So’nggi yangiliklar

02:59Ла Лига. "Атлетико" меҳмонда "Реал Сосьедад"га қарши ўйинда очко йўқотди  3 02:51А Серия. "Интер" ўз майдонида "Болонья"ни мағлуб этди  1 02:44Лига 1. ПСЖ дербида "Париж"ни мағлуб этди  2 02:10Африка кубоги. 1/8 финал. Камерун ЖАРни мағлуб этди, Марокаш Танзаниядан устун келди  1 00:58Тео Эрнандес А Серияга қайтиши мумкин  0 00:30АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди  44 23:24Винисиус 18 та ўйиндан бери гол уролмаяпти. Охирги гол октябрь ойининг биринчи ярмида киритилган  2 22:40АПЛ. “Ньюкасл” “Кристал Пэлас”ни, “Брентфорд” “Эвертон”ни мағлуб этди, “Тоттенхэм” эса ўз уйида “Сандерленд”ни мағлуб эта олмади  1 22:30АПЛ. "Фулхэм" "Ливерпул"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада ўтказиб юборилган голдан сўнг 90+7 дақиқада тўп киритиб, ҳисобни тенглаштирди  15 22:15Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди  51 21:44"Челси" "Астон Вилла" юлдузи учун катта таклиф тайёрламоқда  3 20:53"Реал"га Бернарду Силвани таклиф қилишди. "Қаймоқранглилар”нинг бунга жавоби маълум  2 20:10АПЛ. "Манчестер Юнайтед" "Лидс"ни мағлуб эта олмади  20 19:01А Серия. "Наполи" Римда "Лацио"ни қийинчиликсиз мағлуб этди  1 18:37Ван Дейк Испания супер клубига ўтишни истаган эди  1

O'zbekiston Coca Cola Kubogi bo'yicha savollarga javoblar Yangiliklar

O'zbekiston Coca Cola Kubogi bo'yicha savollarga javoblar

Bugun kechasi Championat.asia nashri start olayotgan O'zbekiston Coca Cola kubogi bo'yicha bir qator savollarni o'rtaga tashladi.

O'zPFL ularga javob berishni lozim deb biladi. Materialda aytib o'tilganidek, pandemiya sabab yuzaga kelgan tanaffus sabab kubok formati o'zgargan. Unga ko'ra, mag'lub jamoa musobaqani tark etadi. SHu tariqa ikki eng kuchli jamoa finalda to'qnash keladi. Finalgacha bo'lgan yo'lni jamoalarga ko'r-ko'rona qura aniqlab beradi.

O'yinlarning asosiy vaqtida durang natija qayd etilsa, 15 daqiqadan ikki qo'shimcha taymlarga navbat beriladi. Kelishuv bo'yicha mazkur qoida saqlab qolingan. Malumot o'rnida aytish kerakki, O'zPFL ayollar o'rtasidagi mamlakat kubogining final uchrashuvida ehtimoliy durangdan keyin darhol penaltilar seriyasiga navbat berish taklifini o'rtaga tashlagandi. Biroq jamoalar qo'shimcha taymlarni afzal deb bilishdi. Yani, pley-off formatida o'tadigan musobaqalardagi qo'shimcha taymlar ham alohida ahamiyat kasb etishi aytildi.

O'zbekiston Coca Cola kubogida sariq kartochkalari soni 2 taga etgan futbolchilar avtomatik ravishda keyingi uchrashuvni o'tkazib yuborishga majbur. Bu qoida o'zgarishsiz qolgan. Jamoalarga 5 nafar futbolchi almashtirish uchun ruxsat berilgan. Bunda dastlabki 90 daqiqa ichida futbolchi almashtirish uchun har bir jamoaga 3 tadan imkoniyat taqdim etiladi. O'yin qo'shimcha taymlarga qadar etib borsa, yana 1 nafardan futbolchi almashtirish mumkin bo'ladi. Umumiy hisobda zaxiradan maydonga tushgan futbolchilar 5 nafardan oshmasligi kerak.

SHuningdek, dastlabki 90 daqiqa ichida foydalanilmay qolgan imkoniyat qo'shimcha taymga o'tmaydi. Yuzaga kelgan tanffus sabab O'zPFL Coca Cola Superliga hamda U-21 musobaqalaridan tashqari barcha turnilar formatiga o'zgartirish kiritishga majbur bo'ldi. Bu o'zgarishlarning barchasi jamoalar bilan kelishilgan holda amalga oshirildi.

SHuningdek, reglamentdagi o'zgarishlar qo'shimcha nizom bilan tasdiqlab qo'yilgan. Uchrashuv hakamlari, inspektorlar, komissarlar bundan xabardor etilgan. O'zPFL mazkur holatlar jamoatchilikka oshkor etilishi masalasida ehtiyotsizlikka yo'l qo'yganini tan oladi va buning uchun futbol muxlislaridan uzr so'raydi. Ishonamizki, qolgan musobaqalar kabi O'zbekiston Coca Cola kubogi ham yuqori saviyada yakuniga etadi.


O'zbekiston Kubogi qanday tartibda o'tadi? 

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика