So’nggi yangiliklar

02:17Африка Миллатлар Кубоги. Осимхендан дубль, Лукмандан "гол+пас": Нигерия Мозамбикни тор-мор этди  1 01:13"Андижон" Абдуманнопов билан шартномани узайтирди  0 01:06"Челси" янги устози номи маълум. У шанба куни жамоани майдонга бошлаб тушади  1 00:14Африка Миллатлар Кубоги. Салоҳ гол урди, Миср эса қўшимча таймларда Бенин тўсиғидан ўтди  0 23:42"Барселона" "Ал Ҳилол"дан Канселуни сотиб олишга яқин  1 23:19Эндрик "Реал"даги ўйин амалиёти йўқлиги ҳақида: "Бу ҳаётимдаги энг яхши олти ой бўлди, уй қуришга улгурдим"  2 22:55Сульшер МЮга вақтинчалик мураббий сифатида қайтишга тайёр  11 22:12"Барселона" Канселу бўйича "Ал Ҳилол"га таклиф юборди  0 22:01МЮ Аморимга истеъфо учун 10,05 млн фунт тўлаб бериши керак  3 21:18РАСМАН: Беҳруз Асқаров — ОКМК футболчиси!  1 20:52"Интер" Канселу трансфери бўйича "Ал Ҳилол" билан келишувга эришди, аммо...  2 20:24"Ман Сити" Гвардиол ва Диашнинг жароҳати сабаб қишки трансфер ойнасида ҳимоячи сотиб олмоқчи  17 19:50"Бавария"нинг порлаб келаётган юлдузи "Реал"да ўйнашни орзу қилади  3 19:22Ашортиа: "Андроникашвили билан биргаликда "Андижон" яхши натижаларига эришиши учун ёрдам берамиз"  1 18:57Вадим Абрамов: "Аввал бизга етарлича баҳо беришмасди, энди эса даража кўтарилди"  5

O'z vaqtida 40 juft butsaga almashtirilgan "Barselona" bosh murabbiyi Yangiliklar

O'z vaqtida 40 juft butsaga almashtirilgan "Barselona" bosh murabbiyi

O'shanda 18 yoshli Kikeni otasi futboldan qaytarmoqchi bo'lgandi.

"Nima uchun xavfli va vaqtinchalik bo'lgan narsa uchun sevimli ishidan voz kechish kerak?".

"Barselona"ning yangi murabbiyi haqida etarlicha malumotlarga egasiz: u shaxmat o'ynashga borgan, Rossiya sohil futboli terma jamoasida ishlagan, Busketsni hurmat qiladi va hattoki, undan futbolkasini ham so'rab olgan.

Ammo qiziqarli hikoyalarning nihoyasi yo'q deyishadi. Keling, bugun Kike haqida siz bilmagan bazi narsalar haqida suhbatlashamiz. Seten futbolchilik faoliyatini "Rasing" jamoasida boshlagan, o'yinchi klubga deyarli tekinga tushgan. Kike jamoada 12 mavsum o'ynadi. Taqdir hazilini qarang, aynan shu jamoada ilk bor murabbiylik ruliga o'tirdi.

Bolaligida Kike farrosh yordamchisi va pochtachi bo'lib ishlagan. Maosh o'rniga unga yozuv mashinasi berilgan

Seten Santander, Atlantik okeani qirg'oqlarida joylashgan, shaharchada voyaga etgan. Yosh Kike to'p bilan o'ynash taqiqlangan hovlida (hozir ham shunday) soatlab futbol o'ynardi. Kike futbol o'ynash mahoratiga ega bo'lgan yana bir joy — sohil edi. Yigitcha hali 10 yoshga ham to'lmay, yozgi plyaj musobaqalarida mahalliy jamoasi safida qatnashgan. Ehtimol, shu tufayli sohil futboliga muhabbat qo'ygandir.

Uning bu qiziqishini Kikening qarindoshi Luiz Ayzkorbe qo'llab-quvvatlagan. U "Rasing" jamoasida menejer bo'lib ishlardi va futbol sohasi vakillari bilan aloqalari yaxshi edi. Luiz Kikeni 1945 yilda tashkil topgan "Perines" (shaharchadagi mashhur jamoalardan biri)ga olib bordi.

Futbol o'ynash bilan parallel ravishda bolakay farmacevtika kollejida ham tahsil oldi. SHuningdek, farrosh yordamchisi hamda pochtachi bo'lib faoliyat yuritdi. Biroq mehnati uchun u hech qanday haq olmagan. Buning evaziga eski "Olivetti" nomli yozuv mashinasidan foydalanish huquqiga ega bo'lgan. U mashinka yordamida o'z o'yinlari haqida hisobot tayyorlab borgan. "U barcha narsa haqida batafsil yozar va o'zidan yanada ko'prog'ini kutardi. Agar yomon o'ynagan bo'lsa, u holda hech bir muammosiz barchasini qog'ozga tushurardi", — deydi jurnalist va Setenning do'sti Gomes Samperio.

Setenni 40 juft butsaga almashishgan. Butsalarning asosiy qismi "Munich", qolganlari esa "Puma" va "adidas" edi

18 yoshli Seten shaharning asosiy klubi — "Rasing" etiboriga tushdi. 1976 yil Kikening yoniga mashhur santanderlik murabbiy va sobiq futbolchi Nando Yosu keldi.

"Nando Setenni so'rab kelgani yodimda, — deydi "Perines" kotibi Xaver Saes. — O'sha paytlarda yosh futbolchilarga uchun umuman to'lov bo'lmagan. Nando Kataloniyaning Munich brendining vakili bo'lib ishlar va bizga tovon puli sifatida 40 juft butsa bergandi. Butsalarning asosiy qismi Munich brendidan, qolgani esa Puma va adidas edi". Munich yo'q bo'lib ketgani yo'q — kompaniya yiliga 850 000 dan ko'proq oyoq kiyim ishlab chiqaradi. 1999 yil kompaniya asoschisining nabiralari otasi va amakisini maydonga oddiy "ko'cha kiyimida" chiqishga majbur qilgan. Bu ish Munichga katta yordam berdi. Endi xaridorlarning deyarli yarmi sport kiyimi emas, kundalik hayotda as qotadigan kiyimlari uchun kela boshladi.

O'sha mashhur Nando Yosu


"Seten qisqa vaqt ichida yoshlar jamoasining muhim o'yinchisiga aylanib ulgurdi va 1977 yil avgust oyida "Rasing" uni asosiy tarkib qaydnomasiga kiritdi. "U o'ziga shu qadar ishonardiki, asosiy jamoada ham tap tortmay harakat qilar va tezda o'z joyiga ega bo'lgandi", – xotirlaydi Gomes Samperio.

Ammo "Rasing" uni o'sha 40 juft butsa evaziga xarid qilayotganda, Setenning otasi uni futboldan qaytarmoqchi bo'lgan: "Nega xavfli va vaqtinchalik narsani deb, barqaror ish joyi, kun davomida ishlash mumkin bo'lgan imkoniyatdan voz kechish kerak?".

Qolgan barchasi — endi tarix. Umumiy hisobda Seten "Rasing" safida 12 mavsumni o'tkazdi. SHuningdek, futbolchi "Atletiko", "Logrones" sharafini himoya qildi, Ispaniya milliy terma jamoasining 3ta o'yinida maydonga tushdi. Bugungi kunda esa u "Barselona" bosh murabbiyi. Nazarimizda u hech qachon hayotini futbol bilan bog'laganidan afsuslanmagan bo'lsa kerak.


Nozima Zaripova tarjimasi

Reyting: +15   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика