O'zbek futbol jurnalistikasi faxriysi Axbor Imomxo'jaev 82 yoshni qarshiladi
19 fev 2018 11:44
Yangiliklar


O'zbek futbol jurnalistikasi faxriysi Axbor Imomxo'jaev 82 yoshni qarshiladi
Bugun o'zbek futbol jurnalistikasi faxriysi, O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan yoshlar murabbiyi, Respublika toifasidagi hakam, "Oltin qalam” Milliy mukofoti sohibi, Xalq talimi alochisi, taniqli sharhlovchi Axbor Imomxo'jaev 82 yoshni qarshiladi.
Axbor Imomxo'jaevning o'zbek futboli rivojiga qo'shgan hissasini so'z bilan tariflash mushkul.
Bu inson o'zbek futboli tarixi haqida bir qator kitoblar muallifi ham hisoblanadi. Jumladan, Axbor Imomxo'jaev qalamiga mansub bo'lgan “Futbol quvonchim, dardim, faxrim”, “Maftuningman futbol”, “O'zbegimning Mirjaloli” kabi kitoblarni keng jamoatchilik katta qiziqish bilan o'qib kelmoqda.
O'zbekiston futbol Associaciyasi Axbor Imomxo'jaevni qutlug' 82 yoshi bilan muborakbod etadi. Futbol faxriysiga uzoq umr, sihat-salomatlik, oilaviy xotirjamlik tilab, uzoq yillar davomida muxlislar etiborida bo'lib yurishini tilaydi!
O’xshash yangiliklar

Fikrlar