So’nggi yangiliklar

17:58"Барса" ўйинчиси Роке яна "Ал Ҳилол" таклифини рад этди  0 17:30РПЛ. ЦСКА ва Файзуллаев Москвада "Оренбург"ни қабул қилмоқда (онлайн ҳисоб)  3 17:23Симонс яна бир мавсумни ижара асосида "Лейпциг"да ўтказади. У бир неча кундан сўнг тиббий кўрикдан ўтади  1 16:58Флик Кантенинг "Барса"га ўтишини блоклаб қўйди. Мураббий ёш ўйинчиларни афзал кўради  2 16:28Моуринью Гюндоганни "Фенербахче"да кўрмоқчи  0 15:54"Ливерпуль" ярим ҳимоячисини 17,5 млн еврога сотмади  1 15:16"Боруссия" форварди Францияга йўл олади  1 14:47Париж-2024. Ўзбекистонлик ҳакамлар ярим финал ўйинини бошқариб боришади  5 14:31Ашурматов "Химки"дан учралган мағлубиятга изоҳ берди  1 14:07Альвареснинг агенти келаси ҳафтада "Ман Сити" билан музокаралар ўтказади. Клуб ўйинчини 40-50 млн еврога сотмайди  1 13:39"Ливерпуль" Робертсонга ўринбосар топди  0 13:105та гол урилган "Андижон" — ОКМК ўйини ёҳуд олмалиқликларнинг даҳшатли камбэкидан ФОТОГАЛЕРЕЯ  2 12:50Футзал. ЖЧ-1992. Пеле томоша қилган ҳамда онасининг қорнида тўп тепишни бошлаган ялангоёқ болакайнинг энг яхши ўйинчига айлангани ҳақида ҳикоя қиламиз  0 12:36"Атлетико" Альварес учун 47+12 млн фунт таклиф қилмоқда, "Ман Сити" 70+20 млн хоҳламоқда. Мадридликлар пессимистик кайфиятдалар  3 12:05Гвардиола Англия терма жамоасининг қизиқишини изоҳлади  0

O'zbekiston - Eron uchrashuvi oldidan taxminiy tarkibimiz haqida - SHahboz Beg'amov Yangiliklar

O'zbekiston - Eron uchrashuvi oldidan taxminiy tarkibimiz haqida - SHahboz Beg'amov

Teglar :  O'zbekistonEron
Saytimiz xodimi SHahboz Beg'amov bugungi O'zbekiston - Eron uchrashuvidan oldin tarkibimiz qanday ko'rinish olishi mumkinligini tahlil va taxmin qilib ko'rdi.

Ektor Kuper Eron bilan bo'lajak bahsda taktik o'zgarishlarga qo'l urmasa kerak. Yani, jamoa bugun ham avvalgi bellashuvda bo'lgani kabi 4-2-3-1 sxemasidan foydalanadi. Kuper Eronga qarshi uchrashuvda Suriya bilan bo'lgan bahsda ishtirok etmagan etakchilar, legionerlar va mahalliy futbolchilarni maydonga tushirishi deyarli aniq. Faqatgina himoya markazida Anzur Ismoilov yana o'ynash ehtimoli mavjud. Ismoilov har ikkala uchrashuvda ham tushishi taxmin qilayotganimga sabab, jamoada ayni paytda markaziy himoyachilar tanqisligi mavjud. Aniqrog'i, yig'inga taklif etilgan SHerzod Azamov jarohati bois terma jamoa lagerini tark etgandi. SHu boisdan ham o'tgan uchrashuvda maydonga tushmagan Islom To'xtaxo'jaev Krimecni almashtirishi mumkin. Ammo Ismoilovni almashtiradigan himoyachi ayni paytda tarkibda mavjud emas. Murod Xolmuhammedovni esa Kuper himoya markazida sinab ko'rishga tavakkal qilish ehtimoli nisbatan ancha kamroq.

SHuningdek, hujumchi ortida ko'pchilik yana Sardor Rashidovni ko'rishni taxmin qilmoqda. Ammo Kuper boshqalarga imkon berish maqsadida bu nuqtada ham boshqa futbolchini sinab ko'rishi mumkin. SHu boisdan ham Rashidovni o'rniga bugun Sardor Mirzaevni ko'rishimizni taxmin qilyapman. CHunki Suriyaga qarshi uchrashuvda aynan Mirzaev Rashidov maydonni tark etganidan so'ng hujumchi ortida harakat qilgandi. Bu nuqta aslida Mirzaev uchun begona emas. Faoliyatining dastlabki yillarida Mirzaev "Neftchi"da va hozirda "Lokomotiv"da ham bazi paytlari aynan hujumchi ortida o'ynaganiga guvoh bo'lganmiz.



Darvozada katta ehtimol "Paxtakor" vakili Eldorbek Suyunov turadi. O'ng qanot himoyamizda esa aslida chap qanot vakili sanalgan Farruh Sayfievni ko'rishimiz mumkin. Muhammadievning jarohati bois uning o'rniga yig'inga chaqirilgan Murod Xolmuhammedov ham nuqtada o'ynash ehtimoli yo'q emas. Ammo mashg'ulotlarda ko'pgina hollarda SHorahmedovga alternativ sifatida aynan Sayfiev o'ynaganini hisobda olib, Kuper bugungi bahsda asosiy tarkibda aynan Farruhni sinab ko'rishini taxmin qilyapman. Sayfiev "Paxtakor"da ham o'ng qanot himoyasida o'ynagan paytlari bo'ldi. Demoqchi bo'lganim, Sayfiev uchun qanotni almashtirish yangilik emas. CHap qanot masalasi aniq. O'tgan bahsda Oleg Zoteevga imkon berildi, bugun esa Denisov boshlang'ich tarkibdan o'rin olishiga shubha yo'q.

Tayanch yarim himoyasida esa Ahmedov va Kozak juftligi o'ynash ehtimoli mavjud. Kuper bugun o'tgan uchrashuvda maydonga tushmagan futbolchilarni tekshirib, ko'rib olishni istaydi. SHukurov, Sobirxo'jaev va Ibrohimov o'tgan bahsda maydonga tushishdi. Ayni paytda o'ynamagan futbolchilar orasida aynan Kozak va Ahmedov shu nuqta vakillari hisoblanishadi. Garchi Kozak oxirgi yillari "Paxtakor"da chap qanot himoyasida o'ynayotgan bo'lishiga qaramasdan, aslida uning asosiy nuqtasi maydon markazi sanaladi. SHuningdek, terma jamoamizning chap qanot himoyasida katta raqobat tufayli Kozakni bu nuqtada o'ynatishga yoki sinab ko'rishga hojat yo'q.

Hujumkor qanot vingerlari sifatida bugungi bahsda Sanjar Tursunov, SHohruh Gadoev va Suriya bilan o'yinda kam muddat o'ynagan Eldor SHomurodovga imkon taqdim etiladi. O'ng qanotda Sanjar Tursunov o'ynash ehtimoli yuqori. Qarama-qarshi qanotda esa SHomurodov vinger sifatida katta ehtimol o'yinni boshlang'ich tarkibda boshlaydi. SHohruh Gadoev ikkinchi bo'limda SHomurodovni almashtirishi mumkin.

Nominal hujumchi sifatida esa Igor Sergeev bugungi bahsni asosiy tarkibda boshlashini taxmin qilyapman. Sababi, o'tgan bahsda Ivan Nagaevga imkoniyat taqdim etildi, Temurxo'ja Abduxoliqov esa zaxiradan tushirildi. Bikmaevni esa vinger sifatida asosiy tarkibda maydonga tushirilgandi. Hujumchilardan faqatgina Igor Sergeev Suriya bilan o'yinda maydonga tushmadi. SHu jihatni etiborga olgan holda va eronlik himoyachilarni havodagi kurashda engish etibori bilan Kuper Igorni bugun maydonga tushirishiga shubha yo'q.

Suriya bilan o'yin qaydnomasidan besh nafar futbolchi tushib qolgandi. Sababiki, qaydnomadan 23 nafar futbolchi o'rin olishi mumkin. Sanjar Tursunov va SHohruh Gadoev terma jamoa yig'iniga 7 sentyabr kuni qo'shilgani bois ular avtomatik ravishda qaydnomadan o'rin olishmagandi. SHuningdek, o'tgan uchrashuvda yig'indagi mavjud futbolchilardan Murod Zuhurov, Vitaliy Denisov va Vladimir Kozak qaydnomadan tushib qolishgandi. Bugungi bahsda ham o'yin qaydnomasiga 23 nafar o'yinchi kiritiladi va tabiiyki undan 5 futbolchi tushib qoladi. Katta ehtimol bu futbolchilar Sanjar Quvvatov/Ignatiy Nesterov, Oleg Zoteev, Javlon Ibrohimov, Husniddin G'ofurov va Ivan Nagaev bo'lishi mumkin.

Bu shunchaki mavjud vaziyat hamda mashg'ulotlardan kelib chiqib bildirilgan fikrlar va taxminiy tarkib. Amalda bularning qanchalik to'g'ri yoki noto'g'ri bo'lishini o'yin ko'rsatadi.



Ochig'i, bu o'rtoqlik uchrashuvida natijaning katta ahamiyati yo'q. Muhimi, Kuper uchun har bir o'yin kerakli xulosalarni va kamchiliklarimizni ko'rsatib bersa bo'lgani. Janob Kuper bizga jamoaviy o'yin borasida muammolar borligini va aynan shu jihat bo'yicha ishlayotganini alohida takidladi. Yani, Kuper himoyani mustahkamlagan holda jamoaviy o'yinni yo'lga qo'ymoqchi. SHu bilan birgalikda futbolchilar bilan o'zaro tanishuv jarayonini ham o'tkazmoqda. Ularni shaxs sifatida tanib ulgurgan, ammo futbolchilarimiz maydonda qanday salohiyat va imkoniyatlarga ega ekanligini bilishi uchun vaqt hamda shu kabi o'yinlar kerak.

O'zbekiston terma jamoasining taxminiy tarkibi (4-2-3-1):
Eldorbek Suyunov — Farruh Sayfiev, Islom To'xtaxo'jaev, Anzur Ismoilov, Vitaliy Denisov - Vladimir Kozak, Odil Ahmedov - Sanjar Tursunov, Sardor Mirzaev, Eldor SHomurodov - Igor Sergeev.


SHahboz Beg'amov

Reyting: +30   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика