So’nggi yangiliklar

22:10Расман: Сержи Робертонинг янги клуби маълум қилинди  1 21:53"Барселона" 22 ёшли футболчи билан 5 йиллик шартнома имзолади  1 21:37Суперлига. "Металлург" - "Динамо" 0:1  0 21:13"Барселона" жамоа сардорларини маълум қилди  1 20:55Суперлига. "Металлург"нинг ғалабасиз серияси давом этади. Бу сафар "Динамо"га 3 очко совға қилинди  40 20:37"Ювентус" ўтган мавсумда энг кўп ассист амалга оширган футболчиси билан шартнома имзолади  0 20:10Эрон. "Истиқлол" - "Малаван". Машарипов асосий таркибдами?  0 19:49Санчо яна МЮни тарк этадими?  0 19:21"Вальядолид" "Реал" футболчисини ижарага олди  0 18:49"Барселона" футболчисини Франция клубига сотмоқда  1 17:53"Челси" "Наполи" таклифини рад қилди  3 17:32Тожикистон грузиялик мураббий билан ҳамкорлик қилишда давом этади. Унинг олдига термани Осиё Кубоги-2027га олиб чиқиш вазифаси қўйилган  1 17:07Камавинга ортидан "Реал"нинг яна бир асосий футболчиси жароҳат олди  1 16:45Футбол олами. Қолдирилган ўйинларда "Пахтакор" ва "Нефтчи" ютқазди, "Насаф"да ғалаба  0 16:30"Where is Messi?". "Give Me Sport" футбол тарихидаги энг яхши марказий ҳужумчилар рўйхатини шакллантирди  8

"O'zbek Ronaldusi"ni Portugaliyada nimalar kutmoqda? Yangiliklar

"O'zbek Ronaldusi"ni Portugaliyada nimalar kutmoqda?

Sardor Rashidov Portugaliyaning "Nasonal" klubiga o'tdi.

PORTUGALIYA

Ispaniyaning yaqin qo'shnisi bo'lmish Portugaliya Atlantika okeani qirg'oqlarida joylashgan.

Eng mashhur joyi — Algavri plyaji.

PORTUGALIYA FUTBOLI VA YULDUZLARI

Bugun biz Portugaliya futboli, Primera chempionati haqida suhbatlashamiz. SHuningdek, hamyurtimiz Sardor Rashidov portugal klubiga transferi va uni u erda nimalar kutayotgani haqida suhbatlashamiz.

Portugaliya futboli o'zi nimasi bilan mashhur? Portugaliya — bu Krishtianu Ronaldu, Luish Figu, Rikardu Karvalyu, Vitor Baya, Fernandu Kouta, Ruy Koshta, Eysebio, Fernandu Gomesh, Nuno Gomesh, Abel SHaver kabi ko'plab taniqli futbolchilar ulg'aygan maskan.  SHuningdek, mamlakatda ko'pchilikka tanish bo'lgan “Portu”, “Benfika”, “Sporting”, “Braga” va yurtdoshimiz faoliyatini davom ettiradigan “Nasonal” jamoalari bor.



Bir qarashda, “Nasonal” sizga mashhur bo'lmagan kichik bir klubdek tuyulishi mumkin. Lekin ishoning, u haqida etiboga loyiq malumot va faktlar etarli. Quyida, sizlarni ular bilan tanishtiramiz.

MAMLAKATNING ENG ASOSIY CHEMPIONATI — PORTUGALIYA PREMERASI DEB ATALADI

CHempionatda 18ta jamoa ishtirok etadi. “Portu”, “Benfika”, “Braga”, “Sporting”, “Belenensish”, “Vitoriya”, “Gimaraesh”, “Moreyrense”, “Portimonensi”, “Santa-Klara”, “Riu Ave”, “Nasional”, “Vitoriya Setubal”, “Tondela”, “Maritimu”, “Boavishta”, “Feyrense”, “Avesh” va “SHavesh”.

“NASONAL” KLUBI

Sardor Rashidov o'tgan “Nasonal” klubi 1910 yilda tashkil topgan.

Jamoa 17ta o'yindan so'ng 14-pog'onani egallab turibdi va 19 ochkoga ega. CHempionat etakchisi “Portu”dan 27 ochkoga ortda qolmoqda. Hozirda klub hisobida 5 g'alaba, 4 durang va 9 mag'lubiyat bor. To'plar nisbati 19:33. Jamoa to'p o'tkazib yuborishni juda ham “yoqtiradi”.

Jamoaning turnirdagi holatini hisobga olsak, Sardor Rashidovga oson bo'lmasligi aniq. Uni shunchaki xarid qilishgani yo'q. Rashidov yordamida jiddiy muammolarni hal qilib, Primeyrada qolishni rejalashtirishgan. Bu hamyurtlarimizni xursand qilishi shubhasiz!

Etiboringizga ichki chempionatdagi holatni taqdim etamiz:

“ESHTADIU DA MADEYRA” STADIONI

Endi esa sizlarni “Nasonal” uy o'yinlarini o'tkazadigan stadion haqida qisqacha. “Madeyra” stadioni Funshal shahri, Madeyra oroli bo'yida barpo etilgan. Arena sig'imi 5132 o'rinni tashqil etadi.

SHuningdek, Funshal shahrida 2007 yil qurilgan Krishtianu Ronaldu futbol kampusi mavjud.

KRISHTIANU RONALDU VA "NASONAL":

Balki xabaringiz bordir, 24 yil avval, yani 1995 yil “Nasonal”ning o'smirlar jamoasida Krishtianu Ronaldu to'p tepgan. O'sha vaqtlarda portugaliyalik tahminan 10-12 yoshlarda edi.

Ronalduning futboldagi faoliyati aynan “Nasonal”da boshlangan va u klub bilan 1995 yil shartnoma imzolagan. Omadli mavsumdan so'ng Ronaldu “Sporting”ga o'tib ketadi. Yoshlar jamoasida malum vaqt to'p tepgan Ronaldu tez orada asosiy jamoa tarkibida maydonga tusha boshlaydi. 2003 yilda esa "Sporting"dan "Manchester Yunayted"ga ko'chib o'tadi.

O'z vaqtida Koshtinya, Fabio Koentrau ham “Nasonal”da o'ynagan.

SHu bilan Ronaldu va boshqa o'yinchilar to'g'risidagi malumotlarga yakun yasab, qahramonimiz faoliyati bilan tanishtirishni boshlaymiz.

SARDOR RASHIDOV

2019 yil 16 yanvar kuni o'zbek muxlislari orasida xushxabar tarqaldi — Toshkentning “Lokomotiv” klubi o'yinchisi Sardor Rashidov erkin agent sifati Portugaliya klub “Nasonal”ga o'tdi.

Umid qilamizki, Evropa futbolida o'yinchimizning faoliyati uzoq va ijobiy voqealarga boy bo'ladi. Rashidov uchun bu muhim qadam. Birinchi navbatda, yuqori darajada o'ynay olishini isbotlashi zarur. Portugaliya chempionati va Rashidov o'ynagan chempionatlar bir-biridan er bilan osmonchalik farq qiladi. Bu chempionatda ko'plab yosh iqtidorli mahalliy va legioner o'yinchilar bor. Portugaliyaning boshqa klublari taniqli bo'lmagan, ammo texnikasi kuchli futbolchilarni aynan shu jamoadan izlaydi.

27 yoshli hamyurtimizga oson bo'lmaydi. U bor mahoratini ishga solib, klub to'g'ri tanlov qilganini isbotlashi kerak. Rashidov zaxira o'rindig'ini band qilib o'tirish niyatida emas, lekin shunday varant yo'q emas.

Rashidov poziciyasida kuchli futbolchilar jamlangan bo'lib, asosiy tarkibga kirish uchun raqobat Sardor uchun foydali bo'ladi deb umid qilamiz. Qahramonimiz uchun bu katta sinov maydoni bo'lib xizmat qiladi. Agar u o'z ustida yaxshi ishlasa, Angliya, Germaniya yoki Ispaniya chempionatiga o'tish imkoniyatiga ega bo'lishi mumkin. Ammo buning uchun Rashidov asosiy tarkibda o'ynashi, ko'proq gol urib, golli uzatmalar berishi lozim.

SHubhasiz, Rashidov va uning o'yinlari orqali futbolchilarimizga bo'lgan etibor qanchalik ortishi va bu o'z navbatida terma jamoamizga foydali bo'lishini ham unutmaslik lozim. Buning yaxshi jihati shundaki, skautlar o'zbek o'yinchilarini ham kuzata boshlaydi. Terma jamoa esa kuchli chempionatda to'p tepuvchi legionerga ega bo'ladi. SHuning uchun, bu borada Rashidovni qo'llab-quvvatlab, ishlariga omad tilaymiz!

RASHIDOVNI YANA NIMALAR KUTMOQDA

Qanchalik chiroyli eshitilmasin, haqiqatga tik boqqan holda, aslida Rashidovni “Nasonal”da nimalar kutayotgani haqida suhbatlashamiz. Birinchidan, boshqa mamlakat, boshqa madaniyat, taom va odamlar ham umuman boshqa. Biroq Rashidov bu borada tajribaga ega. SHuning uchun, bu unga muammo tug'dirmasligi aniq. Ikkinchidan, “Nasonal” jamoasida legionerlar juda ko'p: 8ta braziliyalik, 2ta serb, 2ta gonduraslik, va Janubiy afrikalik, Argentina, Aljir, Gruziya, Mozambik, Niderlandiya, Kolumbiya, Kamerun va Nigeriyaning bittadan o'yinchisi. Mahalliy portugaliyaliklar esa bor yo'g'i 7tani tashkil qiladi. Raqobatni tasavvur qilyapsizmi? O'zbekiston chempionatidagi raqobat qayoqda-yu, Portugaliya chempionatidagi legionerlar bilan raqobat qayoqda?! Bu jamoadagi taniqli himoyachi Felipe Lopes hisoblanadi.

31 yoshli o'yinchi 17ta uchrashuvda birorta ham gol ura olgani, golli uzatma bergani ham yo'q. Bu ham etmaganidek, 2ta sariq kartochka oldi. 2014 yil Felipe “Volfsburg” futbolchisi bo'lgan vaqtlar, futbol uchrashuvini tomosha qilish mobaynida u mikroinfarkt bo'lgandi. Hamma ham bunday diagnozdan keyin professional sport bilan shug'ullana olmaydi. Felipe esa buni uddalamoqda. U kuchli o'yinchi.

Jamoada 8ta himoyachi bor, lekin klub himoya borasida ancha oqsamoqda. SHuningdek, u ko'p bor to'p o'tkazib yuboradi. Endi esa yarim himoyachi va hujumchilarga etibor qaratamiz. So'nggi 3ta turda jamoa 2 marotaba mag'lubiyatga uchradi va atigi 1 marta g'alaba qozondi.

Taktik sxemani o'rganish jarayonida bir qarashda, jamoa himoyaviy o'ynaydigandek tuyuladi. Buni jamoa 4-2-3-1 taktikasida o'ynashidan ham bilish mumkin. Nimaga 1ta hujumchi? Axir jamoada yana 7ta forvard bor.

Aslida, qanot yarim himoyasida to'p tepayotgan ikki yosh futbolchi Vitti va Kamacho hujumchi hisoblanadi. Samarali harakatlarni inobatga oladigan bo'lsak, Kamachoning ko'rsatkichlari biroz yaxshiroq. Futbolchi 17 tur davomida 5 ta gol urdi va 2 bor sheriklariga golli uzatma etkazib berdi. Jamoaning eng sermahsul o'yinchisi esa markaziy hujdumdagi Rochez. U 8ta gol urgan va 1 bor golli uzatma amalga oshirgan.

Rashidovga oson bo'lmasligi turgan gap. Lekin mazambiklik Vitti o'ng qanotda to'p tepadi va hozircha samaradorligi bilan ajralib turganicha yo'q. 17 turda 2ta gol va 2 ta golli uzatma.

Rashidov va Vitti o'rtasida asosiy tarkib uchun keskin kurash bo'lishi mumkin. Agar taktik sxema o'zgartirilsa (masalan 4-4-2), u holda Rashidov yarim himoyaga o'rnashib olishi uchun imkoniyati yuqori bo'ladi. Aks holda, hujumning oldingi chizig'ida  Kamacho bilan juft holda o'ynashiga to'g'ri keladi.

4-2-3-1 taktikasiga sodiq qolishsa, unda Sardor Rashidov o'rin uchun kurashishi kerak. Yana bir narsa, u hali qaysi tomondan to'p tepishi aniq emas. SHu sababli, uni ham hujumchi, ham yarim himoyachi poziciyasida o'rganib chiqamiz.

RASHIDOV — HUJUMCHI SIFATIDA

Agar Rashidov hujumchi bo'lsa, asosiy tarkibdagi joy uchun quyidagi futbolchilar bilan bellashishi kerak:

#
F.I.SH
MAMLAKAT
YOSHI
O'YINLAR SONI
GOLLAR SONI
GOLLI UZATMALAR
1
Xose Brayan Riaskos Valensiya
Kolumbiya
24
12
0
1
2
Roches Brayan
Gonduras
24
18
8
1
3
Joau Pedru Gomesh Kamachu
Portugaliya
24
15
5
2
4
Gorri Kenji
Niderlandiya
24
19
1
0
5
Vitti CHimoyo Joau Kembu
Mozambik
22
17
2
2
6
Barselos Diego
Braziliya
33
3
0
0
7
Arabidze Georgiy
Gruziya
20
6
0
0
8
Alxasan Abdullaxi
Nigeriya
22
7
0
0


Jamoadagi eng samarali hujumchilar Roches va Kamachu 13ta gol urgan va 3ta golli uzatma bergan (umumiy). Jamoadagi forvardning o'rtacha yoshi — 24,4. Diegodan tashqari hamma hujumchilar Rashidovdan kichik. Rashidoq asosiy tarkibga hujumchi poziciyasida o'rnashish imkoniyati kam, lekin bor. SHu sababli, Sardor samarali o'yinchi bo'lishi, muntazam ravishda raqib darvozasini ishg'ol qilishi hamda golli uzatmalar bera olishi zarur.

RASHIDOV — YARIM HIMOYACHI SIFATIDA

Quyidagi jadvalga nazar tashlasak, “Nasonal”ning yarim himoyachilari katta yoshdagi futbolchilardan iboran ekanini bilishimiz mumkin. SHuning uchun, bosh murabbiy qanot hujumchilarini yarim himoyaga qo'ymoqda. Markazda esa 26 yoshli Vitor Gonsalvesh o'ynaydi. U 17ta turda 1tagina gol urishga muvaffaq bo'ldi.

#
F.I.SH
MAMLAKAT
YOSHI
O'YINLAR SONI
GOLLAR SONI
GOLLI UZATMALAR
1
Xamzaui Okacha
Aljir
28
8
0
0
2
Serkeyra Mauru
Portugaliya
26
4
0
0
3
Palochevich Aleksandar
Serbiya
25
15
1
1
4
Marakis Serxio
JAR27
8
0
1
5
Joau Tiagu «Jota»
Portugaliya
25
8
0
1
6
Gonsalvesh Vitor
Portugaliya
26
18
1
0


Rashidovning yarim himoyada o'ynashga imkoniyati bormi? Agar murabbiy taktikani o'zgartirsa, u holda bor. Birinchidan, yarim himoyada o'yinchilar soni kamroq. Ikkinchidan, yarim himoyachilarning o'rtacha yoshi 26da. Uchinchidan, yarim himoyada samarali xavbeklar kam: Aleksandr va Vitor bor yo'g'i bittadan gol urishgan xolos. 1tadan golli uzatma berishga esa Aleksandr, Serxi va Jota muvaffaq bo'lgandi. To'rtinchidan, hozirda yarim himoyadagi natijalar yaxshi emas. Yuqorida takidlaganimizdek, qanot hujumchilar yarim himoyada to'p tepmoqda. O'zingizga malum, yarim himoya jamoaning motori hisoblanadi. Hujumchilar baribir yarim himoyachilardek o'ynay olmaydi. Zarur vaqtda yarim himoya himoyalanadi yoki hujumga o'tadi. Beshinchidan, hujumdan farqli o'laroq, yarim himoyada o'yinchilarni ko'proq almashtirishadi. SHunday ekan, Rashidovda imkon etarli, faqat undan unumli foydalansa bo'lgani.

Sardor Rashidovning 2018 yildagi statistikasi:

#
F.I.SH
MAMLAKAT
YOSHI
O'YINLAR SONI
GOLLAR SONI
GOLLI UZATMALAR
1
Sardor Rashidov
O'zbekistan
27
23
8
3


REZYUME

Biroq, Rashidov jarohat olgani va bir necha o'yinlarda ishtirok eta olmaganini hisobga olishimiz kerak. Albatta, u asosiy tarkibda “joy”ga ega bo'lish borasida qiyinchiliklarga duch kelishi tabiiy. Lekin hozir yarim himoyachilik poziciyasi bo'yicha imkoniyati etarli. Buning uchun Vitti bilan bo'ladigan “jang”da g'olib chiqishi zarur. Himoya va yarim himoya tahlilidan kelib chiqib, “Nasonal” bu borada biroz kuchsiz. CHunki jamoa yaxshi himoyalana olmaydi.

Jamoa 17 turda 19ta gol urdi va 30ta to'pni o'tkazib yubordi. CHempionat doirasida bunday quyi natijaga erishgan klublar soni 2ta. Ular: “Nasonal” va “Riu Ave”.

Sadror, agar sen bu maqolani o'qiyotgan bo'lsang, ertaga degan tushuncha yo'qligini tushunishing zarur. SHuning uchun, bugun va hozir bilan yasha! Bu bilan nima demoqchimiz?! Sen asosiy tarkib uchun kurashni Osiyo Kubogi, O'zbekiston termasi tarkibida boshlashing lozim. Jamoani oldinga tortib, samarali o'yinchilardan biri hamda turnirning eng yaxshi futbolchisi bo'la olishing shart!

P/C: "Nasonal" klubi rasmiy saytida Rashidov transferi elon qilib bo'lindi va futbolchimiz haqida qisqa malumot, hamda uning o'yinlarining videoroligi yuklandi. Jamoa rahbariyatining Rashidovdan umidi katta!

Sardor Rashidov – iqtidorli va jismonan chidamli futbolchi, hujumchi, u shuningdek qanotlarda ham harakat qila oladi. Hozirda Sardor Rashidov Osiyo Kubogida ishtirok etayotgan O'zbekiston termasi bilan birga! Bugun jamoamiz Avstraliya bilan bellashadi! Qatar, Saudiya Arabistoni va Dubay klublaridan bo'lgan qiziqishga qaramay, Evropada o'ynash ishtiyoqi Rashidov uchun hal qiluvchi omil bo'lib xizmat qildi va "Nasonal" bilan 2,5 yillik shartnomaga imzo chekdi.

Malumotlar:

Sardor Rashidov
Tug'ilgan kuni: 14.06.1991
Mamlakati: O'zbekiston
Ampluasi: Hujumchi
A: 43 o'yin / 11ta gol
Bo'yi: 1,84 m
Og'irligi: 76 kg
Avvalgi jamoasi: "Lokomotiv" Toshkent

Biz Shampionat.asia xodimlari hamda saytimiz o'quvchilari nomidan Sardor Rashidovga omad tilab qolamiz!

Muallif: Alisher Xolmatov

Tarjima: Nozima Zaripova


https://championat.asia/ru/news/223088

Reyting: +40   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика