O'zbekiston futzal terma jamoasi ertaga yig'inga kirishadi
09 apr 2025 21:59
Yangiliklar
O'zbekiston futzal terma jamoasi ertaga yig'inga kirishadi
Mazkur yig'in 16 aprel sanasiga qadar davom etadi.
Yig'in davomida Nodir Eliboev shogirdlari poytaxtimizda qo'shni mamlakat – Tojikiston Respublikasi milliy terma jamoasiga qarshi o'rtoqlik uchrashuvida maydonga tushishi rejalashtirilgan. Nazorat o'yinlari 13 va 15 aprel kunlari bo'lib o'tadi.
Eslatib o'tamiz, har ikki bahs Toshkent axborot texnologiyalari universiteti sport zalida bo'lib o'tadi. 13 aprel sanasidagi bahs 16:00da start olsa, 15 aprelga belgilanlan o'yin 17:00da boshlanadi.
Mazkur yig'inga chaqirilgan futzalchilar:
Darvozabonlar – Abbos O'lmasbekov (BMB), Abbos Elmurodov (BMB), Shavkat Ibragimov (“Dinamo”);Himoyachilar – Ilhomjon Hamroev (“Oil Star”), Mashrab Odilov (BMB), Shahzod Sadiev (BMB);
Qanot hujumchilari – Akbar Usmonov (SQB), Mehroj Yunusov (“Oil Star”), Behruz Samiev (“Oil Star”), Eldor Nig'matov (“Lokomotiv”), Doniyor Saidahmedov (SQB), Orzujon Asqarov (“Oil Star”), Shahram Faxriddinov (OKMK), Husniddin Nishonov («Viten», Belorus);
Hujumchilar: Davlat Ibragimov (BMB), Artur Umurov (“Oil Star”), Muzaffar Ahadjonov (BMB).

O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar