So’nggi yangiliklar

05:40Жорже Жезус: "Ғалаба қозонишимиз шарт"  2 05:00Педру Морейра: "Биз орзумизда яшамоқдамиз"  4 04:30Жонатан Лукка: "Ал Ҳилол" катта ном, аммо..."  7 02:10Рэтклифф: "Баъзи футболчиларга керагидан кўп маош тўланяпти"  5 01:27"Ал Садд" ҳам 3та гол уриб, чорак финалга йўл олди  3 01:05ОФК ЭЧЛ. "Ал Насср" йирик ғалаба билан кейинги босқичга йўл олди  25 00:14Куртуанинг 50 ёшли собиқ қиз ўртоғи: "У ўғлига етарлича эътибор бермаяпти"  9 23:56Диёр Холматов: "Дуранг режаси? Йўқ, биз фақат ғалаба учун майдонга чиқамиз"  6 22:49"Манчестер Сити" "Реал" футболчисига қизиқиш билдирмоқда  4 21:54Озарбайжон. "Сумқайит" йирик ғалабага эришди, Абдихолиқов ва Жалолиддинов учрашувда иштирок этишди  0 21:29"Олтин тўп" учун асосий даъвогар ким?  20 20:48Ар-Риёдга етиб келган "Пахтакор" делегацияси "Реал" яшаган меҳмонхонага жойлашди  28 20:32Россия терма жамоаси Гренадага қарши ўртоқлик ўйини ўтказади — манба  13 20:08Левандовски "Барселона"нинг умумий гуруҳига қайтди  0 19:45U21 биринчилиги. "Шўртан"дан суперкамбэк, "Насаф" сўнгги дақиқада ғалабага эришди ва бошқа натижалар  0

O'zbek futbolida kimlar qo'shaloq bayram qilmoqda? Yangiliklar

O'zbek futbolida kimlar qo'shaloq bayram qilmoqda?

Bugun yurtimizda 14 yanvar - vatan himoyachilari kuni nishonlanmoqda.

Biz mazkur sanada tavallud topgan va qo'shaloq bayramni qarshi olgan futbolchi, murabbiylar haqida to'xtalib o'tishni lozim topdik. 

Davron Fayziev ("Qo'qon-1912" murabbiyi) - Bugun "Qo'qon-1912" jamoasi murabbiylaridan biri Davron Fayziev tavallud topgan kun. O'tmishning yorqin futbolchisi, o'z poziciyasining ishonchli vakillaridan biri bo'lgan mutaxassis hozirda Baxtiyor Ashurmatovga yaqindan ko'maklashmoqda. Ushbu mutaxassisni aksariyat ishqibozlar "So'g'diyona"dagi faoliyati orqali tanishadi. O'sha vaqtlarda jizzaxliklarning kamtarin byudjet va tarkib bilan elitada barqaror ishtirokida Davron Fayzievning hissasi katta edi. Demak vatan himoyachilari bayrami va tug'ilgan kun muborak bo'lsin Davron Orifovich!



SHerzod Azamov ("Paxtakor" futbolchisi) - Superligada barqaror o'yin ko'rsatib kelayotgan kam sonli mudofaa chizig'i vakillaridin biri SHerzod Azamov hisoblanadi. "Mashal" tarbiyalanuvchisi "Nasaf" libosida 100ga yaqin o'yinda maydonga tushgan bo'lsa, ayni paytda "Paxtakor" tarkibida ishonchli harakat qilib kelmoqda. Himoyachi bugun 32 yoshni qarshi oldi. SHerzod Azamovni bugungi kun bilan samimiy qutlaymiz. 



Sardor Telyakov ("Navbahor" futbolchisi) - SHuningdek bugun "Navbahor" yarim himoyachisi Sardor Telyakov vatan himoyachilari kunida o'z tug'ilgan kunini nishonlamoqda. Futbolchi 28 yoshga to'ldi. Uni ham qo'shaloq bayram bilan tabriklab qolamiz. 


SHuningdek, jahon futbolidan Jonatan Devid ("Lill"), Deklan Rays ("Vest Xem"), Emerson ("Tottenxem"), ispaniyalik sobiq posbon Viktor Valdes ham tavallud kunini o'tkazayotganini shunchaki eslab o'tishni joiz.

Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика