So’nggi yangiliklar

00:49"Интер" Депайга таклиф юборди  3 00:22Дуглас Коста "Флуминенсе"ни тарк этди  2 23:45Куртуа — жирафа, Рюдигер — псих, Менди — генерал. "Реал Мадрид" футболчилари бир-бирларини қандай чақиришади?  4 23:28"Барселона" Фликни бош мураббий сифатида таништирди  12 23:01Ўзбекистонлик ўсмирлар Японияни тор-мор этди  8 22:44Париж-2024. Ўзбекистон ОТЖ легионери терма жамоа ихтиёрини вақтинчалик тарк этди  17 22:22Ўртоқлик ўйини. Бразилиялик футболчини кўрикдан ўтказаётган "Динамо" "Бунёдкор"ни мағлуб этди  6 22:05"Ювентус" ўз футболчисини "Борнмут"га 18 миллион еврога сотади  1 21:48"Реал" Кепа эвазига Лунинни "Челси"га қўйиб юборишга тайёр  2 21:31Гвардиола "Реал Мадрид" футболчилари "Олтин тўп"га фаворит эканлигини айтди  20 21:14Франциянинг 6 карра чемпиони профессионал клуб мақомидан маҳрум қилинди  5 20:57УEФА Евро-2024 ўйинларида мухлисларни ирқчилик ва камситувчи хатти-ҳаракатлари учун етти давлатни жаримага тортди  3 20:30Назорат учрашуви. Ўзбекистон U-21 терма жамоаси Суперлига клубига ютқазди  2 20:13Париж-2024. Рақиб футбол жамоаси машғулот майдонига дрон учирган мамлакат ходимлари турнирдан четлатилди  0 19:55Азмун БАА клубига ўтади  13

O'zbek futbolidagi SHarqiy Osiyo vakillari. SHibamura, Minori... Yangiliklar

O'zbek futbolidagi SHarqiy Osiyo vakillari. SHibamura, Minori...

Bilamizki, ichki chempionatimizda ishtirok etuvchi jamoalarimiz asosan Serbiya, Rossiya, Ukraina mamlakatlaridan futbolchilarni taklif qilishadi.

Lekin, oldingi yillarda sharqiy osiyolik o'yinchilar xizmatidan foydalangan klublarimiz ham bo'ldi. Tushungan bo'lsangiz gap Oliy va Superligamizda to'p tepgan Yaponiya va koreyalik legionerlar haqida ketmoqda. «Paxtakor» va «Buxoro»da o'ynagan Naoya SHibamura yodingizdami? «Bunyodkor»da muvaffaqiyatli natijalarga erishgan Sato Minorichi? Payqaganingizdek bugun ushbu futbolchilar haqida fikrlashamiz.

Naoya SHibamura – 2012-2013 yilgi mavsumlarda O'zbekiston oliy ligasida harakat qilgan yaponiyalik futbolchini muxlislar yaxshi tanishsa kerak. O'shanda u «Paxtakor» va «Buxoro» jamoalari sharafini munosib himoya qilgan. Yurtimizdagi dastlabki mavsumida himoyachi poytaxt klubi tarkibida bitta o'yinda maydonga tushib faqat bir bo'lim o'ynagandi. Etarli o'yin amaliyotiga ega bo'lmagan futbolchi ikkinchi davrada «Buxoro»ga yo'l oladi. Natijada o'zini ko'rsata oldi. Murabbiyning ishonchini qozondi. 2013 yilda ko'hna shahar jamoasida 26 uchrashuvda ishtirok etdi. 2014 yilda klubda murabbiy o'zgargach u ham ketishga qaror qildi. Umuman olganda u o'zidan yomon taassurot qoldirmadi.



Sato Minori – O'zbekistonda muvaffaqiyatli o'ynab keta olgan navbatdagi yaponiyalik o'yinchi Sato Minori hisoblanadi. 2014 yilda «Bunyodkor»ga «Dinamo Brest» jamoasidan kelgan futbolchi jarohatlari sabab dastlab kutilgan o'yinni ko'rsata olmadi. Biroq, oradan malum vaqt o'tgach yorqin o'yinlarini namoyish etishni boshladi va tez fursatda jamoa muxlislarining yoqimtoyiga aylandi. Bo'yi past bo'lishiga qaramasdan abjir harakatlari, maydonni yaxshi ko'ra olishi, jamoadoshlarini paslar bilan taminlab turishi g'alaba qozonilgan uchrashuvlarda muhim rol o'ynardi. 2016 yil qo'lga kiritilgan kumush medalda o'zining betakror hissasini qo'shdi. 2017 yil boshida jamoa bilan xayrlashgan iqtidor sohibi Qatarga yo'l oldi. «Qaldirg'ochlar» tarkibida jami 71 uchrashuvda 10ta gol urdi.



CHo Suk Jae –
Doim o'z oldiga yuqori maqsadlarni qo'yadigan «Lokomotiv» 2018 yilgi mavsum avvalida CHo Suk Jae bilan shartnoma imzolaydi. Koreyalik futbolchidan ko'p narsa kutilgandi. Ammo, u raqobatda mahalliy o'yinchilarimizga yutqazdi. Murabbiy unga faqat ayrim uchrashuvlardagina imkoniyat berdi. OCHL ikkinchi turida safarda «Zobahan» bilan uchrashuvda zaxiradan maydonga tushdi. Deyarli hech qanday karomat ko'rsatgani yo'q. Yakunda birinchi davradan so'ng jamoani tark etdi.



Tomoki Muramatsu – Muborakning “Mashal” jamoasi 2017 yilgi Oliy liga uchrashuvlarining ikkinchi davrasi boshlanmasidan oldin safini bir qator futbolchilar bilan kuchaytirib oladi. Odatda legionerlar xizmatidan foydalanishni hush ko'radigan Aleksandr Xomyakov jamoaga yaponiyalik Tomoki Muramatsuni taklif qiladi. Futbolchi jamoaga kelishi hususida tanishtiruv marosimida quyidagicha fikr bildirgandi. “Mashal” jamoasining taklifi meni qiziqtirgani uchun ikkilanmasdan klubga qo'shildim. O'zbekiston chempionati juda qiziqarli va barcha jamoalarning futbolchilari professional. Masalan, klub tarbiyalanuvchisi Fozil Musaev hozirda Yaponiyada to'p tepmoqda”. Biroq, o'yinchining imkoniyatlariga va nimalarga qodirligiga baho berish uchun malum vaqt talab etilardi. Tomoki ikkinchi davrada ko'p ham maydonda ko'rinish bermadi, mahalliy futbolchilardan yaqqol ajralib turgani yo'q. Mavsum yakunlangandan so'ng muborakliklar quyi ligaga tushirib yuborildi. Futbolchi esa yakunda jamoa bilan xayrlashdi.



Kim Dong Hi – 2018 yilning ikkinchi davrasi boshlanishi arafasida Jizzaxning «Sug'diyona» jamoasi tarkibga Janubiy Koreya fuqarosi sanalgan Kim Dong Hinni jalb qildi. Sergey Lushan ushbu futbolchiga ishonch bildirishda davom etdi. Lekin, og'ir jarohat orttirib olgan futbolchi qolgan bahslarda ishtirok etmadi. Amalda klub u bilan kelishuvni bekor qildi va keyingi faoliyatiga omad tiladi. O'yinchi «Sug'diyona» safida 9ta uchrashuvda maydonga tushdi va 1ta sariq kartochka oldi.



SHuningdek, 2016 yil birinchi davrasida «Navbahor»da koreyalik Hon Yon CHoy ham to'p tepgan. Deyarli maydonda ko'rinish bermagan, ayrim bahslarda ham zaxiradan o'yinga qo'shilgandi. Eslab o'tgan sharqiy osiyoliklardan faqatgina SHibamura va Sato Minorigina ishonchlarni oqladi, xolos.



Abdulaziz Iskandarov tayyorladi

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика