So’nggi yangiliklar

13:05"Шеффилд Юнайтед" АПЛ антирекордини ўрнатди  0 12:37Давлат Турдиалиев таваллудига 62 йил тўлди   3 12:04"Челси" скаутлари "Милан дерби"сини стадиондан кузатишган  0 11:38Футзал бўйича Осиё кубоги. Ўзбекистон - Вьетнам 2:1  0 11:15ФАКТ. Ўзбекистон футзал терма жамоаси кетма-кет бешинчи Осиё кубогида ярим финалга чиқди  8 10:54Аллегри «Ювентус»да қолса, туринликлар етакчиси ёзда жамоани тарк этади  7 10:25«Барселона» вице-президенти Хавининг келажаги борасида расмий баёнот берди  13 10:06Хосе Венансио Лопес: «Эрон билан ўйинга тайёргарлик кўрмадик»  11 09:47Фалакнинг гардиши (Бекзод Толибов блоги)  6 09:22«Челси» Почеттинонинг ўрнига бош мураббий топди  5 08:57«Атлетик» афсонаси Икер Муниаин ёзда жамоадан кетишини маълум қилди  5 08:34Фернандо Торрес қайси жамоани бошқариши маълум  6 08:10«Барселона» «Манчестер Сити» етакчиларидан бирини 50 миллион еврога сотиб олиши мумкин  6 07:44Клопп кечаги мағлубиятдан сўнг чемпионлик имкониятлари ҳақида гапирди  14 07:20Лига 1. "Монако" - "Лилль" 1:0  1

O'zbekiston bilan JCHga eng yaqin kelgan murabbiy kim, Katanec MTJni mundialga olib chiqa oladimi, format yodingizdami? Yangiliklar

O'zbekiston bilan JCHga eng yaqin kelgan murabbiy kim, Katanec MTJni mundialga olib chiqa oladimi, format yodingizdami?

Ravshan Haydarov shogirdlari JCH yo'llanmasini qo'lga kiritdi, U-17 Jahon chempionati sari yurish boshlaydi, bugun Osiyo chempionati guruh o'yinlarining jadvali ham malum bo'ldi. JCHlar mavzusi ko'tarilgan bir paytda, MTJni bir yodga olib o'tamiz.

FIFA kunlarida Srechko Katanec MTJ bilan qayd etgan natijasidan keyin, unga bo'lgan ishonch reytingi oshdi.

Boliviya va Venesuela qanday ko'rinishda bo'lmasin, ular Janubiy Amerikada har yili Braziliya, Argentina va Urugvayga qarshi bahs olib boradigan jamoa. Birini mag'lubiyatga uchratdik, ikkinchisi bilan durang o'ynadik. Eng muhimi MTJda g'alabaga bo'lgan ishonch orta boshladi. Mag'lubiyatlar kamaydi, himoyada tartibli harakat yo'lga qo'yildi. To'g'ri, yakuniy xulosaga kelish uchun hali juda erta. Bu orada Osiyo Kubogi bor.  

O'zbekiston terma jamoasi shu kungacha 7 marotaba JCH saralash o'yinlarida ishtirok etgan.

JCH-1998 saralash o'yinlarining murabbiylari: Rustam Mirsodiqov 6ta o'yin. Vega Da Silva 2ta o'yin.

Natijalar: 8ta uchrashuv. 1ta g'alaba, 3ta durang, 4ta mag'lubiyat.

Yakuniy vaziyat. Tariximizdagi ilk saralash o'yinlari yomon boshlanmagan. Ammo hal qiluvchi bosqichda qura bizga bir yo'la ikki gigant, keyingi mundial mezbonlari Janubiy Koreya va Yaponiyani taqdim qilgan. Tabiiyki bunday guruhdan chiqish juda qiyin, yakunda biz uyimizda BAAni ham mag'lubiyatga uchrata olmaganmiz. Guruhda faqat Qozog'istondan tepa turganmiz.


JCH-2002 saralash o'yinlarining murabbiylari: Vladimir Salkov 7ta o'yin. Leonid Ostroushko 1ta o'yin.

Natijalar: 8ta uchrashuv. 3ta g'alaba, 1ta durang, 4ta mag'lubiyat.

Yakuniy vaziyat. Mundial ilk marotaba Osiyoda bo'lganligi, saralashdagi kvotalarimizga jiddiy tasir o'tkazgan. Janubiy Koreya va Yaponiya 2ta joyni o'zi uchun band qilganligi uchun, FIFA bizga 2.5ta joy bergan. Saudiya Arabistoni va Xitoy guruhlar g'olibiga aylanishgan. O'zbekistonga esa pley offga chiqishiiga 1 ochko etmagan. Ikkinchi o'rinni egallagan BAA, ikki o'yinda ham bizni mag'lubiyatga uchratgandi.


JCH-2006 saralash o'yinlarining murabbiylari: Xaync Yurgen Gede 3ta o'yin. Ravshan Haydarov 2ta o'yin. Bob Xougton 3ta o'yin (+1 Bahrayn bilan bekor bo'lgan o'yin).

Natijalar: 6ta uchrashuv. 1ta g'alaba, 2ta durang, 3ta mag'lubiyat.

Yakuniy vaziyat. Guruhda juda omadsiz qatnashilgan. 6ta o'yinda bor yo'g'i bitta g'alaba. Raqib, Quvayt. Final qismini pley offda yakunlaganmiz. "B" guruh ishtirokchisi bo'lgan Bahrayn terma jamoasiga qarshi, hali ham kim qilganligi aniq ochiqlanmaydigan "Bahrayn ishi" bo'lgan yil. Tayyor g'alabamizni durangga almashtirib, Trinidad va Tobagoga qarshi o'yinni qo'ldan boy berganmiz. Guruhimizdan Saudiya Arabistoni va Janubiy Koreya Germaniyadagi mundialga yo'l olgan edi. 


JCH-2010. Rauf Inileev 2ta o'yin. Mirjalol Qosimov 6ta o'yin.

Natijalar: 8ta uchrashuv. 1ta g'alaba, 1ta durang, 6ta mag'lubiyat.

Yakuniy vaziyat. Bu eng yomon natijalarimizdan biri bo'lgan. Avstraliya va Yaponiya guruhdan JCHga yo'l olgan bir paytda, biz 5talik guruhda, beshinchi bo'lganmiz. Uydagi 3ta o'yinning barida 1:0 hisobida mag'lubiyatga uchralgan. Safarda bitta durang, uyda Qatar ustidan 4:0 hisobidagi yagona g'alaba.


JCH-2014. Vadim Abramov 1ta o'yin. Mirjalol Qosimov 7ta.

Natijalar: 8ta uchrashuv. 4ta g'alaba, 2ta durang, 2ta mag'lubiyat.

Yakuniy vaziyat: So'nggi turda "Bunyodkor" stadionida Qatar terma jamoasi 5:1 hisobda mag'lubiyatga uchratilgan va O'zbekiston Janubiy Koreya bilan 14 ochko to'plagan. To'plar nisbatiga ko'ra JCHdan quruq qolganmiz. O'yin davomida yana 2ta gol urganimizda mundialga chiqardik. Hech qanday qo'shimcha ochko kerak emas edi, bor yo'g'i to'plar nisbati. Aksiga olib Eron safarda Janubiy Koreyani mag'lubiyaga uchratgandi. Bu tarixda JCHga eng yaqin kelgan saralash o'yinlari bo'ladi. Hozircha hech kim Mirjalol Qosimovchalik mundialga bu darajada yaqin kelmagan.


JCH-2018. Samvel Babayan 10ta o'yin.

Natijalar: 10ta o'yin. 4ta g'alaba, 1ta durang, 5ta mag'lubiyat.
Yakuniy vaziyat: So'nggi turda Janubiy Koreyani mag'lubiyatga uchratishimiz kerak edi. Ammo 0:0 hisobi qayd etilgan va O'zbekiston MTJ guruhda 4 o'rinni olgan. Guruhda Eron 22 ochko bilan birinchi bo'lgan. Janubiy Koreya esa 15 ochko bilan keyingi yo'llanmani qo'lga kiritgan. Bizda 13 ochko, to'plar nisbatiga ko'ra Suriyadan keyingi to'rtinchi o'rinni qayd etganmiz.




JCH2022. Ektor Kuper va Vadim Abramov.

Natijalar: Bularni natijalarini yozib bo'lmaydi. Sababi bu erda biz hal qiluvchi bosqichga chiqa olmaganmiz va bu tarixdagi eng sharmandali yil bo'lib qoladi. Yuqoridagi hamma saralash o'yinlarida MTJ final bosqichida qatnashgan. Safarda Falastinga 2:0 hisobida boy berilgan o'yindagi muhim 3 ochko, yakunda bizni ikkinchi bosqichda ikkinchi o'rinni qayd etishimizga olib keldi. Bu esa keyingi saralash o'yinlariga o'tishga kamlik qildi.



JCH2026. Srechko Katanec.

Saralash o'yinlarini boshlanish sanasi: 16 noyabr kuni boshlanadigan dastalbki bosqich saralash o'yinlari 2024 yilning 11 iyun kuni tugaydi.
Bu borada O'zbekiston MTJ Osiyo Kubogida ishtirok etadi. U erdagi natija, Katanecning keyingi faoliyatiga tasir qilishi mumkinligini hech kim inkor qilmaydi.
Ikkinchi saralash o'yinlarida 9ta guruhda 4ta jamoa bo'ladi. O'zbekiston ikkinchi savatchadan joy olgan. Birinchi savatchadan bizga raqib bo'lib tushishi mumkin bo'lgan terma jamoalar: Yaponiya, Eron, Janubiy Koreya, Avtsraliya, Saudiya Arabistoni, Qatar, Iroq, BAA va Ummon.

Guruhda 1 va 2-o'rinni qo'lga kiritgan terma jamoalar uchinchi bosqichga o'tadi. U erda guruhlar 3ga bo'linadi. Har bir guruhda 6ta jamoa. Dastlabki ikki o'rin vakillari, 3ta guruhdagi jami 6ta jamoa Lotin Amerikasida bo'ladigan mundialga yo'l oladi. Har bir guruhning 3 va 4-o'rinlarini qo'lga kiritgan 6ta jamoa yana 2ta guruhga bo'linadilar. U erda guruh g'oliblari JCHga yo'l oladi. Ikkinchi o'rinni egallagan ikki jamoa o'zaro kuch sinashadi, g'olib FIFA pley off o'yinlarida ishtirok etadi. Guvohi bo'lganingizdek, MTJda JCHga yo'l olishi uchun kamida 3ta imkoniyat bo'ladi.

Reyting: +20   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика