O'zbekiston futzal terma jamoasida ikki ispaniyalik murabbiy ish boshladi

Aslanov Jasurbek
2 iyul 2021, 20:18
O'zbekiston terma jamoasi Litvadagi Jahon chempionatiga tayyorgarlni davom ettirmoqda va Toshkentda yig'in o'tkazadi.

Ushbu yig'inga 20 nafar futzalchi jalb etilgan.

Futzal bo'yicha O'zbekiston milliy terma jamoasi Litva mezbonlik qiladigan Jahon chempionatida ishtirok etadi.

Yaqinlashib kelayotgan mundialga munosib tayyorgarlik ko'rish maqsadida futzalchilarimiz jahonning yetakchi futzal terma jamoalari bilan o'rtoqlik uchrashuvlari tashkil etib kelmoqda.

Xususan, Bahodir Ahmedov shogirdlari o'tgan hafta Janubiy Amerikaning eng kuchli terma jamoalaridan biri hisoblangan Venesuela bilan kuch sinashdi. Yunusobod sport majmuasida bo'lib o'tgan ushbu uchrashuvlarda dastlab durang natija, keyingi bahsda esa vakillarimiz g'alaba qozondi.

Jahon chempionati uchun tuzilgan tayyorgarlik rejasiga asosan futzalchilarimiz 3-18 iyul kunlari Toshkent shahrida o'quv-mashg'ulot yig'inini o'tkazadi. Bosh murabbiy Bahodir Ahmedov ushbu yig'in uchun 20 nafar futzalchini jalb etgan.

Shuningdek, terma jamoamiz jismoniy tayyorgarligi oshirish va darvozabonlar mahoratini yanada yaxshilash maqsadida ispaniyalik Karlos Korona Suares hamda Arkaitz Sisniega Gomes murabbiylar shtabida ish boshlaydi.


Yig'inga chaqiruv olgan futzalchilar ro'yxati:

1.  Elmurodov Abbos -  Darvozabon - Xuasin J.

2.  Eliboev Ravshan - Darvozabon - Paxtakor

3.  Umarov Rustam - Darvozabon - AGMK

4.  Erkinov Xushnur - Himoyachi - Metallurg

5.  Adilov Mashrab - Himoyachi - Paxtakor

6.  Raxmatov Anasxon - Himoyachi - AGMK

7.  Xamroev Ilhom - Himoyachi - AGMK

8.  Raxmatov Dilshod - Himoyachi - Xuasin J.

9.  Sadiev Shaxzodjon - Himoyachi - Xuasin J.

10.  Ibragimov Isoxon - Himoyachi - AGMK

11.  Ropiev Ixtiyor - Hujumchi - AGMK

12.  Nishonov Xusniddin - Hujumchi - AGMK

13.  Choriev Davron - Hujumchi - AGMK

14.  Jo'raev Sunnatilla - Hujumchi - Paxtakor

15.  To'lqinov Elbek - Hujumchi - Maksam Chirchik

16.  Usmonov Akbar - Hujumchi - Paxtakor

17.  Axadjonov Muzaffar - Hujumchi - AGMK

18.  Solixov Xayrulla - Hujumchi - Lokomotiv

19.  Shavkatov Dilmurod - Hujumchi - Paxtakor

20.  Ibragimov Davlat - Hujumchi - Xuasin J.


O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: ufa.uz