O'zbekiston ayollar termasi Osiyo Kubogi–2018 saralashini g'alaba bilan boshladi
03 apr 2017 17:30
Yangiliklar
O'zbekiston ayollar termasi Osiyo Kubogi–2018 saralashini g'alaba bilan boshladi
O'zbekiston ayollar terma jamoasi bugun, 3 aprel kuni Osiyo Kubogi–2018 turniriga saralash bosqichidgi ishtirokini boshladi.
“B” guruhi 1-turida SHerali Boboqulov shogirdlari Gonkong termasiga qarshi bahs olib bordi.
SHimoliy Koreya poytaxti Pxenyan shahridagi Kim II Sung Stadium maydonida bo'lib o'tgan o'yinda O'zbekiston ayollar terma jamoasi 2:1 hisobida zafar quchdi. Uchrashuvning 16-daqiqasida Lyudmila Karachik hisobni ochgan bo'lsa, 80-daqiqada CHyong Vam Ki muvozanatni tikladi.
O'yinning so'nggi daqiqalarida Dildora Nozimova tomonidan kiritilgan gol SHerali Boboqulov jamoasiga g'alaba keltirdi. “B” guruhdagi dastlabki o'yinda mezbonlar – KXDR ayollar termasi Hindiston darvozasiga javobsiz 8 ta gol urdi.
Fikrlar