So’nggi yangiliklar

00:47МЮ Мактоминейни АПЛнинг бошқа бир клубига сотмади  0 00:35Кьеза фаолиятини Англияда давом эттиришга яқин турибди  1 00:05"Динамо" Жаҳонгир Ўрозов ва Муҳаммадали Турсуновни ўз таркибига қўшиб олди  0 23:30Жоау Канселунинг кейинги манзили Саудия Арабистони бўладими?  0 22:55Ханс-Дитер Флик: "Ямалнинг оёғи ердан узилмаслиги керак"  1 22:15ОКМК назорат ўйинида "Олимпик"ни йирик ҳисобда мағлуб қилди  1 21:35Матс Хуммелс Еврокубокларда ўйнайдиган А Серия клубига ўтиши мумкин  0 20:54"Қизилқум" назорат ўйинида "Локомотив U21"га мағлуб бўлди  0 20:31Расман: Стадиондаги муаммо сабаб "Динамо" — "Навбаҳор" учрашуви қолдирилди  51 20:00Де Хеа фаолиятини А Cерияда давом эттирадими?  1 19:39Ана холос! "Рома" ва "Тоттенхэм" собиқ ҳужумчиси 11 йилдан сўнг фаолиятини тиклашга қарор қилди  4 19:13УEФА Суперкубоги ўйинини ким бошқариши маълум  0 18:49Погбанинг акаси Бельгиянинг учинчи лигасида ўйнайди  5 18:25"Бунёдкор" собиқ бош мураббийи Парижда ўғриликка учради  14 18:01"Шўртан" учта трансферни амалга оширди  3

O'z tanamga mag'lub bo'ldim. Buyuk Ronaldo haqida biz bilmagan haqiqatlar Yangiliklar

O'z tanamga mag'lub bo'ldim. Buyuk Ronaldo haqida biz bilmagan haqiqatlar

Teglar :  RonaldoBraziliya
Antiqa soch turmagi, ortiqcha vazn va JCH-1998 finalidan oldingi sirli kasallik haqida.

JCH-1998 finalidan oldin nima bo'lgandi?

Nima uchun Ronaldo JCH-1998 finalidan oldin bunchalik lanj edi? Nima uchun o'yindan bir necha soat oldin uning ahvoli yomonlashib qolgandi? Kim unga maydonga tushishga ruxsat bergandi? Futbol tarixi va butun Braziliya uchun katta sir bo'lib qolgan voqea. Sayyoraning o'sha paytdagi eng kuchli hujumchisi bir zumda qo'lidan hech nima kelmaydigan yosh bolakayga aylanib qolgandi.

Stad de Fransga ketishdan bir necha soat oldin Ronaldo o'z xonasida dam olayotgandi. Asosiy taxminga ko'ra Ronaldo uxlab yotganida ahvoli og'irlashgan. Yana bir taxmin: aslida u noqulay holatda tv orqali motopoygani tomosha qilayotgandi shunday bo'lgan. Bu haqda braziliyalik futbolchining kasalligini o'rganib chiqqan Inter klubining tibbiyot savollari bo'yicha maslahatchisi Bruno Karu malum qilgan.



Tushlikdan so'ng Ronaldo erga yiqilib tushgandi, qo'li bilan yuziga urardi... Ronaldo bilan bir xonada yashagan Roberto Karlos bundan qo'rqib ketib qolganlarni baqirib yordamga chaqira boshladi. Xonaga Edmundo yugurib kirgandi.

Buni ko'rganimda shokka tushgandim. Daxshatli voqea. Ronaldo erda yotardi, tishlari bir biriga jipslashgan va og'zidan ko'pik chiqardi… Uning tilini nazorat qilishi kerak edi, – deb yodga oladiEdmundo.

Ronaldo uzoq vaqt noqulay holatda bo'lgan va bu yurak qon tomir tizimiga tasir qilgan. Yaxshiyam o'sha paytda yonida Roberto Karlos bor ekan, – deydi Karu. – SHifoxonada deyarli hech kim elektrokardiogrammani o'rganmas edi. U esa barchasini ko'rsatib turardi. Ronaldoga kuchli dori vositalari berilgan. Bu dorilar Ronaldoni tinchlantirdi va o'yin sifatiga tasir qildi. O'yindan so'ng u xuddi yosh bola kabi edi: uzoq vaqt oyoqda tura olmasdi, balansni ushlab turolmasdi.

Ronaldo shifoxonada tekshiruvdan o'tayotganida jamoadoshlari allaqachon stadionga etib borishgandi. Final boshlanishiga 72 daqiqa qolganida to'ldirilgan birinchi qaydnomada Ronaldoga joy topilmagandi. Butun dunyo uchun bu o'ziga xos shok edi.

25 daqiqadan so'ng shifokorlar Ronaldo o'ynay olishini aytishdi. Braziliya terma jamoasi FIFAga murojaat qilgan va yulduz maydonga tushgandi. Ammo hech nima o'zgarmadi.

0:3 hisobidagi mag'lubiyatdan so'ng Ronaldo faylasufona gapirgandi: Biz Jahon kubogini yutqazdik, ammo men boshqa jangda g'olib bo'ldim – hayotim uchun jangda.


Nima uchun Ronaldo JCH-2002ga antiqa soch turmagi bilan borgandi?

Ronaldoning 2002 yildagi mundialdagi ishtirokini unutish qiyin. Bu shunchaki haqiqiy hujumchining o'yini emas, balki buyuk sportchining dramasi edi: deyarli ikki yil davomida jarohat tufayli maydonga tushmagan futbolchi qaytib JCH to'purari bo'lgandi. Mundialda 8ta gol gol va finaldagi Oliver Kan darvozasiga dubl, bundan yaxshiroq ishtirok bo'lmasa kerak.

Ronaldo o'sha musobaqada faqat gollar bilan emas balki antiqa soch turmagi bilan yodda qolgandi. Bunga ham o'ziga yarasha sabab bo'lgan ekan.

Mundialdan oldin jarohat tufayli 60 foizga tayyor edim. Barcha faqat mening ahvolim haqida gapirardim. Bazaga yangi soch turmagim bilan kelganimda hamma jarohatimni unutib yuborib sochim haqida gapira boshlagan edi, – deb aytgandi Ronaldo bir necha yildan so'ng.

Antiqa soch turmagi ommalashib ketdi. Yaqinda Neymar 2002 yilda sochini xuddi shunday oldirib tashlaganini aytgandi.


Nima uchun semirib ketdi?

Fabio Kapello 2006 yil Realga kelganida Ronaldoning holatidan xayratda edi. Braziliyalik futbolchi ortiqcha vaznga ega bo'lib boraverardi.

U 96 kg edi… JCH-2002da qancha vaznga ega bo'lganini so'ragandim. U 84 kg deb aytgandi. Hech bo'lmasa 90 kg bo'lishini so'ragandim, ammo hech nima chiqmadi. Ammo men bilan birga ishlagan futbolchilarning eng yaxshisini aytish kerak bo'lsa baribir uni aytaman. Ronaldoni va Marko van Bastenni.

O'shanda Real va Braziliya terma jamoasidagilar Ronaldoni ustidan kulishardi. Barcha braziliyalik futbolchi ko'p ovqat tanovul qilishni xush ko'radi deb o'ylardi.

2007 yilda Ronaldoda gipotireoz aniqlandi – qalqonsimon bezning gormonlari etishmovchiligi. Bu esa modda almashinuvini qiyinlashtirardi.

Ronaldo yana to'rt yil qiynaldi – uni jarohatlar taqib kelardi, mashg'ulotlar og'ir o'tardi, modda almashinuvi ham o'z holiga qaytmasdi. 2011 yilda qaror qabul qilindi: tugatish vaqti keldi.

Kasalligimni nazorat qilish uchun gormonlar qabul qilish kerak, ular esa futbolda doping hisoblanadi. Miyam futbolni davom ettirishni istaydi, ammo tanam xohlamaydi. 

Mag'lubiyatni tan olishim kerak. O'z tanamga mag'lub bo'ldim.


Sports.ru saytidan Narzulla tarjima qildi

Reyting: +47   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика