O'zbekiston futzal terma jamoasining og'ir mashg'ulotidan GALEREYA
15 iyu 2021 16:57
Yangiliklar
O'zbekiston futzal terma jamoasining og'ir mashg'ulotidan GALEREYA
Bugun terma jamoamizning mashg'ulotiga tashrif buyurdik. Bugungi mashg'ulotda yig'inga chaqirilgan o'yinchilardan 19 nafari ishtirok etdi. Faqatgina Sunnatilla Jo'raev kichik jarohat sabab mashg'ulotda ishtirok etmadi. Ayni paytda murabbiylar asosiy etiborni futzalchilarning jismoniy holatini yaxshilashga qaratishgan. SHu sabab ularga og'ir jismoniy yuklamalar berilmoqda. Ispaniyalik darvozabonlar murabbiyi Karlos Korona Suares allaqachon ishni boshlab yuborgan. Jismoniy tayyorgarlik bo'yicha mutaxassis Arkaitz Sisniega Gomes (Ispaniya) esa 18 iyul sanasida Toshkentga etib keladi va O'zbekiston terma jamoasidagi faoliyatini boshlaydi. Bugungi og'ir va juda yuqori tempda o'tgan mashg'ulotdan suratlarni saytimizning maxsus bo'limi orqali tomosha qilishingiz mumkin. >>>>> FOTOGALEREYA
O'zbekiston futzal terma jamoasida ikki ispaniyalik murabbiy ish boshladi
Ushbu yig'in 18 iyulga qadar davom etadi. SHundan so'ng terma jamoa 19 iyul kuni Turkiya orqali Tailand poytaxti Bangkok shahriga yo'l oladi.
Foto: Tolibjon Qosimov
Futzal. O'zbekiston terma jamoasi Tailanddagi xalqaro turnirda qatnashadi
Ispaniyalik darvozabonlar murabbiyi Karlos Korona Suares.
Yuklamalardan o'yinchilarning holati.
Bugungi og'ir va juda yuqori tempda o'tgan mashg'ulotdan suratlarni saytimizning maxsus bo'limi orqali tomosha qilishingiz mumkin. >>>>> FOTOGALEREYA
Fikrlar