So’nggi yangiliklar

12:27ПСЖ "Ювентус" юлдузини нишонга олди  0 11:47"Милан" ПСЖ футболчисига даъвогарлик қилмоқда  0 11:20Кападзе, Лёв, Билич – кимнинг ўйин услуби Ўзбекистонга мосроқ?  37 10:29"Динамо" Беларусда учта ўртоқлик ўйини ўтказади  2 10:05"Эсхата" устози Шуҳрат Умаров: "Шацкихга омад, ОЧЛда "Андижон"га мухлислик қиламиз"  0 09:43"Хоразм" назорат учрашувида "Бунёдкор" ўринбосарлари билан дуранг ўйнади  1 09:22Иззатилло Пўлатов: "Халқимиз қўллаб-қувватлаб турса, барчасига бирга эришамиз"  1 08:46Одил Ҳамробеков "Трактор"да норасмий дебютини ўтказди  0 08:21"Манчестер Юнайтед" беш футболчига базага киришни тақиқлади — клуб улардан воз кечмоқчи  9 08:00"Финалиссима-2026": Испания ва Аргентина ўртасидаги супероқшом март ойида бўлиб ўтади  2 07:35Мутолаа учун. Раньери, Моуриньо, Карпин. Шомуродов энди туркиялик мураббий билан ишлайди. Аввалги мутахассислар билан қандай саргузаштлар бўлган?  2 01:17Максим Шацких: “Трансфер ойнаси ёпилгунича 2-3 нафар янги ўйинчи оламиз”  7 00:55"Андижон" назорат ўйинида Тожикистон жамоасини мағлуб этди  3 00:41Футболга қайтиш муборак: "Байер" Эрик тен Хагнинг дебют ўйинида йирик ҳисобда мағлуб бўлди  7 00:21"Манчестер Сити" Траффорд билан шартнома имзолаши мумкин  4

O'zbekiston chempioni va kubogi sohiblarining yangi yil tabrigi Yangiliklar

O'zbekiston chempioni va kubogi sohiblarining yangi yil tabrigi

Ortda qolayotgan 2013 yil “Bunyodkor” futbol klubi uchun juda ham omadli bo'ldi.
O'tib borayotgan yilda “qaldirg'ochlar” O'zbekiston chempionatida g'olib chiqishib, o'z tarixida beshinchi marotaba chempionlik shohsupasiga ko'tarilishdi. Mamlakat kubogi bahslarida ham “Bunyodkor”ga teng keladigan raqib topilmadi. SHuningdek, yoshlarimiz klubning poydevori mustahkam ekanligini amalda isbotlashib, yoshlar ligasi g'olibligini qo'lga kiritishdi. Undan tashqari, futbol maktabimiz va jamoamiz faxriylari o'zlari ishtirok etgan turnirlarda bosh sovringa ega chiqishdi.

Endi bu natijalar tarixda qoldi. “Bunyodkor” yangi yilda ham yangidan-yangi marralarni zabt etishga harakat qiladi. 2014 yildagi eng asosiy vazifa bu – Osiyo CHempionlar ligasi turniri bosh sovrinin mamlakatimizga olib kelishdir.
Bu maqsad yo'lida “Bunyodkor” futbol klubining ahil jamoasi doimo izlanishda. O'ylaymizki, 2014 yilgi futbol mavsumi ham “qaldirg'ochlar” uchun muvaffaqiyatlarga boy yil bo'ladi.

“Bunyodkor” FK raxbariyati, murabbiylar shtabi, futbolchilar va klubning barcha xodimlari Siz azizlarni kirib kelayotgan 2014 yil bilan samimiy muborakbod etadi.

Yangi yilda sihat-salomatlik, baxt-saodat, faoliyatingizda yangi muvaffaqiyatlar, ezgu orzularingiz ro'yobga chiqishini tilaymiz!

“Bunyodkor” futbol klubi
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика