So’nggi yangiliklar

00:16Эрик тен Хаг ўзига янги иш топди  0 23:57Африка Миллатлар Кубоги. Жазоир Конго ДР дарвозасига 119-дақиқада ғалаба голини уриб, чорак финалга йўл олди  3 23:31Турдимуродов, Ибрагимов, Эсанов – миллий жамоага номзод футболчилар кўрикдан ўтказилмоқда  0 23:03"Бир соат ичида бир оғиз ҳам гапирмади" – Хабиб Нурмагомедов Абдуқодир Ҳусанов билан учрашув ҳақида  9 22:32Ўзбекистон U-18 терма жамоаси машғулотидан ГАЛЕРЕЯ  0 22:14Расман: Неъматуллоҳ Рустамжонов "Андижон" клуби аъзосига айланди  1 21:32Расман: Асилбек Алиев "Андижон" футболчисига айланди!  6 21:25"Ювентус" Кьезани "Ливерпул"дан қайтариши мумкин  0 21:05"Навбаҳор" клуби янги мавсум учун тайёргарликни давом эттирмоқда  1 21:00"Реал" 70 млн евролик хавбекка кўз тикди  1 20:37Ҳумоюнмирзо Иминов: "Мен рақобатга тайёрман"  2 20:15Гвардиола "Манчестер Сити" ҳимоячиларининг жароҳатлари билан боғлиқ вазиятни изоҳлади  10 19:51"Динамо" БААда ЦСКАга қарши майдонга тушади  4 19:34"Навбаҳор" машғулотлари Championat.asia объективида  4 19:172025 йил давомида Ўзбекистоннинг энг кўп нархи ошган футболчилари  9

"O'ylaymanki, keyingi qadamni tashlash va o'z darajamni oshirish vaqti kelgandi" - Abbosbek Fayzullaev Yangiliklar

"O'ylaymanki, keyingi qadamni tashlash va o'z darajamni oshirish vaqti kelgandi" - Abbosbek Fayzullaev

CSKA sobiq futbolchisi Baxtiyor Zaynutdinov o'zbekistonlik yarim himoyachi Abbosbek Fayzullaevning Moskva jamoasiga moslashishiga yordam bergan.

Bu haqda Fayzullaev TASS agentligiga malum qildi.

4 avgust kuni CSKA "Paxtakor" klubidan Abbosbek Fayzullaev transfer qilinganini elon qildi. Avgust oyi oxirida qozog'istonlik yarim himoyachi Baxtiyor Zaynutdinov Turkiyaning "Beshiktosh" klubiga yo'l oldi. 25 avgust kuni CSKA Rossiya Premer-ligasi (RPL) 6-turida safarda "Orenburg" bilan 1:1 hisobida durang o'ynadi. Fayzullaev 80-daqiqada hujumchi Fyodor CHalovni almashtirdi.

"Orenburg" bilan qiziqarli o'yin bo'ldi, hamma uch ochko olish uchun oxirigacha kurashdi, hamma borini berdi", – dedi Fayzullaev.

CSKA doimo g'alaba qozonishni xohlaydigan jamoa. Moslashuv jarayoni juda yaxshi ketmoqda, ularga rahmat. Baxa (Baxtiyor Zaynutdinov – tahr.) ham menga katta yordam berdi, unga rahmat aytaman. Unga Turkiyada omad tilayman".

Baxa meni jamoadagi yigitlar, klub, qarorgoh bilan tanashtirib chiqdi. CSKA menga U-20 Osiyo Kubogidan so'ng qiziqish bildirganini bildim, lekin birinchi davra yakunlanishini kutdim. O'ylaymanki, keyingi qadamni tashlash va o'z darajamni oshirish vaqti kelgandi", – dedi Fayzullaev.

CSKA RPL musobaqa jadvalida 10 ochko bilan 4-o'rinda bormoqda. Jamoa keyingi turda 3 sentyabr kuni Peterburgning “Zenit” jamoasini qabul qiladi.

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика