So’nggi yangiliklar

23:48Элдор Мойлиев: "Яккакурашларда ютқазсангиз, ҳеч қанақа тактика ёрдам бермайди"  0 23:33Михаил Еремчук: "Ғалаба учун аввало футболчиларга раҳмат"  1 23:30Суперлига. "Бухоро" ва "Бунёдкор"дан камбэк  1 23:14Иван Бошкович: "Ҳеч кимнинг бошини ёрмоқчи эмасман. Биз бундай ҳолатларга тайёр бўлиб боряпмиз"  3 22:56Клублар ўртасидаги ЖЧ. ПСЖ "Интер Майами"га имконият қолдирмади  147 22:45Илёс Зейтуллаев: "Бундай ажойиб ҳиссиётларни фақатгина футбол бера олади. Носир Абдусаломовни ўтган йилдан бери кузатиб келаман"  2 22:15Осиё Кубоги саралаши. Ўзбекистон аёллар терма жамоаси Шри-Ланкани 10:0 ҳисобида тор-морт этди. Нилуфар Қудратовадан "покер"  1 21:55Суперлига. "Бухоро" камбек амалга ошириб, "Шўртан"ни мағлуб этди   13 21:18Моуриньюга "Манчестер Сити" ҳимоячиси керак  0 20:56"Бунёдкор" суперкамбэк эвазига "Сўғдиёна"ни мағлуб этди  15 20:20Абраҳам "Рома"га қайтди  1 19:27Юрген Клопп: "Ғалати эшитилиши мумкин, энди мураббийлик қилишни истамайман"  4 18:49"Челси" янги стадион қурмоқчи  1 17:59"Барселона" де Йонг билан келишиб олди  0 17:21Дезире Дуэ "Интер Майами"га қарши ўйин олдидан: "Бу турнирда фақатгина энг кучлилар ўйнайди. Хато қилишга ҳаққимиз йўқ"  6

O'zbekiston ayollar olimpiya terma jamoasi azolari tantanali tarzda kutib olindi Yangiliklar

O'zbekiston ayollar olimpiya terma jamoasi azolari tantanali tarzda kutib olindi

Xabaringiz bor, O'zbekiston ayollar olimpiya terma jamoasi “CAFA U-23 Women’s Championship-2019” g'olibligini qo'lga kiritdi.

Tojikistonda bo'lib o'tgan “CAFA U-23 Women’s Championship-2019” musobaqasi davomida ishonchli va barqaror o'yin namoyish etgan olimpiyachi qizlarimiz barcha uchrashuvlarni o'z foydalariga hal etishdi. 5 ta uchrashuvda 29 marta raqiblar darvozasi ishg'ol etilib, o'z darvozamiz daxlsizligi esa saqlab qolindi. Yakunda eng ko'p ochko jamg'arishga erishgan Bahrom Norsafarov shogirdlari turnir g'olibligini tantana qilishdi.

Bugun Markaziy Osiyo futbol associaciyasi chempionatida zafar quchgan O'zbekiston ayollar olimpiya terma jamoasi yurtimizga qaytib keldi. CHempionlarni Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida O'FA, futbol jamoatchiligi vakillari va muxlislar tantanali ravishda kutib olishdi.


So'ngra O'zbekiston futbol associaciyasi binosida O'FA rahbariyati O'zbekiston ayollar olimpiya terma jamoasi azolari bilan uchrashdi. Unda futbolchi qizlarimizni ushbu muvaffaqiyat bilan tabriklar ekan O'FA Birinchi vice-prezidenti yurtimiz shanini xalqaro maydonda himoya qiluvchi har bir terma jamoamizdan muxlislar hamisha yuqori natijalarni kutishini takidlab o'tdi.

- Har bir yosh toifasidagi terma jamoamizning yutug'i – futbolni chin dildan sevadigan xalqimizni xushnud etadi. O'zbekiston ayollar olimpiya terma jamoasining Markaziy Osiyo futbol associaciyasi chempionatida g'olib chiqqanidan ham barchamiz birdek quvondik. Ushbu muvaffaqiyat ahil jamoaning mashaqqatli mehnati maxsuli ekanini bilamiz. Muhimi – mana shu ahillik va o'zaro ishonchni jamoadagi hamisha eng ustuvor jihatlar bo'lishiga intilishingizni istardik. Zero hali oldinda 2022 yilda bo'lib o'tadigan qita chempionatiga jiddiy hozirlik olib borishimiz va unda munosib ishtirok etishimiz lozim. Asosiy maqsadimiz esa – Osiyo chempionatida sovrindor bo'lib, Jahon chempionati yo'llanmasini qo'lga kiritish sanaladi. Bu yo'lda O'zbekiston futbol associaciyasi terma jamoamiz uchun barcha zarur shart-sharoitni yaratib beradi. Eng muhimi – sizlar chiroyli o'yin va yaxshi natijalar bilan xalqimizni xushnud etsangiz bo'lgani, - deya takidladi Ravshan Ermatov.


Samimiy suhbat tarzida o'tgan uchrashuv mobaynida O'zbekiston ayollar olimpiya terma jamoasi azolari ham bunday ishonch va etibordan mamnun ekanliklarini bildirishdi.

- Avvalo musobaqa mobaynida terma jamoamizni qo'llab-quvvatlab turgan barchaga minnatdorchilik bildiraman. Oldinda bizni masuliyatli musobaqalar kutmoqda. Biz har bir turnirga jiddiy tayyorlangan holda yurtimiz shanini har doim munosib himoya qilishga intilamiz, - deb o'z fikrlarini bildirdi terma jamoa ustozi Bahrom Norsafarov.

Uchrashuv yakunida “CAFA U-23 Women’s Championship-2019” musobaqasida oltin medallarga sazovor bo'lgan O'zbekiston ayollar olimpiya terma jamoasi azolari mukofotlandi.

Reyting: +10   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика