So’nggi yangiliklar

02:13"Челси" - жаҳон чемпиони!  151 01:45U-20 Жаҳон чемпионатини биргаликда қабул қиламиз. Бу қандай бўлади?  0 00:35"Бавария" "Челси" футболчисига қизиқмоқда  1 23:40"Арсенал" ва "Спортинг" Гёкереш бўйича келишувга эришишга яқин  4 22:21"Ливерпуль" ўртоқлик ўйинида "Престон Норт Энд"ни мағлуб этди  1 21:56Терма жамоадаги муҳит, аёллар футболининг ривожи, Англиядан олинган таклиф ва 23 йиллик танаффусдан сўнг қўлга киритилган Осиё кубоги йўлланмаси ҳақида — Оминахон Валиханова  1 21:30МЮ 65 млн фунтлик трансферни амалга ошириши мумкин  0 20:40"Барселона" даъвогарлик қилаётган Рэшфорд Саудия Арабистонидан ажойиб таклифни рад этди  5 19:57"Бавария" "Арсенал" вингерига қизиқиш билдирмоқда  0 19:12"Реал" Родригонинг нархини маълум қилди  14 18:20Роберто Фирмино фаолиятини Осиёнинг бошқа мамлакатида давом эттиради  3 17:43Эндрик "Реал"дан ижарага кетмоқчи эмас  4 16:5840 ёшли Касорла "Овьедо" билан шартномасини 2025/26 йилги мавсумгача узайтирди. Клуб Ла Лигага қайтди  0 16:24Эшитдик-да! Жаҳон чемпиони бўлган мураббий Ўзбекистон МТЖни бошқариши мумкин  130 16:05Шомуродов: "Аргентинага қарши ўйнаб, қайси жиҳатларимизни кучайтириш кераклигини билиб олсак бўлади"  8

O'zbekiston o'rtoqlik uchrashuvida amaldagi jahon chempionlariga kichik hisobda imkoniyatni boy berdi Yangiliklar

O'zbekiston o'rtoqlik uchrashuvida amaldagi jahon chempionlariga kichik hisobda imkoniyatni boy berdi

Futzal bo'yicha O'zbekiston va Argentina terma jamoalari o'rtasidagi o'rtoqlik uchrashuvi yakunlandi.


O'rtoqlik o'yiniO'zbekiston - Argentina 0:1
02.02.2021, 18:30"O'zbekiston" sport majmuasi
Hakamlar: Nurdin Bukuev (Qirg'iziston), Anatoliy Rubakov, Nikita Afinagenov (ikkisi O'zbekiston)
Vaqtga masul hakam: Xushnud Atamurodov (O'zbekiston)
GOL. 11 - Lukas Bolo Alemani 0:1;

O'zbekiston (birinchi beshlik): 1.Rustam Umarov, 2.Anasxon Rahmatov, 4.Ixtiyor Ropiev, 6.Ilhomjon Hamroev, 8.Husniddin Nishonov.
Zaxira: 12.Ravshan Eliboev, 3.Mashrab Odilov, 5.Elbek To'lqinov, 7.Dilshod Rahmatov, 10.Davron CHoriev, 11.Akbar Usmonov, 15.Sunnatulla Jo'raev, 20.Xushnur Erkinov, 21.Davlat Ibragimov.

Argentina (birinchi beshlik): 1.Lukas Farax, 2.Damian Stazzone, 10.Konstantino Vaporaki, 11.Alan Brandi, 14.Andres Gerati.
Zaxira: 3.Lukas Tripodi, 4.Lukas Bolo Alemani, 5.Maksimiliano Rechia, 6.Sebastian Korso, 7.Anxel Klaudino, 8.Luchiano Avellino, 9.Matias Rosa, 12.Matias Starna, 13.Santiago Rufino.


YANGILASH


Uchrashuv yakunlandi

38. Murabbiylarimiz darvozabon o'rniga oltinchi futzalchini maydonga tushirishdi

36. UMAROOOOVdan navbatdagi seyf. Konstantino Vaporakining yaqindan yo'llagan zarbasini darvozabonimiz qaytardi

34. USMONOOOOOOV. Bu safar ham darvozabonning ajoyib harakati to'pni darvozaga kirishiga yo'l qo'ymadi

34. QANDAY IMKONIYAT. Jo'raev darvozabon bilan deyarli birga bir chiqib bordi, biroq zarbaga aniqlik etishmadi

33. Ropievning zarbasiga aniqlik etishmadi

30. ZARBAA. Jo'raev jarimadan kuchli zarba yo'lladi, Farax to'pni qaytarib yubordi

30. ZARBAA. Andres Gerati kuchli va aniq zarba yo'lladi, bu safar ham darvozabonimiz ishonchli harakat qildi

28. Mehmonlar burchak zarbasini amalga oshirdi, Korsoning zarbasiga aniqlik etishmadi

28. Umarov to'pni Erkinovga uzatdi, biroq futzalchimizning zarbasiga aniqlik etishmadi

25. Ikkinchi bo'limning dastlabki besh daqiqasi ancha sokin o'tmoqda

23. Usmonov darvozabon darvozadan ancha chiqib ketganini ko'rdi va zarba yo'lladi, ammo zarbaga biroz aniqlik etishmadi

21. ZARBAAAAA. Nishonovning zarbasi ustunga tegib qaytmoqda

21. Mehmonlar ikkinchi bo'limni hujum bilan boshlashdi. Stazzoneni zarbasini Rustam Umarov bartaraf etdi

IKKINCHI BO'LIM BOSHLANDI!

Ikkinchi bo'lim boshlanmoqda. Futzalchilarimiz maydonga kirib kelmoqda

Bahsning birinchi bo'limi yakunlandi. Hamyurtlarimiz ancha kuchli va tajribali hisoblagan Argentina terma jamoasiga qarshi ancha yaxshi harakat qilishmoqda

Birinchi bo'limning so'nggi daqiqasi boshlandi. Hozircha hisob 0:1

18. UXXXX. Mehmonlar dabl penalti tepish imkoniga ega bo'ldi, bu safar ham baxtimizga to'p ustunga tegib qaytmoqda

18. Hujumga o'tayotgan futzalchilarimiz qo'pol xatoga yo'l qo'yishdi. To'pni egallab olgan Anxel Klaudino tezkor qarshi hujumga o'tdi, biroq to'p ustunga tegdi

17. Mehmonlar murabbiy ham birinchi bo'limning so'nggi daqiqalarda tanaffus olishga qaror qildi

17. ZARBAAAAA. Nishonov qulay vaziyatga chiqib bordi va zarba yo'lladi, lekin Lukas Farax o'z o'rnida

16. Mehmonlar qulay jarima zarbasiga ega bo'lishdi, ammo Usmonov hujumni bartaraf etdi



14. UXXXXX. Futzalchilarimiz yana bir bor tezkor qarshi hujumga o'tib ketishdi. Usmonovni zarbasini darvozabon qaytargan bo'lsa, Nishonovning zarbasini himoyachi qiyinchilik bilan bartaraf etdi

13. Rahmatov vakillarimiz orasida eng faol harakat qilayotgan futzalchiga aylanmoqda. U raqiblaridan to'pni olib qo'ydi va hujumga o'tdi, biroq zarba noaniq

Uchrashuvdagi ilk taym-out'ni murabbiyimiz Bahodir Ahmedov oldi



12. Hamyurtlarimiz gol o'tkazib yuborganidan so'ng hujumga o'tishdi. Rahmatovning zarbasiga aniqlik etishmadi

11. GOL.  Lukas Bolo Alemani hisobni ochdi



10. Lukas Bolo Alemani uzoqdan kuchli zarba yo'lladi, biroq to'p yo'l yo'lakay futzalchilarimizga tegib burchakka chiqib ketdi



7. Uchrashuvdagi ilk qo'pollikni futbolchilarimiz amalga oshirdi

7. Uchrashuvning dastlabki daqiqalarida futzalchilarimiz yaxshi harakat qilishayotgan edi, biroq oxirgi daqiqalarda ustunlik amaldagi jahon chempionlarida

7. ZARBAAA. Argentinaliklar bir nechta kuchli va aniq zarba yo'llashmoqda, biroq darvozabonimiz o'z o'rnida

5. ZARBAAA. Rechia kuchli va aniq zarba yo'lladi, biroq Umarov o'z o'rnida

5. ZARBA. Lukas uzoqdan zarba yo'lladi, biroq ancha noaniq


 

5. ZARBA. Odilov burchak zarbasini amalga oshridi, biroq Usmonovning zarbasiga aniqlik etishmadi

3. ZARBAAAAA. Rahmatov maydonga tushishi bilan hujumga o'tdi va ikkita xavfli zarba yo'lladi, biroq mehmonlar darvozaboni yaxshi harakat qildi

1. Uchrashuvdagi ilk xavfli vaziyatni mehmonlar yaratdi. Baxtimizga to'pga Stazzone etib kela olmadi

UCHRASHUV BOSHLANDI!

O'zbekiston va Argentina terma jamoalari birgalikda esdalik uchun suratga tushmoqda

Har ikki mamlakat madhiyasi yangradi

Jamoalar maydonga tushib kelishmoqda

Reyting: +30   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика