O'zbekiston chempionati-2014 uchrashuvlarida hakamlik munosib darajada bo'lmoqda
06 may 2014 16:38
Yangiliklar
O'zbekiston chempionati-2014 uchrashuvlarida hakamlik munosib darajada bo'lmoqda
Hakamlar faoliyati ananaviy ravishda eng ko'p muhokama qilinadigan mavzulardan biri hisoblanadi. Arbitrlarning faoliyatiga klublar, matbuot, muxlislar munosabat bildiradi.
Oliy Liga jamoalari o'rtasidagi musobaqaning qayd etilgan qismi davomidagi hakamlikni tahlil qilib, hakamlar uchrashuvlarni munosib darajada boshqarib borayotganliklarini ishonch bilan takidlash mumkin. O'tgan 49 uchrashuv davomida nazoratchilar tomonidan bosh hakamdan tortib zaxira hakamlarigacha hech kimga birorta ham past baho qo'yilgani yo'q.
Joriy CHempionatda medallar uchun davogar hisoblangan Paxtakor va Lokomotiv jamoalari o'rtasidagi Oliy Liga 7-tur markaziy uchrashuvidagi FIFA referisi Valentin Kovalenkoning, bellashuvning keskin va shiddatli ruhiga qaramay, etirozga sabab bo'lmagan harakatlari – malakali hakamlik faoliyati namunalaridan biri bo'ldi.
O'zbekiston Futbol Federaciyasi, O'zbekiston Professional Futbol Ligasi Paxtakor – Lokomotiv uchrashuvidagi sifatli hakamlik ishini munosib baholadi. Bosh hakamga 1 million so'm miqdorida bonus bilan taqdirlash haqida qaror qabul qilindi.
Fikrlar