O'zbekiston 1 sentyabr kuni Suriya yoki Tailandga qarshi o'ynaydi
30 mar 2016 08:37
Yangiliklar


O'zbekiston 1 sentyabr kuni Suriya yoki Tailandga qarshi o'ynaydi
Endi Samvel Babayan boshchiligidagi jamoa Jahon chempionati yo'lidagi navbatdagi o'yinni sentyabr oyida o'tkazadi.
1 sentyabr kuni oltinchi savatchadan o'rin olgan Suriya yoki Tailand terma jamoasiga qarshi Toshkentda o'ynaymiz. 6 sentyabrda esa safarda Qatar yoki Iroqqa qarshi o'ynaymiz. Bu haqda Alisher Nikimbaev feysbukdagi o'z sahifasida malum qildi.
Uchinchi bosqich o'yinlari 2016 yilning sentyabr oyidan 2017 yilning sentyabr oyiga qadar davom etadi.
12 aprel kuni bo'ladigan qura jarayonida 6ta savatchadagi jamoalar ikkita guruhga bo'linadi.
1-savatcha: Eron va Avstraliya
2-savatcha: Janubiy Koreya va Yaponiya
3-savatcha: Saudiya Arabistoni va O'zbekiston
4-savatcha: BAA va Xitoy
5-savatcha: Qatar va Iroq
6-savatcha: Suriya va Tailand
O’xshash yangiliklar

Fikrlar