So’nggi yangiliklar

17:40Экитике: "Ливерпуль" мен учун қанча тўлагани қизиқ эмас"  0 17:18Пеп Гвардиола: "Абдуқодир Ҳусанов жисмоний жиҳатдан айни кучга тўлган Кайл Уокерга ўхшайди"  2 17:05​Про лига. "Олимпик" "ФарДУ" билан баҳс юритмоқда (онлайн ҳисоб)  0 16:52"Реал" Салибага қизиқишини сақлаб қолган  0 16:24Аморим "Интер" футболчисини "Манчестер Юнайтед"га олиб келмоқчи  1 15:55Франция Дембеленинг ғалабасидан сўнг "Олтин тўп" соҳиблари сони бўйича биринчи ўринга чиқиб олди  2 15:32"Футбол олами". "Навбаҳор"да 0:5, "Пахтакор" аутсайдерни юта олмади, ОКМКдан 5:1  0 15:06Антонио Конте: "Скудеттодан кейин биздан умидлари катта"  1 14:39Ўзбекистон U-15 терма жамоаси ОКМК U-16га ҳеч қандай имкон қолдирмади  2 14:11"Арсенал" асосий футболчиси 2 ойга сафдан чиқди  2 13:42Жоан Лапорта: "Олтин тўп" учун сўровномадаги иккинчи ўрин Ямалга мотивация беради"  13 13:14"Барселона" ярим ҳимоячиси тахминан 3 ҳафта майдонга тушолмайди  0 12:46Қосим-Жўмарт Тўқаев ФИФА президенти билан учрашди  4 12:19"Насаф"нинг рақиби Қирол Кубоги 1/8 финалига йўл олди  3 11:53Усмон Дембеле: "Олтин тўп" фаолиятимдаги мақсадим эмасди"  21

O'zbek futboliga ko'plab darvozabonlarni etishtirib berayotgan Denis Ivankov 48 yoshga to'ldi Yangiliklar

O'zbek futboliga ko'plab darvozabonlarni etishtirib berayotgan Denis Ivankov 48 yoshga to'ldi

Bugun O'zbekiston milliy terma jamoasi darvozabonlar murabbiyi Denis Ivankov tavallud kunini nishonlamoqda.

Tajribali mutaxassis bugun 48 yoshni qarshi olmoqda. 

Denis Ivankov 1972 yil murabbiy Aleksandr Ivankov oilasida tug'ilgan. Oiladagi muhit uni millionlar o'yiniga etakladi. Dastlab "CHirchiq", "Sohibkor" jamoalarida o'zini sinab ko'rgan Ivankov 1992 yilda "Paxtakor" jamoasi safiga qo'shiladi. Biroq, jamoadagi kuchli raqobat sabab zaxira futbolchisiga aylanib qolgach jamoasini o'zgartirishga qaror qiladi. Futbolchilikda omadi yurishmagan qahramonimiz 2004 yildan "Kimyogar" jamoasida murabbiylik faoliyatini boshlaydi. Ish uslubi va mashg'ulotlarni olib borish jarayoni o'sha paytda "Mashal" va "Paxtakor" rahbarlarini  etiborini tortadi. 2007-2008 yillar oralig'ida Ukrainaning "Knyaja" klubida tajriba orttirgan Ivankov 2009 yilda "Mashal"ga qaytadi. 2012 yilgacha bo'lgan vaqt oralig'ida O'tkir Yusupov, Eldor Suyunov, Sanjar Quvvatov kabi kiperlarni tarbiyaladi. 2013 yildan boshlab esa Qarshining "Nasaf" klubida ish boshladi va olti yil davomida samarali mehnat qildi. "Ajdarlar" bilan ko'plab sovrinlar hususan O'zbekiston kubogi va Superkubogida zafar quchdi. Bronza va kumush medallariga ega chiqdi. Turli yoshdagi terma jamoalarimizga iqtidorli darvozabonlarni etishtirib berdi. 2018 yil avgust oyida milliy terma jamoamiz boshqaruvi Ektor Kuper qo'liga o'tgach argentinalik mutaxassisning shtabidan joy oldi va mana hozirga qadar terma jamoada faoliyat yuritib kelmoqda. 

Malumot o'rnida:

Ism sharifi: Denis Ivankov Aleksandrovich

Tug'ilgan sanasi: 1972 yil, 17 iyun.

Futbolchilik faoliyati: "Aralvodstvorec" (1990), "Soxibkor" (1990), "CHirchiq" (1991), "Paxtakor" (1992, 1994-1995), "Nurafshon" (1992-1993), "Neftchi" (1995)

Murabbiylik faoliyati: "Mashal", "Nasaf", O'zbekiston terma jamoasi

Yutuqlari: O'zbekiston chempioni (2): (1992, 1995)

Murabbiy sifatida yutuqlari: 

O'zbekiston Kubogi sohibi (2015)

O'zbekiston chempionati bronza medali sohibi: (2013, 2014, 2015, 2016)

O'zbekiston chempionati kumush medali sohibi: (2017)

Saytimiz ijodkorlari nomidan Denis Ivankovga sog'lik va salomatlik, faoliyatida ulkan zafarlar tilab qolamiz!

Reyting: +10   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика