O'zbekiston ayollar olimpiya terma jamoasi bugun "CHig'atoy" futbol maktabi tarbiyalanuvchilariga qarshi maydonga tushadi
27 mar 2019 15:40
Yangiliklar


O'zbekiston ayollar olimpiya terma jamoasi bugun "CHig'atoy" futbol maktabi tarbiyalanuvchilariga qarshi maydonga tushadi
O'zbekiston ayollar olimpiya terma jamoasi Toshkentda bo'lib o'tadigan Tokio-2020 olimpiadasi 2-saralash bosqichiga tayyorgarlik ko'rishayotgani haqida avval xabar berib o'tgandik.
Bugun Bahrom Norsafarov shogirdlari "CHig'atoy" futbol maktabining Zayniddin Tojiev boshchiligidagi 2004-2005 yillarda tavallud topgan o'g'il bolalardan iborat tarbiyalanuvchilariga qarshi bahs olib borishadi.
Eslatib o'tamiz, Tokio-2020 olimpiadasi 2-saralash bosqichi 1-9 aprel kunlari Toshkentdagi "Lokomotiv" va "Toshkent temir yo'lchilar muhandislik instituti" stadionlarida bo'lib o'tadi. Terma jamoamiz Vetnam, Gonkong va Iordaniya terma jamoalari joy olishgan. Malumot uchun, guruhdagi raqiblarimiz ham saralashga jiddiy tayyorgarlik ko'rishmoqda. Jumladan. Vetnam jamoasi Myanmaga qarshi ikkita o'yin o'tkazib, 3:2 va 1:0 hisobida g'alaba qozondi. Gonkong terma jamoasi esa Xitoy Taypeyi bilan 1:1 hisobida durang qayd etdi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar