O'zbekiston 2014 yil sentyabr oyida Bolgariya bilan o'ynashi mumkin
02 dek 2013 16:16
Yangiliklar

O'zbekiston 2014 yil sentyabr oyida Bolgariya bilan o'ynashi mumkin
O'zbekiston milliy terma jamoasi keyingi yil kuzida Bolgariya terma jamoasiga qarshi o'rtoqlik uchrashuvini o'tkazishi mumkin.
Bu haqda football24.bg sayti 1 dekabr kuni xabar bergan. Bolgariya terma jamoasi sentyabr oyida Toshkentda o'yin o'tkazishi mumkin. Ammo barchasi Bolgariya Evro-2016 saralashidagi raqiblari va o'yinlar jadvalini bilib olganidan so'ng hal bo'ladi. Saralashga qura fevral oyida tashlanadi.
O'z vaqtida bolgariyalik Aleksey Dionisiev va Georgi Georgiev O'zbekiston terma jamoasida to'p tepishgan.
Lyuboslav Penev boshchiligidagi bolgarlar avgustda Makedoniya bilan o'ynashadi.
Bolgariya Evro-2016 saralashi qurasi vaqtida to'rtinchi savatchadan o'rin oladi. Bu savatchada Armaniston, Polsha, Finlandiya, Latviya, Uels, Estoniya va Belorus kabi jamoalar bor.

Fikrlar