosari sifatida elon qilindi. Kengashdan Abdulla Bo'riev, Nodir Eliboev, Fuzuli Xayrullaev, Shuhrat Tajibaev, Ahadjon Yusupov, Farruh Zokirov, Dilshod Haydarqulov, Rustam Zuparov o'rin oldi. Bundan tashqari intizom komissiyasi tashkil qilindi. 

16:23. Bekzod Mamatqulov: "O'FF O'FAning ukasi"

16:22. Avaz Maksumov: "Futzalning imkoniyatlari keng. O'z vaqtida Server Jeparov, Artur Gevorkyan futzaldan chiqib kelgan. O'FAning yangi texnik direktori ham akademiyalarda haftada bir bor futzal o'ynash kerakligini aytdi"

16:10. O'zbekiston terma jamoasi sohil futboli bo'yicha mart oyidagi Osiyo chempionatida qatnashmaydi. Bu haqida O'FA bosh kotibi Avaz Maksumov malum qildi.

16:00. Bekzod Mamatqulov: "Faxriylar o'rtasida turnirlar o'tkazishimiz rejalashtirilgan"

15:55. Bekzod Mamatqulov: "Men O'FF rahbariman. Bu yil kamida 4 ta klub BMB darajasida chempionlik uchun kurashadi. Legionerlar jalb qilinadi"

15:53. Qaerdadir oyliklar shunchaki daxshatli. Bu yilgi chempionatda hech qanday talab qo'ymaymiz. Keyingisida alohida shartlar bo'ladi, malum bir summalar belgilab beriladi. Viloyatga borganda non tishlab, taksida yotib keladi. Bunday jamoani qatnashmagani maqul. 80 foiz klublarimizda vaziyat yaxshi. Futzalchilarimiz bir haftaga Qozog'istonga borib avariya bo'lib kelishmoqda. Bazi klublar kosmosdek pul to'lamoqda. Futzalga kelganda esa...Buni rivojlantirmasdan futzalni oldinga siljita olmaymiz.

15:52. Futzalchilarning maoshi haqida O'FF prezidentiga savol berildi.

15:49. "Turon Soliqchi", "Ro'zmat Madaminov" kabi jamoalar bo'lgan. Bularning zamirida futzalni yaxshi ko'radigan insonlar yotgan. Andijon, Samarqand, Xorazmda futzalni rivojlantirish bo'yicha katta salohiyatga egamiz. Bugungi kunda FIFAda futzalni Olimpiada o'yinlariga olib kirish masalasi ko'rib chiqilmoqda. Biz ham bu yo'nalishda harakatni jadallashtirishimiz kerak. Futzal geografiyasini kengaytirishga harakat qilamiz"

15:42. "Chempionat formati bo'yicha savolga kelsak, o'sha format qoladi. Vaqti o'zgaradi. Joyi o'zgaradi. Birinchi o'yinimiz 15:00, keyingisi 17:00, so'ng 19:00da bo'ladi. Har qanday klub tur o'tadigan vaqtda 1 kun dam oladi, 2 ta o'yin o'tkazadi. Klublarning 60 foizida maosh bermaydi. Birinchi o'rinda infratuzilmani qilib olishimiz kerak",- deya javob berdi O'FF prezidenti Bekzod Mamatqulov. 

15:31.  "Keyingi yildan boshlab ayollar futzal chempionati alohida o'tkazish rejalashtirilgan. Bunga malum vaqt kerak, chunki ayollar futzal chempionati yo'q",- deydi O'FF prezidenti Bekzod Mamatqulov. 

15:27. Bosh kotib so'zini yakunladi. 

15:25. Yakunda qanday natijalarga erishilishi haqida malumot berildi. Javobi suratda. 

15:21. O'zbekistonda futzalni rivojlantirishning 2025-2028 yillarga mo'ljallangan strategiyasining asosiy maqsadi: 

1. Futzalni ommalashtirish va rivojlantirish. 

2. Professional klublarni qo'llab-quvvatlash. 

3. Yosh futzalchilarga keng imkoniyat yaratish. 

4. Xalqaro turnirlarda ishtirok etish darajasini oshirish. 

15:05. So'z O'FF bosh kotibi Marufjon Abdullaevga berildi. U 2025-2028 yillarga mo'ljallangan strategiyani o'qib eshittirmoqda. 

15:04. Mamlakat futzal bundan buyon qanday bo'ladi degan savol bor edi. O'shanda biz hozir tayyor emasligimizni, xalqaro tajriba, tizimlarni o'rganishimizni, ichkariga kirishimizni aytgandim. Oradan vaqt o'tdi. Bu vaqt ichida Latviya, Turkiya, Polsha kabi mamlakatlarda bo'ldim. Tizimlar bilan tanishdik. Qisqa vaqt ichida Braziliya, Ispaniya tajribalarini o'rgandik. Futzalning 3 yillik dasturini ishlab chiqdik. 

15:00. Matbuot anjumani boshlandi. Uni taniqli sharhlovchi Mirzahakim To'xtamirzaev olib bormoqda. So'z O'FF prezidenti Bekzod Mamatqulovga berildi. 


14:57. Katta ehtimol bilan bugun Nodir Eliboev O'zbekiston futzal terma jamoasi bosh murabbiyi sifatida tanishtiriladi. 

14:55. O'FA bosh kotibi Avaz Maksumov, O'zbekiston futzal federaciyasi prezidenti Bekzod Mamatqulov, O'FA faxriylari kengashi raisi To'lagan Isoqov, O'FA prezidenti masalahatchisi Avaz Azizxo'jaev, O'FA prezidenti maslahatchisi Rahmiddin Zikriyaev anjumanda ishtirok etadi. 

14:50 Anjuman ishtirokchilari, futzal sohasida faoliyat olib boradigan murabbiylar "Lotte City Hotel Tashkent Palace" mehmonxonasiga yig'ildi. 

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика