So’nggi yangiliklar

10:47Юлиан Нагельсман кечаги мағлубиятдан сўнг шогирдларини кескин танқид қилди  1 10:15МЮ Онанани ижарага бериши мумкин  1 09:40Бразилиялик бизнесмен бутун бойлигини Неймарга қолдирди  14 09:20Италия терма жамоасининг собиқ устози "Фенербахче"ни бошқаришга асосий номзод  2 09:00Месси ўйиндан олдин кўз ёшларини тўхтата олмади. Баҳс якунидан сўнг мухлислар билан хайрлашди  6 08:35ЖЧ-2026. Яна учта терма жамоа мундиал йўлланмасини қўлга киритди  8 08:06CAFA Nations Cup. Бугун Қирғиз Республикасига қарши майдонга тушамиз  7 07:39ЖЧ-2026 саралаш. Аргентина, Бразилия ва Уругвай йирик ҳисобда ғалаба қозонди  6 01:45ЖЧ-2026 саралаши. Германия мағлуб бўлди, Нидерландия дуранг ўйнади ва бошқа натижалар билан танишинг  9 01:20Валерий Карпин: "Иорданиядан бунақасини кутмагандик"  11 00:51Родри: "Бу жароҳат менинг фаолиятимни узайтирди"  1 00:33Даниэль Леви 24 йилдан сўнг "Тоттенхэм"дан кетди  1 00:03Ўртоқлик учрашуви. Россия - Иордания ўйинида голлар урилмади  5 23:51Фаррух Сайфиев Расул Чориевнинг ҳолидан хабар олди  14 23:31Ўртоқлик учрашуви. Саудия Арабистони Шимолий Македония термасини мағлуб қилди  0

O'zbekiston ayollar terma jamoasi bosh murabbiyi Bahrom Norsafarov bilan suhbat Yangiliklar

O'zbekiston ayollar terma jamoasi bosh murabbiyi Bahrom Norsafarov bilan suhbat

Bugun O'zbekiston ayollar terma jamoasi Turkiyadagi yig'in doirasida dastlabki o'yinda maydonga tushishadi.

Terma jamoamiz bosh murabbiyi Bahrom Norsafarov championat.asia saytiga qisqa intervyu berdi.

- Bahrom aka, Turkiyadagi yig'in qanday o'tmoqda? SHaroitlar qanday?

- Turkiyadagi sharoitlar, maydonlar juda ham yaxshi holatda. Afsuski bu yig'inga Karachik, Galimova va Xusniddinovani olib kela olmadik. Sababi ularda jarohat bor. Bu qizlarimizni keyingi musobaqalarga asrashga qaror qildik.

- Turkiyadagi musobaqadagi raqiblar haqida qanday fikrdasiz?

- Afrika qitasi terma jamoasiga qarshi hozirga qadar umuman o'ynamagandik. Lekin Ekvator Gvineyasi va Nigeriya terma jamoalari haqida etarli malumotlarga egamiz. Bu ikki jamoa Jahon chempionati ishtirokchisi hisoblanadi. So'nggi raqibimiz esa Rossiya chempioni Moskvaning CSKA klubi bo'ladi.

- Bilamizki terma jamoaning kuchli bo'lishi milliy chempionatga bog'liq. O'zbekiston chempionatimiz saviyasi o'tgan yillar bilan taqqoslaganda o'sganmi?

- Ayni paytda O'zbekiston chempionatida 5ta raqobatbardosh klub bor. Bizda ham ayollar futboli ancha rivojlandi. FIFA reytingida O'zbekiston ayollar terma jamoasi 41-o'rinda bormoqda.

- Bugungi kunda terma jamoaning qaysi chizig'i ko'proq havotirga solmoqda?

- CHap qanot himoyachimiz Husniddinova Soliha jarohat olganini aytdim. O'tgan mavsum to'purari Lyudmila Karachik ham tarkibimizda yo'q. Lekin ularning o'rnida chempionatimizda o'zini yaxshi ko'rsatgan boshqa o'yinchilarimiz bor.

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика