So’nggi yangiliklar

10:25“Манчестер Сити“ Тейани Рейндерсга қанча таклиф қилгани маълум  0 09:56МЮ Рэшфордга нарх белгилади  0 09:28“Ливерпуль“ 20 ёшли футболчига 60 миллион фунт беришга тайёр  1 09:00“Барселона“нинг ёздаги асосий трансфер мақсади маълум  6 08:35“Байер“ Флориан Вирцга нарх белгилади  1 08:05Суперлига. "Сурхон" — "Сўғдиёна" 2:1  2 08:03Аморим навбатдаги мағлубиятдан сўнг нималар деди?  5 07:33Суперлига. Бугун 3 та учрашув бўлиб ўтади  4 02:15АПЛ. "Челси" ўз майдонида "Манчестер Юнайтед"ни мағлуб қилди  12 02:09Иван Бошкович: "Жамоага қандай фактор етишмаётганини биламан, бироқ буни тушунтириб беришим жуда қийин"  3 01:26АПЛ. "Тоттенхэм" яна мағлуб бўлди, бу сафар "Астон Вилла"га  2 01:19Саудия Арабистони. "Ал Насср" дуранг ўйнаб, 3-ўринни бой берди, "Ал Ҳилол"дан камбэк!  10 00:33"Сурхон" спорт директори: "Кубокда финалга қадар боришни мақсад қилгандик. Февзи Давлетов номидан узр сўраб қўяман"  3 23:24"Атлетико" Влаховичга қизиқиш билдирмоқда  1 22:30Де Зерби ПСЖ ва "Интер" ўртасидаги EЧЛ финали ҳақида: "Netflix’да фильм томоша қиламан"  3

O'zbekiston Coca-Cola kubogi. Final mezbonligi uchun 6ta shahar davogarlik qiladi Yangiliklar

O'zbekiston Coca-Cola kubogi. Final mezbonligi uchun 6ta shahar davogarlik qiladi

O'zbekiston Professional futbol ligasi so'nggi ikki mavsumdan buyon O'zbekiston Coca-Cola kubogining final uchrashuviga mezbonlik qiluvchi stadion nomiga shaffof qura yordamida aniqlik kiritib kelmoqda.

"SHunga ko'ra 2020 yilgi kubok finaliga Namangan mezbonlik qilgan bo'lsa, 2021 yilda bu vazifa Samarqand shahri chekiga tushgandi. 

Final ketma-ket ikki bor bitta shaharda o'tmasligini taminlash maqsadida bu yilgi qurada Samarqand shahri ishtirok etmaydi. 2022 yilgi O'zbekiston Coca-Cola kubogining final uchrashuviga 6ta shaharning 8ta stadioni davogarlik qiladi. 

Final mezbonini aniqlashda dastlab Toshkentning uch stadioni — “Paxtakor”, “Bunyodkor” va “Lokomotiv” savatchalarga tashlab olinadi. Mazkur uch stadiondan biri quraning ikkinchi bosqichida Toshkent shahri nomidan ishtirok etadi. Barcha shaharlarda imkoniyat teng bo'lishi va bunda poytaxtning imkoniyati qolganlarnikidan yuqori bo'lmasligi uchun shunday qarorga kelingan. 

Quraning ikkinchi bosqichida 6 ta shahar savatchaga tashlanadi: vodiyning Namangan, Farg'ona, Yaypan shaharlari, poytaxt Toshkent, shuningdek vohaning Qarshi hamda Buxoro shaharlari. Ayni vaqtda Namangan, Toshkent, Yaypan va Qarshidagi stadionlar final talablariga javob beradi. Farg'onadagi “Istiqlol” hamda Buxorodagi “Buxoro” stadionlarida esa tamirlash ishlari davom ettirilmoqda. Ishonamizki, final uchrashuviga qadar mazkur stadionlar holati yaxshilanib ulguradi.

O'zbekiston Professional futbol ligasi Superliga va Pro liga klublarining uy stadionlariga qo'yilayotgan talablarni bosqichma-bosqich qatiylashtirib boradi. Rejamizga ko'ra, oldindagi uch mavsum davomida barcha maydonlar sifati talab darajasiga keltirilishi kerak", - deyiladi xabarda.


O'zbekiston Coca-Cola kubogi. Saralashda 15 ta jamoa ishtirok etadi

Reyting: +15   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика