So’nggi yangiliklar

13:04Расман: "Ливерпуль" "Челси" футболчисини сотиб олди  1 12:18Даниэль Карвахаль: "Ҳимоячи ва дарвозабонлар "Олтин тўп"ни ютиши жуда қийин. Номзодлар қаторига кирганимдан хурсандман"  3 11:45Неймар: "У камида дунёнинг энг яхши футболчилари ТОП-5га киради"  5 10:35МЮнинг қимматбаҳо футболчиси Туркияга ижарага кетиши мумкин  4 10:07Балотеллининг янги жамоаси маълум  1 09:36Ўзбекистон терма жамоасининг бугунги баҳс учун тахминий таркиби  36 09:07Goal нашри "Олтин тўп"га асосий номзодлар рейтингини тузиб чиқди  14 08:39Каземиронинг МЮдаги келажаги маълум  16 08:08Расман. "Рома" яна бир трансферни эълон қилди  7 07:40Бугун Ўзбекистон МТЖ ЖЧ-2026 саралашининг 3-босқичидаги илк учрашувини ўтказади  21 00:45Юртимизга куз кириб келди, қалбимизда эса ҳамон ёз ҳукмрон  7 00:31Эра ўз якунига етди... 2003 йилдан бери илк бор Роналду ва Месси "Олтин тўп" учун номзодлар рўйхатига киритилмади  22 00:11"Олтин тўп" учун 30 нафар номзод номи эълон қилинди. Улар орасида Роналду ва Месси йўқ  13 23:50Унаи Симон, Лунин, Эми Мартинес ва бошқалар — France Football йилнинг энг яхши дарвозабони бўлиш учун номзодларни эълон қилди  2 23:29France Football йил клуби номинацияси учун номзод жамоаларни эълон қилди  4

O'zbek futboli tarixidagi eng yaxshi hujumchilardan biri, Xirosimadagi Osiyo o'yinlari g'olibi Igor SHkvirinni tabriklaymiz Yangiliklar

O'zbek futboli tarixidagi eng yaxshi hujumchilardan biri, Xirosimadagi Osiyo o'yinlari g'olibi Igor SHkvirinni tabriklaymiz

Bugun futbolimiz afsonalaridan biri sanalgan, O'zbekiston terma jamoasi va “Paxtakor”da ko'plab gollari bilan muxlislar mehrini qozongan Igor SHkvirin tavallud ayyomini nishonlamoqda.

Igor Anatolevich SHkvirin futbolga uning murabbiylari Anatoliy Portov va Vagif Rustamovlarning ko'magi bilan kirib keldi. Maxoratli hujumchining pofessional futbolchi bo'lib etishishida Toshkentning “Paxtakor” jamoasi katta o'rin tutadi.

Darhaqiqat, 1981 yilda poytaxt klubida bosh murabbiyi sifatida ish boshlagan mutaxassis Ishtvan Sekech bir qator yoshlarni tarkibga jalb qiladi. Ularga imkoniyat beradi. SHular qatori SHkvirin ham 1983 yilda “Paxtakor”ga taklif qilinadi. Tezda jamoaga moslashib ketgan futbolchi ko'plab gollarga mualliflik qildi. Orada malum muddat Ukraina futboli havosidan nafas olib qaytdi. 1990 yilgi SSSR birinchi ligasida "Paxtakor” jamoasida 37 uchrashuvda 37ta gol bilan to'purarlar poygasida Anatoliy SHepel va Stepan Yurchishindan so'ng uchinchi o'rinni egalladi.

1992 yilning yozigacha Vladikavkazning “Spartak” jamoasida to'p tepdi va ko'p o'tmasdan klub bilan xayrlashishga qaror qildi. Jamoasiz qolgan SHkvirinning avvaliga Avstriyaning “Forvets” klubiga o'tishi kutilgandi. Biroq, shartnoma masalasida tomonlar kelisha olishmadi. Bir necha kundan so'ng SHkvirin taniqli murabbiy Avram Grant boshchiligidagi Tel-Avivning “Makkabi” jamoasining Niderlandiyadagi yig'iniga borib qo'shiladi. Hamyurtimizning salohiyati va imkoniyatlarini yuqori baholagan mutaxassis Avram Grant klubdagi legionerlarning cheklovi sabab uni olib qolmaydi va Isroilning boshqa bir jamoasi “Xapoel”ga tavsiya qiladi. Bir mavsum davomida u erda harakat qilgan hujumchi 39 uchrashuvda 16ta to'p kiritadi.



Bu orada milliy terma jamoaga taklif qilingan goleador terma murabbiyi Rustam Akramov tomonidan doimiy ravishda nazoratda bo'lib turdi. CHunki, undan Osiyo o'yinlarida umid katta edi. Kutilganidek, termamiz uchun muvaffaqiyatli yakun topgan Xirosimadagi musobaqada eng yaxshi to'purar bo'lgan holda mahsus sovringa ega chiqdi. O'sha yili davlatimiz tomonidan “SHuhrat” medali bilan mukofotlandi. Mazkur g'oliblik va sovrinlardan so'ng unga Malayziyaning etakchi jamoalaridan biri “Paxang” klubi futbolchimizni o'z safiga qo'shib oldi. U erdagi qisqa muddatli faoliyati mobaynida 18ta o'yinda qatnashdi va 15ta golni o'z hisobiga yozdirib qo'ydi.

1998 yilning boshida o'zini o'nglab olgan “Paxtakor” sobiq futbolchilari Igor SHkvirin, Mirjalol Qosimov, Azamat Abduraimovlarni ortga qaytaradi. O'sha yili Qosimov va SHkvirin tandemi to'purarlar ro'yhatida 22ta gol bilan birinchilardan bo'ldi va mamlakat chempionligini qo'lga kiritishda asosiy ishni bajarishdi.

2000-2001 mavsumlarda Hindistonga otlangan SHkvirin “Moxun Bagan”, “CHerchil Brazers” klublarida ham o'ynashga ulgurdi. 2000 yilgi Livanda o'tkazilgan Osiyo kubogidagi sharmandalikdan so'ng terma jamoadagi faoliyatini tugatdi. 2001 yilda esa “Paxtakor”da so'ngi mavsumini o'tkazdi va butsalarini mixga ildi.

Murabbiylik faoliyatini Rossiyaning “Krylya Sovetov” klubida Aleksandr Tarxanovga yordamchi sifatida boshladi va jamoada asosan hujumchilar bilan ish olib bordi. Tarxanov o'zbekistonlik muxlislarga yaxshi tanish. U 1991-1992 yilgi mavsumda “Paxtakor”da faoliyat olib borgan.



2005-2007 yillarda Zarafshonning “Qizilqum” klubida bosh murabbiy lavozimida ishladi. Olimpiya terma jamoasi ustozi Vadim Abramov Qosimovdan so'ng SHkvirinni o'ziga assistent qilib oladi. Keyinchalik bu ikki afsona milliy jamoada Inileevga yaqindan yordam berishdi va murabbiylik yo'lidagi tajribasini oshirib borishdi. 2008 yilda “Olmaliq” (hozirgi AGMK) jamoasini boshqaruvini qo'liga olgach to'qqiz yil davomida “konchilar”ga ustozlik qildi. Bir jamoani uzoq vaqt boshqarib turish hammaga ham nasib qilavermaydi. Uning davrida klub turnir jadvalining o'rta pog'onalarida yurdi. Mutaxassis shuningdek bir qancha yosh iqtidorlarni kashf qildi. Oleg Zoteev, Zohir Pirimov, Doniyor Ismoilov, Sanjar SHoahmedov, Nikita Pavlenko, SHavkat Mullajonov va boshqalar.

Klubdagi samarali mehnatidan so'ng 2017 yilning ikkinchi davrasida “Sug'diyona” ustoziga aylanadi va jizzaxliklarni kuchlilar safida olib qolishga erishadi. Bugunga kelib u o'zining qadrdon jamoasi AGMKda selekcioner murabbiy lavozimida mehnat qilib kelmoqda.

Fursatdan foydalanib saytimiz ijodkorlari nomidan Igor Anatolevich SHkviringa uzoq umr, sog'lik va salomatlik, AGMK jamoasidagi faoliyatida ulkan zafarlar tilab qolamiz!


Abdulaziz Iskandarov tayyorladi

Reyting: +9   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика