O'zbekiston futbolchilar uyushmasi rahbari Kamoliddin Murzoev: “Neftchi” hali qarzlarini to'liq yopmagan”
11 jan 09:47
Yangiliklar
O'zbekiston futbolchilar uyushmasi rahbari Kamoliddin Murzoev: “Neftchi” hali qarzlarini to'liq yopmagan”
Kecha Farg'onaning “Neftchi” klubi barcha qarzdorlikdan qutilgani haqida xabar bergandi.
Biroq O'zbekiston futbolchilar uyushmasi rahbari Kamoliddin Murzoev bu fikr to'liq haqiqat emasligini takidladi. Sobiq futbolchi muxbirimiz Abdulaziz Iskandarovga bergan intervyusida farg'onaliklarning hali qarzlari borligini malum qildi.
"Neftchi" hali qarzlarni to'liq yopmagan. Ayollar jamoasi, erkaklar jamoasi ayrim futbolchilar bilan hisob-kitob to'liq amalga oshirilmagan",-deb fikr bildirgan O'zbekiston futbolchilar uyushmasi rahbari.
Malumotlarga qaraganda, Farg'ona jamoasi qarzlarni 85 foizini yopgan va yana 2022 yilda harakat qilgan uch nafar futbolchidan mukofot pul qarzi bor.
Fikrlar