So’nggi yangiliklar

02:04"Челси" клублар ўртасидаги жаҳон чемпионати финалида!  17 00:55Карло Анчелоттининг ўғли Бразилия клуби бош мураббийи бўлди  5 00:35Уэсли Фофана "Челси"да қолади  1 00:05"Тоттенхэм" Япония миллий терма жамоаси ҳимоячисининг трансферини эълон қилди  1 23:34"Милан" ва А Сериясининг бошқа етакчи клублари Хейлундга қизиқиб қолишди  0 23:05Жота билан собир бўлган ҳалокатнинг сабаблари бўйича экспертиза хулосаси маълум бўлди  11 22:40"Реал" "Бенфика" ҳимоячиси билан келишиб олди, клубни рози қилиш қолди  3 22:15"Рома" янги мавсум учун уй либосини тақдим этди  2 21:45ПСЖнинг икки футболчиси учун Клублар ўртасидаги ЖЧ якунланди. Хайсен эса...  13 21:25Расман: "Банияс" Акмал Мозговойни ўз футболчиси сифатида таништирди  8 21:00Championat.asia ҳамда Transfermarkt Ўзбекистон Суперлигасининг ўтган ойдаги энг яхши мураббийи ва футболчисини аниқлади  5 20:22Тиаго Силва: "Челси" ва ПСЖдан чексиз миннатдорман"  12 19:52"Арсенал" Евро ярим финалчиси трансферини ҳал этди  5 19:23​Рустам Ашурматов Эронга етиб борди  4 18:59Санчо "Ювентус"га молиявий талабларини маълум қилди  3

O'zbekiston Birinchiligining uchta klubiga nisbatan intizomiy choralar ko'rildi Yangiliklar

O'zbekiston Birinchiligining uchta klubiga nisbatan intizomiy choralar ko'rildi

O'zbekiston Professional futbol ligasi O'zbekiston Birinchiligining uch klubiga nisbatan intizomiy choralar ko'rdi.
Spartak PFK (Buxoro) O'zbekiston Birinchiligi birinchi bosqich 21-turi doirasidagi Zominga qarshi, shuningdek, 22-tur doirasidagi Gulistonga qarshi safar o'yinlariga kelmaganligi uchun, O'zbekiston nohavaskor va yarim professional futbol klublari o'rtasidagi 2014 yilgi musobaqalar Reglamenti (4-modda, 4.26-bandi)ga asosan 2014 yilgi O'zbekiston Birinchiligi ishtirokchilari safidan chiqarildi.

Spartak PFKning 2014 yilgi O'zbekiston Birinchiligi ishtirokchilari safidan chiqarilishi munosabati bilan, shuningdek, futbolchilarning huquq va manfaatlarini hisobga olib, ushbu jamoa o'yinchilarini O'zbekiston nohavaskor va yarim professional futbol klublari o'rtasidagi 2014 yilgi musobaqalar Reglamentida ko'zda tutilgan tartibda erkin agent sifatida zayavka qilishga ruxsat beriladi.

Xorazm PFKga O'zbekiston Birinchiligi 21-turi doirasida SHerdorga qarshi safar o'yiniga kelmagani uchun, O'zbekiston nohavaskor va yarim professional futbol klublari o'rtasidagi 2014 yilgi musobaqalar Reglamenti (5-modda, 1-bo'lim, 5.3-band)ga asosan texnik mag'lubiyat (-:+), SHerdor PFKga esa texnik g'alaba (+:-) yozildi. Bundan tashqari, Xorazm PFK jarimaga tortildi. Yana shunday holat takrorlanadigan bo'lsa, Xorazm PFK 2014 yilgi O'zbekiston Birinchiligi ishtirokchilari safidan chiqariladi.

Kosonsoy PFK O'zbekiston Birinchiligi birinchi bosqich 22-turida Paxtakor-2ga qarshi paxtakorchilarning 4:1 hisobidagi g'alabasi bilan yakuniga etgan o'yinda to'rtta ogohlantirishi bor va ushbu uchrashuvni o'tkazib yuborishi kerak bo'lgan Ilhom Telyakovni maydonga tushirgan.

O'zbekiston nohavaskor va yarim professional futbol klublari o'rtasidagi 2014 yilgi musobaqalar Reglamenti (4-modda, 4.27-bandi)ni buzgani uchun, 22-tur doirasidagi Paxtakor-2 – Kosonsoy uchrashuvida Kosonsoy PFKga texnik mag'lubiyat (-:+), Paxtakor-2 PFKga esa texnik g'alaba (+:-) yozildi. Bundan tashqari, Kosonsoy PFK jarimaga tortildi.

Paxtakor-2 – Kosonsoy (4:1) uchrashuvidagi gollar bekor qilindi, ogohlantirishlar o'z kuchida qoladi.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика