O'zbekiston futzal terma jamoasi Dubayga yo'l oldi

Aziz Tukhtamuradov
31 okt 2017, 10:53
Futzal bo'yicha O'zbekiston terma jamoasi BAAda o'quv-mashg'ulotlar yig'inini o'tkazish uchun bugun, 31 oktyabr kuni Dubay shahriga uchib ketdi.

Dubaydagi yig'in doirasida Bahodir Ahmedov shogirdlari BAAga qarshi ikkita o'rtoqlik uchrashuvini o'tkazadi. O'rtoqlik o'yinlari 2 va 3 noyabr kunlariga belgilangan. Jamoa 4 noyabr kuni Toshkent shahriga qaytib kelishi ko'zda tutilgan.

Bahodir Ahmedov yig'inga 16 o'yinchini jalb qildi. Quyida ular bilan tanishish mumkin:

Darvozabonlar: Rustam Umarov (Ardus), Akmaljon Hazratkulov (Do'stlik-AIN);

O'yinchilar: Artur Yunusov (Ardus), Mashrab Odilov (Ardus), Konstantin Sviridov (Olmaliq), Farhod Abdumavlonov (Ardus), Davron Choriev (Ardus), Husniddin Nishonov (Nafis), Davronjon Abdurahmanov (Ardus), Anasxon Rahmatov (Ardus), Ixtiyor Ropiev (Maksam-Chirchiq), Dilmurod Shavkatov (Ardus), Alan Aminov (Ardus), Xushnur Erkinov (Ardus), Akbar Usmonov (Olmaliq), Botirbek Rizaev (Maksam-Chirchiq).

Qayd etish joiz, O'zbekiston va BAA futzal terma jamoalarining o'rtoqlik o'yinlari O'zbekiston Futbol Federatsiyasi va BAA Futbol Assotsiatsiyasi o'rtasidagi imzolangan memorandum doirasida tashkil qilinmoqda.

Eslatib o'tamiz, futzal bo'yicha O'zbekiston terma jamoasi Eronning Tabriz shahrida bo'lib o'tgan OCH saralash bosqichi A guruhida 1-o'rinni egallab, Osiyo chempionati yo'llanmasini qo'lga kiritgandi. Futzal bo'yicha qita birinchiligi 2018 yilning 6–18 fevral kunlari Xitoy Taypeyi shahrida bo'lib o'tadi.

O'xshash yangiliklar


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: the-uff.com