So’nggi yangiliklar

13:35Ўзбекистон ва Озарбайжон мезбонлик қиладиган U-20 Жаҳон чемпионати ҳақида нималарни биламиз?  0 13:1018 ёшида Ўзбекистоннинг энг яхши футболчиси бўлган Александр Гейнрих 41 ёшга тўлди  59 12:44Жордан Пикфорд Дэвид Симэннинг АПЛдаги ютуғини такрорлади  0 12:19Каннаваро Тошкентда   16 12:10Манба: Ўзбекистон Каннаварога Хитойга қараганда 8 баравар юқори маош таклиф қилган  20 11:49Келишилган ўйинлар ва ўйинчиларнинг миллионлаб пул тикишлари аниқланди  2 11:23"Реал" ярим ҳимоячисини сотишга тайёр. У Гвардиолага керак  2 10:46Италия футболининг яна бир афсонасининг ўғли А Серияда дебют қилди  1 10:15Sofascore. Захирадан майдонга тушган Файзуллаев ҳужум чизиғидагилар орасида энг катта баҳо олганлар орасида. Шомуродов эса...  11 09:42Акмал Рустамов: "Улар айни вақтда жароҳатдан даволанишмоқда"  0 08:48Отабек Нарзуллаев: "Битта хато - мағлубиятга олиб келди"  0 08:45Лига 1. Ансу Фатининг дубли "Монако"ни мағлубиятдан қутқариб қолди  3 08:20Гвардиола афсонавий Алекс Фергюсоннинг рекордини янгилади  12 07:50Суперлига. "Қизилқум" ўз майдонида "Машъал"ни енгди, "Сўғдиёна" эса меҳмонда "Шўртан"дан устун келди  0 07:41U-20 ЖЧ. Нимчорак финалнинг барча жуфтликлари маълум  4

O'zbek futbolidagi ilk yashil qita vakili, avstraliyalik Devid Karni haqida Yangiliklar

O'zbek futbolidagi ilk yashil qita vakili, avstraliyalik Devid Karni haqida

Bugun hikoya qilmoqchi bo'lgan qahramonimiz O'zbekiston chempionatlari tarixidagi birinchi avstraliyalik futbolchi Devid Karni hisoblanadi.

Devid Karni 16 yoshida mahalliy “Everton” klubi akademiyasiga qabul qilinadi. Uning bu jamoadagi yaqin do'sti va hamrohi Ueyn Runi edi. Karni 2002 yilda yoshlar jamoasi bilan Angliya kubogi finaliga qadar etib borgach jamoasini o'zgartirishga qaror qiladi. U o'zining professional faoliyatini, katta futboldagi ilk qadamlarini Angliyaning quyi dvizioni vakili “Oldem Atletik” klubida boshlaydi. Ammo, bittagina uchrashuvda maydonga tushgach malum sabablarga ko'ra ushbu jamoani tark etadi. Keyingi ikki yilni barqaror o'tkaza olmagach yurtiga qaytadi. Orada u “Galifaks Taun”, SHotlandiyaning “Gamilton Akademikal” jamoalarida to'p tepadi. 2005 yilda “Sidney”ga yo'lg olgan yarim himoyachi ikki yil davomida 46 uchrashuvda 10ta gol uradi. Murabbiy Per Littbarskiy boshchiligida u Okeaniya chempionatida g'olib chiqadi. Uning o'yinlarini kuzatgan “SHeffild Yunayted” skautlari uni Angliyaga olib ketishadi. Undan malum vaqt foydalangach “Norvich”ga ijaraga berishadi. Keyingi yillarda qisqa muddat “Tvente”, “Blekpul”, “Alkorkon” klublarida harakat qildi. 2012 yilda tarkibni sezilarli ravishda kuchaytirishni boshlagan “Bunyodkor” o'sha mavsum boshida avstraliyalik futbolchi, terma jamoa azosi Devid Karnini taklif qiladi. Ammo, ayrim sabablarga ko'ra u poytaxt jamoasida uzoq qolmadi. O'sha vaqtda futbolchi "Bunyodkor" klubi matbuot xizmatiga intervyu bergandi.



“Otam havaskor futbolchi bo'lgan. Garchi u professional klub safida harakat qilmagan bo'lsa-da, Angliyaning havaskor jamoalari sharafini himoya qilgan. Yoshligimda otamning to'plarini uyda tepib, unga havas qilib, futbolga mehr qo'yib ulg'aydim. Avstraliyaning bolalar futbol maktabida shug'ullanib yurardim. 16 yoshimda Angliyaning “Everton” klubi selekcionerlari etiborini tortdim va meni Buyuk Britaniyaga olib ketishdi.

Men ko'z ochganimda futbolni ko'rib katta bo'lganman. SHu boisdan ham boshqa sport turlari haqida umuman gap bo'lishi mumkin emas. Agar hozir tanlash imkoni bo'lganida Golf o'ynashni afzal ko'rardim. CHunki bu sport turini juda yaxshi bilaman.

Qaysi futbolchiga havas qilganman? Bir vaqtlar Angliya terma jamoasining juda kuchli yarim himoyachilaridan biri bo'lgan Pol Gaskoyinning hatti-harakatlarini zavq bilan tomosha qilardim. Uning tezkorligi va yuqori driblinggiga o'sha davrning etak futbolchilari havas bilan qarashgan.

Ha, Ueyn Runi bilan “Everton” akademiyasida tahsil olganman. SHuningdek, Avstraliya terma jamoasi azosi Tim Keyxill ham mashhurlik borasida ko'pchilikka tanish. Ochig'ini aytsam, Angliya Premer-ligasi va Evropaning o'rtamiyona klublarida to'p tepayotgan boshqa futbolchi do'stlarim ham bor. Ammo hammasini ism-familiyasini aytish shart emas deb o'ylayman.

Samuel Eto’O “Bunyodkor” bilan shartnoma imzolashi mumkin degan xabar chiqqach, O'zbekistonda bunday jamoa borligini birinchi bor bilganman. 2008 yili Osiyo CHempionlar ligasining yarim finalida “Bunyodkor” Avstraliyaning “Adelaida Yunayted” klubi bilan to'qnash kelgach, bu jamoa haqida etarlicha malumotga ega bo'lganman.

Agentlarim O'zbekistondan taklif borligini aytishdi. Ispaniya Segunda ligasining “Alkarkon” klubi bilan amalda shartnomam bor edi. Lekin “Bunyodkor”ga o'tishni o'zim istadim va ispaniyaliklar bilan kelishgan holda Toshkentga keldim.



“Bunyodkor” jamoasini tark etganimdan so'ng yil davomida agentim bilan turli xil takliflarni ko'rib chiqdim. Meni xizmatimga qiziqish bildirayotgan klublarni o'rgandik, o'sha jamoa joylashgan shahar bilan yaqindan tanishdik, shuningdek klubning maqsadi va o'yin uslubini ham muhokama qilib oldik. Faoliyatimni Eron chempionatida davom ettirishim ham mumkin edi. Biroq forslar bilan olib borgan muzokaramiz yakunda amalga oshgani yo'q. Uzoq o'tgan muzokaralardan so'ng yaqinda Amerikaning “Nyu-York Red Bullz” klubi bilan shartnoma tuzdim.

Men boshqa bir avstraliyalik futbolchilar qatori o'z faoliyatimga befarq qaramayman. O'zimga va yaqinlarimga nisbatan talabchan va masuliyatliman. “Bunyodkor”da muntazam asosiy tarkibga kira olmaganimni birgina omil bilan baholamagan bo'lardim. Qaerdadir o'zim xato qildim, balki yangi muhitga moslasha olmadim. Bazi hollarda esa murabbiylar bilan bir-birimizni tushuna olmadik. Nima bo'lgan taqdirda o'zimni “Bunyodkor”ga foyda keltirgan futbolchi sifatida hisoblayman.

O'zbekistonda o'tgan kunlarim qalbimda abadiy muhrlanib qolgan. Xalqingiz menga nisbatan juda ochiq ko'ngil va xushmuomalada bo'lgan. Doimi eslab yuradiganim bu – har bir o'yindan oldin osh eganlarimiz. Boshida men hech ham o'rgana olmasdim. Klub oshpazi Rasul menga boshqa Evropa taomlarini tayyorlab berardi. Boshqa joylarda klublarda o'ynagan kezlarimda har kim o'z xohishiga qarab ovqatlanadi. Men uchun og'ir bo'lgan jihat shuki yoz faslining issiq kunlarida qiynalganman",- degandi Karni. 

Garchi, u yurtimizda qisqa faoliyat yuritgan bo'lsada, muxlislar etiboriga tusha oldi.


Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика