O'zbekiston ayollar milliy terma jamoasi Eronni mag'lubiyatga uchratdi

Aslanov Jasurbek
23 avg 2021, 19:24
Futbol bo'yicha O'zbekiston ayollar milliy terma jamoasi Eronga qarshi xalqaro o'rtoqlik uchrashuvida maydonga tushdi.

Shiddatli va keskin kurashlarga boy bo'lgan uchrashuvda o'zbekistonlik qizlar har ikkala taymda bittadan to'p kiritib, yakunda 2:0 hisobida g'alaba qozondi.

O'zbekiston - Eron 2:0

Gollar: 1:0 - Karachik, 2:0 - Norboeva.

O'zbekiston: Tilovova, Risqieva, Turdalieva, Qudratova, Turdiboeva, Shoimova, Nozimova, Karachik, Norboeva, Zaripova, Kamoltoeva

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: ufa.uz