So’nggi yangiliklar

01:44Жезуш Роналду ҳақида: "Унинг таклифи туфайли "Ал Насср"даман"  6 00:48Тер Штеген ғазабда, клубдагилар уни кетади деб ўйлашяпти, аммо...  7 00:30"Андижон" Валижон Раҳимов билан хайрлашди  2 23:43"Ал Ҳилол" собиқ устози энди "Ал Насср"ни бошқаради  1 23:17"Ньюкасл" "Айнтрахт" ҳужумчиси учун 70 млн. евро таклиф қилди  2 22:34Испания ҳукумати Ямалнинг туғилган кун байрамида карлик касаллиги бор одамларнинг ишга ёлланганини текширишни сўради  5 22:04КЖЧдан сўнг "Олтин тўп" учун ким асосий даъвогар?  71 19:54Грилишнинг янги манзили Туркия бўлиши мумкин  1 19:27Расман: Кенжабоев "Қизилқум"га қайтди  7 19:11"Бавария" вингери "Барса"га ўтиши мумкин – музокаралар давом этмоқда  0 18:44"Реал" суперюлдузи Мбаппе туфайли клуб билан битимни узайтиришдан бош тортди  11 18:18Инсайдер "Арсенал"ни бир қатор футболчилар тарк этишини маълум қилди  1 17:51"Реал" ва "Ливерпуль" кутилмаган алмашувни режалаштирмоқда  6 17:20"Ливерпуль" Украина терма жамоасининг энг яхши футболчиси трансферига кўз тикди  1 16:51Хаби Алонсо: "Реал" футболчисидан буни умуман кутмагандим"  6

O'zbekiston futbolchilar uyushmasi rahbari: "Javohir Esonqulov va "Surxon" masalasida O'FAga murojaat bilan chiqdik" Yangiliklar

O'zbekiston futbolchilar uyushmasi rahbari: "Javohir Esonqulov va "Surxon" masalasida O'FAga murojaat bilan chiqdik"

Biroz avval Javohir Esonqulov va "Surxon" o'rtasidagi ziddiyat haqida malumot bergandik.

Bilishimiz bo'yicha futbolchi qarzdorlik yuzasidan O'zbekiston futbolchilar uyushmasiga murojaat qilgan.

Uyushma rahbari Kamoliddin Murzoev saytimizga quyidagilarni malum qildi.

"Haqiqatdan ham kecha kechqurun bu borada murojaat qilgan. Qarzdorlik bo'lgan. Futbolchi va klub ikki tomonlama shartnomani bekor qilishgan. Unga qarzdorlik miqdorini to'lab berishi kerak bo'lgan. Futbolchilar oylik munosabatida yuzlanishganida qandaydir tushunmovchilik bo'lgan. Javohir Esonqulovga qo'l ko'tarishgan. Vaziyatning eng yomon tomoni "Surxon" klubida o'ynab turgan futbolchining ham bo'lgani. Ushbu masalada O'zbekiston futbol associaciyasiga xat bilan chiqdik. Tartib-intizom qo'mitasi va tegishli ravishda choralar ko'rilishi bo'yicha murojaat qildik. Asosiy futbol organida, vaziyat futbol subektlari o'rtasida bo'lgani uchun o'sha erda hal qilinishi tarafdorimiz", - deydi Kamoliddin Murzoev.

Reyting: +8   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика