So’nggi yangiliklar

21:08ПСЖ – "Боруссия Д" учрашуви бош ҳаками ўйин якунлангандан сўнг йиғлаб юборди  0 20:45Тухель "Реал"га қарши ўйин ҳақида: "Ҳамма нарса бўлиши мумкин. Бу "Бавария" учун охирги имконият"  3 20:21Анчелотти "Бавария"га қарши ўйин олдидан фикр билдирди  4 20:03Футзал. ОКМКдан йирик ғалаба  0 19:43Футзал. "Локомотив" "Динамо"ни мағлуб этди  0 19:07"Навбаҳор"дан 3, "Насаф", "Пахтакор" ва "Сурхон"дан 2 нафардан. Суперлига 6-тур рамзий терма жамоаси  5 18:42Суперлига. 6-тур футболчиси - Зоран Марушич  1 18:27"Футбол олами". "Андижон" ва "Нефтчи" юта олмади, "Навбаҳор"да йирик ғалаба. 6-тур ҳақида ҳаммаси  0 18:13Суперлига. 6-тур голи муаллифи - Одил Ҳамробеков  3 17:55Суперлига. 6-тур мураббийи - Рўзиқул Бердиев  1 17:30Суперлига. 6-тур дарвозабони - Дилшод Йўлдошев  1 16:45Про лига. 7-тур учрашувларини бошқарадиган ҳакамлар маълум  0 16:22Суперлига. 7-тур ўйинларининг бошланиш вақтлари эълон қилинди  2 15:43Футзал. БМБ "Пахтакор" дарвозасига жавобсиз 7та тўп киритди  3 15:05Манба: "Динамо" футболчиларига 3 ойдан бери маош берилмаяпти  9

O'zbek futboli malikalari (1-qism) Yangiliklar

O'zbek futboli malikalari (1-qism)

"Championat.asia"da "PippoGOAL" blogi davom etadi.

"Futbol erkaklar o'yini", deyishadi ko'pincha. O'zimiz ham sportning bu turini sevadigan qizlarga o'zga sayyoralikka qaragandek boqamiz. Aslida unchalik emas. Atrofimizda inglizlar ixtiro qilgan o'yinni yoqtiradigan ayollar talaygina. 

Bugun o'z qiziqishini kasbiga aylantira olgan, ayni paytda o'zbek futbolining ichida kuyib-pishayotgan qahramonlar haqida hikoya qilishga qaror qildik. Demak, 1-qism (unda futbolchilarga o'rin bermadik). 

Roziyabonu Yusupova — 1995 yil Toshkent shahrida tug'ilgan.

Roziyabonu ayollar futbolida kam sonli o'zbek referilaridan biri hisoblanadi. Yosh bo'lishiga qaramay, joriy mavsum 11 uchrashuvda bosh hakam sifatida ishlashga ulgurdi.

Olesya Kurbanova — 1984 yil Toshkent shahrida tug'ilgan.

Olesya Anatolevna sog'lom turmush tarzining haqiqiy targ'ibotchilaridan biri hisoblanadi. U bugungi kunda "Olimpik" klubida faoliyat yuritmoqda. Nutriciolog sifatida ishlayotgan Olesya Timur Kapadze shogirdlarining to'g'ri ovqatlanishi va rivojlanishini nazorat qiladi. Yoqtirgan jamoasi — "Milan".

Sayyora Erkaboeva — 2000 yil Toshkentda tug'ilgan.

Ayni paytda CHDPI 3-boskich talabasi. Bekobodning "Metallurg" futbol akademiyasi psixologi bulib ish yuritadi. Yoqtirgan jamoasi — PSJ.

Aziza Tatlimuratova — O'FA xalqaro bo'lim boshlig'ining o'rinbosari.

2010-15 yillarda Sigapur menejmentni rivojlantirish institutida bakalavr darajasini olgan. 2017-18 yillarda Madridda o'qigan. Ayollar o'rtasidagi O'zbekiston chempionati bahslarida O'zPFL komissari sifatida ham faoliyat yuritadi.

Xurshida Abdikulova — sport jurnalisti.

UzJOKUning 4-bosqich talabasi nafaqat o'zbek futboli, balki sportning boshqa turlarini yoritishda ham o'z hissasini qo'shib kelyapti. "Championat.asia" va "Olamsport.com" mushtariylari uni yaxshi tanishadi. Yoqtirgan jamoasi — "Liverpul" va "Borussiya Dortmund".

Nigora Abidova — 1990 yil Farg'ona viloyatida tug'ilgan. 

2013 yil Farg'ona politexnika institutida bakalavr darajasini olgan. Keyinchalik Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti magistriga aylangan. "Paxtakor" futbol klubi va O'FAdagi faoliyatidan keyin O'zPFLning matbuot va ijtimoiy tarmoqlar bilan ishlash bo'limi boshlig'i vazifasida ishlab kelmoqda. 

SHuningdek, Nigora Abidova OFK shafeligida o'tkaziladigan musobaqalarda tashkilot nomidan faoliyat yuritadi. Yoqtirgan jamoasi — "Barselona".

Davomi bor...

Leo Messi. U endi Xelayfining "kichik shahzoda"si

Muallif :
Reyting: +44   
championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика