So’nggi yangiliklar

00:04Александр Хомяков: "Ҳар қандай жамоа кутилмаган сюрприз тайёрлаб қўйиши мумкин"  4 23:54"Ланс" назорат ўйинида "Версал"ни мағлуб қилди. Абдуқодир Ҳусанов бир тайм ўйнади  0 23:40Ўзбекистон Кубоги 1/4 финал. "Сўғдиёна" - "Навбаҳор" 2:3, Сайфиев сўнги дақиқада майдондан четлатилди  3 23:32Жамшид Саидов кубокдаги йирик мағлубиятдан сўнг: "Асосий мақсадимиз чемпионат ўйинларига қаратилган"  6 23:15Тимур Кападзе Париждаги ташкилотчилик ҳақидаги гаплари нотўғри талқин қилинаётганини айтди  18 22:50Ўзбекистон Кубоги. Жиззахдаги йил ўйинида "Навбаҳор" "Сўғдиёна"ни ютди ва ярим финалга чиқди  96 22:20Ўзбекистон кубоги. "Қизилқум" – "Андижон" 0:3. Highlights  1 22:00"Андижон" "Қизилқум" устидан йирик ғалаба қозониб, Ўзбекистон кубоги ярим финалига йўл олди!  22 21:35Ўзбекистонлик футболчи ўртоқлик ўйинида "Атлетико Мадрид" дарвозасига гол урди  7 21:10"Ал Насср" "Манчестер Юнайтед" вингерини сотиб олишни жиддий мақсад қилди  1 20:47УЕФА Родри ва Моратани жазолади!  1 20:28"Норвич" "Манчестер Сити" ҳимоячисини ижарага олди  0 20:01Ибрагимович "Милан"даги вазифаси ҳақида маълумот берди  1 19:39Фонсека "Милан"нинг кейинги мавсумдаги мақсадини айтди  1 19:18Ўзбекистон Кубоги. "Қизилқум" – "Андижон". Таркиблар маълум  4

O'zaro o'yinlarda hal bo'lgan chempionlik Yangiliklar

O'zaro o'yinlarda hal bo'lgan chempionlik

SHunday qilib yangicha formatda o'tkazilgan Superliga bugun o'z nihoyasiga etdi.

Avvalgi tur "Paxtakor"ni 3:2 hisobida mag'lub etgan "Lokomotiv" o'z tarixida ketma-ket uchinchi marta chempionlikka erishdi. "Temiryo'lchilar" 2016 va 2017 yilgi mavsumlarda ham oltin medallarni qo'lga kiritishgandi. Bu yil esa "Lokomotiv"ning chempion bo'lishida bir qator omillar sabab bo'ldi va shu haqda fikr yuritamiz.

Mavsumni bir tekis boshlay olmagan jamoa

Amaldagi chempion ushbu mavsumni bir tekis boshlay olmadi. Superliganing ilk turini safarda "Qizilqum"ga qarshi o'tkazgan "Lokomotiv" 3:0 hisobida zafar quchdi. Ammo shundan keyin qatorasiga beshta o'yinda g'alaba qozona olmadi. Bu o'yinlar uyda "Metallurg" (1:1) va "Qo'qon-1912" (1:1) hamda safarda "Navbahor" (0:2), AGMK (0:1) va "Nasaf" (1:2) jamoalariga qarshi kechdi. Buning ustiga "Loko" OCHLda guruhdan chiqa olmadi. Guruh o'yinlarini "Al Duhayl" (Qatar), "Zob Ahan" (Eron) va "Al Vahda" (BAA) klublariga qarshi o'tkazgan jamoa 7 ochko to'plab guruhda qolib ketdi.

Bir tomondan OCHLdagi muvaffaqiyatsizlik, ikkinchi tarafdan Superligadagi xunuk ishtirok albatta klub rahbariyatini qoniqtirmasdi. SHu bois "Lokomotiv" OCHL guruh bosqichining oxirgi turini o'z maydonida 17 aprel kuni "Zob Ahan"ga qarshi o'tkazib, 1:1 hisobini qayd etganidan so'ng ertasi kuni bosh murabbiy Andrey Miklyaev ishdan bo'shatildi. Bungacha klub murabbiylar shtabida katta murabbiy sifatida ishlab kelgan Andrey Fyodorov vaqtincha bosh murabbiy vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi. Natijada o'tgan yil malum muddat "Neftchi"ga murabbiylik qilgan Fyodorov mavsumning qolgan qismida "temiryo'lchilar"ni boshqardi.

Andrey Fyodorovning ilk o'yini 21 aprel kuni "So'g'diyona" bilan bahsga to'g'ri keldi. Bu uchrashuvda "Lokomotiv" 2:0 hisobida zafar quchdi. Aynan shu g'alabadan keyin "Loko" uchun muvaffaqiyatli kunlar boshlanib ketma-ket beshta o'yinda yutqazmadi: uch g'alaba va ikki durang. Ammo 13-turga kelib Fyodorov shogirdlari Bekobodda "Metallurg"ga 0:2 hisobida yutqazib qo'yishdi. Mag'lubiyat jamoaga ancha qattiq tasirini ko'rsatdi va shundan so'ng "Lokomotiv" birinchi bosqichning qolgan 9ta o'yinida umuman mag'lubiyatga uchramadi: 6 g'alaba va 3 durang.

"Oltin ochkolar" yordam berganda

"Lokomotiv"ning chempion bo'lishida "oltin ochkolar" qoidasi katta yordam berdi. To'g'ri, jamoa birinchi bosqichning oxirgi 9ta o'yinida yutqazmadi. Biroq "Paxtakor" ham katta shiddat bilan oldinga harakat qilayotgandi. Birinchi bosqich yakunida "Paxtakor" 47 ochko to'plab eng yaqin taqibchisi "Lokomotiv"ni 7 ochkoga ortda qoldirdi. "Lokomotiv" bilan "Bunyodkor" bir xil 40 ochkodan to'plashdi. "Navbahor"da esa 22 o'yindan so'ng 37 ochko mujassam edi. Ammo ikkinchi bosqich oldidan jamoalar oltitadan ikki guruhga bo'linganidan so'ng "oltin ochkolar" amalga kirgach, jadval butunlay o'zgardi.

Endi "Navbahor" aynan "oltinlar ochkolar" sabab peshqadamga aylanib oldi. "Lokomotiv" hamon ikkinchi o'rinda qolgan bo'lsa, "Paxtakor" uchga tushib ketdi. Bu paytga kelib "Navbahor"da 19, "Lokomotiv"da 18 va "Paxtakor"da 17 ochko bor edi. Keyin ikkinchi bosqichga start berildi. Buyog'iga "Lokomotiv"ni to'xtatishning iloji bo'lmay qoldi. "Temiryo'lchilar" qatorasiga oltita uchrashuvda g'alabaga erishishdi. Bu o'yinlar orasida safarda "Paxtakor" bilan kechgan bahs ham bor edi. "Paxtakor" stadionida kechgan uchrashuvda "Loko" ashaddiy raqibini 3:1 hisobida mag'lub etdi.

Aytish mumkinki, aynan shu g'alaba "Loko" uchun dadil qadam bo'ldi. CHunki bungacha jamoa O'zbekiston Kubogida aynan "Paxtakor"dan 0:4 mag'lubiyatga uchrab musobaqani tark etgan, shu bois buyog'iga faqat Superliga o'yinlari qolgandi. "Lokomotiv" bor etiborini ichki chempionatga qaratdi. Ayniqsa "Paxtakor" maydonida kechgan 26-tur uchrashuvi muhim ahamiyat kasb etdi. Qo'lga kirtilgan g'alaba esa "temiryo'lchilar"ni uchinchi chempionlik sari bir qadam yaqinlashtirdi. Qatorasiga oltita g'alabadan so'ng safarda "Bunyodkor" bilan 2:2 o'ynagan jamoa keyingi ikkita uchrashuvni ham o'z foydasiga hal etdi. Avvaliga "Buxoro" 4:0 hisobida mag'lub etilgan bo'lsa, keyin "Paxtakor" 3:2 hisobida dog'da qoldirdi. SHunday qilib chempionlik o'yinida "Lokomotiv" muvaffaqiyatga erishdi.

O'zaro o'yinlardagi ustunlik

"Lokomotiv" va "Paxtakor" o'rtasidagi birinchi bosqichning har ikkala bahs durang natija bilan yakun topgandi. Esingizda bo'lsa, "Loko" uy uchrashuvini bazi sabablarga ko'ra "Bunyodkor" stadionida o'tkazib, o'yinda hisob ochilmagan, "Paxtakor" maydonida kechgan bellashuvda esa 1:1 qayd etilgandi. 

"Lokomotiv"ning chempion bo'lishida ikkinchi bosqichdagi o'zaro o'yinlar juda katta rol o'ynadi. Negaki "temiryo'lchilar" har ikkala bahsda "Paxtakor"ni mag'lub eta olishdi. Buning ustiga jamoa mana shu ikki o'yinda raqib darvozasiga 6ta to'p kiritdi. Bu esa hazilakam ish emas. Bundan ko'rinib turibdiki, "Lokomotiv"ning bu mavsum ham chempion bo'lishida aynan o'zaro o'yinlardagi g'alabalar ham muhim ahamiyat kasb etgan.

Bundan tashqari, "Lokomotiv" ikkinchi bosqichda eng ko'p ochko jamg'argan jamoa bo'ldi: 10 o'yinda 28 ochko. Bitta durang va 9 g'alaba. Havas qilsa arziydigan ko'rsatkich. "Paxtakor" esa 10ta uchrashuvda 20 ochko to'pladi. Ko'ryapsizmi, bu tomonlama ham "sherlar" "temiryo'lchilar"dan ortda qolishyapti. Yana bir qiziq statistika shuki, "Lokomotiv" Superligada qatorasiga 19 o'yindan beri mag'lub bo'lmadi. "Paxtakor" esa oxirgi 19ta bellashuvning uchtasida mag'lubiyat alamini totib ko'rdi.

Agar "oltin ochkolar" bo'lmaganida ham "Lokomotiv" hozir 68 ochko bilan birinchi, "Paxtakor" esa 67 ochko bilan ikkinchi o'rinda bo'lardi.

Reyting: +12   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика