So’nggi yangiliklar

15:10Ўзбекистон футзал термасининг ЖЧ учун қайдномаси маълум!  0 14:38Ковачичга Саудия Арабистонида ҳафтасига 1 миллиондан кўпроқ маош тайёрлаб қўйишди  2 14:16"Удинезе" Санчесни янги мавсум учун рўйхатдан ўтказмади  1 13:56"Vamos, UZB!" баннерини кўтариб олган, вувузела чалишни тиндирмаган, ўйинни дурбинда кузатган мухлислар ГАЛЕРЕЯСИ  1 13:22"Челси" Конференциялар Лигаси учун таркибини эълон қилди: Коул Палмер рўйхатда йўқ  3 12:50ФИФА рейтингида етакчилик қилаётган Бразилия футзал терма жамоаси ҳақида нималар маълум?  1 12:23Барчанинг иштаҳасини очиб юборган 8.5 та ўрин, биз ёлғиз эмасмиз!  9 12:07Пике Ламин Ямалнинг майдондаги хатти-ҳаракатларини эътироф этди   3 11:40Хоселу: "Карвахаль "Олтин тўп"га лойиқ"  5 11:16Яқин ўтмиш юлдузи Хуан Мата "яшил қитъа"га йўл олди  1 10:55Футзал. Бугун дунёнинг энг кучли термасига қарши баҳс олиб борамиз  7 10:27Футзал. Парагвай терма жамоаси Тошкентга етиб келди  2 09:55Жаҳон чемпиони Роналдунинг жамоадошига айланиши мумкин  17 09:26"Реал Мадрид"нинг яна бир асосий таркиб футболчиси ФИФА кунларида жароҳат олди  8 09:10Миллатлар лигаси. Португалия - Хорватия, Роналду терма жамоа сафидаги 131-голини урди  4

O'z davrining eng kuchli hujumchilaridan biri Gabriel Batistuta haqida Yangiliklar

O'z davrining eng kuchli hujumchilaridan biri Gabriel Batistuta haqida

"Fiorentina" tarixidagi ajoyib futbolchilardan biri Batigol haqidagi qiziqarli faktlar bilan tanishib chiqing.

Tarjimai hol

Argentinalik futbolchi Gabriel Batistutaning nomi 90-yillarda mashhur bo'lib ketdi. U o'shanda Italiyaning "Fiorentina" klubi safida 269 o'yinda 168ta gol urishga muvaffaq bo'lgandi. Italiya jamoalarida to'p tepish janubiy amerikalik hujumchiga katta shon-shuhrat olib keldi: "Fiorentina"dan keyin "Roma" va "Inter"da o'ynadi. Batistuta Argentina futbol tarixida terma jamoaning eng yaxshi to'purarlaridan bo'lgan, xatto hozirgacha shunday.


Bolaligi va yoshligi

Batistuta — qatiyatlilik va mehnatsevarlik bilan o'z kasbining yuqori cho'qqisiga chiqa olganlardan biridir. Ammo ajablanarli tomoni shundaki, Batistuta hech qachon futbol haqida orzu qilmagan ekan. U aslida sportning boshqa turiga qiziqqan. Bo'lajak yulduz futbolchi Argentinaning kichkina Avelyaneda nomli qishlog'ida 1969 yilning 1 fevralida tavallud topgan. Gabrielning bolaligi Rekonkista shaharchasida o'tdi, oilasi yaxshiroq yashash maqsadida 1975 yil o'sha erga ko'chib borgandi. Gabrieldan keyin yana 3ta qizaloq dunyoga keldi — Eliza, Alexandra va Izabella.

Oila oddiy hayot kechirardi: otasi Omar qassob bo'lgan, onasi Gloriya esa maktabda kotiba bo'lib ishlagan. Qolaversa, moliyaviy inqiroz tufayli oilalar pulni yanada tejab yashardi. Bolakay esa kun bo'yi to'p tepar yoki baliq ovlardi.

Batistuta to'pni ajoyib tarzda nazorat qilishi bilan ko'pchilikni hayron qoldirardi, uni ayniqsa basketbol rom etardi. Lekin 1978 yil Argentinada bo'lib o'tgan Jahon CHempionatidan so'ng (Argentina termasi tarixida ilk bor g'olib bo'lgandi), Batistutaning orzulari butkul o'zgarib ketdi.


Futbol

9 yoshli bolakay futbol maktabida tahsil olish uchun ro'yxatdan o'tdi. Gabrielning iqtidorini darhol sezishdi, natijada u "Nyuellz Old Boyz"ning yoshlar klubi safida to'p tepa boshladi. Oradan o'n yil o'tdi va aynan shu klub safida professional futbolda debyut qildi: 24 uchrashuvda 7ta gol urdi. Ammo u erda uzoq qolmadi.

1991 yil u Italiyaning "Fiorentina" jamoasiga borib qo'shildi. Evropa futboli skautlari Batistutani Argentinaning "Boka Xuniors"dagi muvaffaqiyatli o'tkazgan mavsumidan so'ng tanishgan edi. Tabiiyki, Gabriel shartnoma imzolayotgan vaqtida Italiyadagi faoliyati unga shunchalik mashhurlik keltirishini hayoliga ham keltirmagan edi. Batistuta Florenciya klubi bilan muvaffaqiyat ham qozondi, qiyin damlarni ham boshdan o'tkazdi. 1992/93 yillarda Batistutaning 13ta goliga qaramay, "fialkalar" quyi divizionga tushib ketdilar. Bir qancha kuchli futbolchilar o'shanda klubni tark etib ketdi, ammo Batistuta jamoasiga sodiq qoldi. U bu uzoq davom etmasligini sezgandek, go'yo. Kelasi mavsum "Fiorentina" V Seriyada g'alaba qozonib, elitaga qaytadi, Batistuta esa bundan ilhomlanib, yanada kuchli o'yinlar namoyish eta boshlaydi.

1995/1996 yilgi mavsumda argentinalik 26ta gol bilan Italiya Kubogini qo'lga kiritadi. SHuningdek, "A Seriyaning eng yaxshi to'purari" mukofotiga sazovor bo'ladi. Kelasi yili esa legioner o'yinchi o'z klubi bilan Italiya Superkubogiga ega chiqadi. Ajoyib futbol o'yinlari va samarali gollari tufayli italyan muxlislar argentinalikni Batigol deb chaqira boshlaydilar.




1998 yil Argentina Gabriel Batistutani "Yilning eng yaxshi futbolchisi" deya etirof etdi. Bu kunga qadar u Argentina milliy termasida to'p tepayotganiga etti yil bo'lgandi. JCH-1998 Batistutaning chiroyli gollari tufayli ko'pchilikning yodida qolgan. Yamaykaga qarshi bahsdagi 5ta golning 3tasi qahramonimiz tomonidan amalga oshirilgandi. Ha aytgancha, "CHayf" guruhining mashhur qo'shig'i aynan shu o'yindan ilhomlanib yozilgan ekan.

Xuddi "Fiorentina" va Batistuta bir-biri uchun yaratilgandek edi. Ammo Batigolning ming urinishlariga qaramay, u o'zining azaliy orzusiga erisholmadi — Italiya chempioni bo'lish. "Fialkalar" qay yo'l bilan bo'lmasin, "Milan", "Inter", "Roma", "Yuventus" kabi grand jamoalardan o'zib ketolmadi.

Yangi asr boshida "Fiorentina" inqirozga yuz tuta boshladi va klub prezidenti o'zgardi. Buning oqibatida Batigol "rimliklar" safiga ketdi. Transfer "Roma"ga 30 mln dollarga tushdi, biroq bu Batistutaning orzusi amalga oshishiga yordam berdi: Italiya chempioni bo'ldi. Ammo kelasi mavsum Batigol yaxshi o'ynolmadi — yoshligida olgan jarohatlar uning faoliyatiga soya sola boshladi, bu esa "bo'rilar" murabbiyi Fabio Kapelloni noroziliga sabab bo'ldi.

Natijada forvard 2003 yil Milanning "Inter" klubi tomon yo'l oldi, ammo Batistuta u erda bundan ham yomonroq o'ynadi — 12 o'yinda 2ta gol. Keyin esa Qatarning "Al-Arabi" klubida ikki yil mobaynida to'p tepdi. 2005 yil esa jarohatlardan ancha aziyat chekkan faxriy o'yinchi faoliyatini yakunladi. Futbolchi o'sha davrlar haqida Ispaniyaning Marca nashriga quyidagilarni so'zlab bergandi: "Kunlarning birida kuchim qolmaganini tushunib etdim, sog'lig'im ancha yomonlashgandi. Oxirgi o'yinimdan so'ng oradan ikki kun o'tib, yotib bir necha kungacha yura olmagandim. Oyoqlarim, ayniqsa o'ng oyog'im qaqshab og'rirdi. Buni tasavvur ham qilolmaysiz".


SHaxsiy hayoti

Baland bo'yli (185 sm), ko'k ko'zli, "oltin sochli" Batistutaning ayollar bobida ham omadi keldi. Futbolchi 1990 yil 28 dekabr kuni uylandi. Sportchining turmush o'rtog'ining ismi Irina Fernandes. Ularning 4ta o'g'il farzandlari bor — Tyago, Luis, Xoakin va SHamel. Yoshlar ilk bor Irina 15, Gabriel esa 16 yosh bo'lganida tanishgan edilar. Avvaliga Irina yigitchaning muhabbatini rad etgan, ammo futbolchi vaqt o'tishi bilan sevgilisining ko'ngiliga yo'l topa olgandi.

Gabriel Batistuta hozir

Muxlislar Batigolning hayotini haligacha kuzatib yuradilar. Futbolchi Instagramda o'z shaxsiy sahifasiga ega. Batistutaning ashaddiy muxlislari kasallik o'yinchini tark etgani va u sog'ayib ketganidan xursand ekanlarini repost va izohlar orqali aytib turishadi. Hozirgi kunda u "Kolon" klubida sport direktori lavozimida faoliyat yuritadi. Bo'sh vaqtlarida esa golf yoki polo o'ynab turadi.


Qiziqarli faktlar

— Gabriel Batistuta akter sifatida ham ancha tanilgan. "Yovvoyi farishta" serialida rol ijro etgan.
— "Fiorentina" muxlislari o'z kumirlarining sodiqligi uchun klub stadionida haykal o'rnatishgan. Ammo hujumchi jamoadan ketganidan so'ng, haykalni olib tashlashdi.
— Batistuta avtobiografik kitobini chop etgan.


Erishgan yutuqlari

"Fiorentina"
1993-1994 — V Seriya g'olibi
1995-96 — Italiya Kubogi sohibi
1996 — Italiya Superkubogi sohibi
"Roma"
2000-2001 — Italiya chempioni
2001 — Italiya Superkubogi sohibi

Argentina terma jamoasi
1991, 1993 — Amerika Kubogi g'olibi
1992 — Faxda qiroli Kubogi sohibi
1993 — Franki Kubogi sohibi
SHaxsiy yutuqlari
1991, 1995 — Amerika Kubogining eng yaxshi to'purari
1991 — Janubiy Amerika chempionatining eng yaxshi to'purari
1992 — Konfederaciyalar Kubogining eng yaxshi to'purari
1994-1995 — Italiya chempionatining eng yaxshi to'purari
1995-1996 — Italiya Kubogining eng yaxshi to'purari
1998 — Argentinada yil o'yinchisi
1994 — JCH "Bronza butsa"si egasi
1998 — JCH "Kumush butsa"si egasi
1999 — Italiyada eng yaxshi chet ellik o'yinchi
2004 — Qatar chempionatining eng yaxshi to'purari


Nozima Zaripova tarjimasi

Reyting: +8   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика