So’nggi yangiliklar

23:30Ильдар Маматказин: "Навбаҳор" билан зўр финал бўлади. Мухлислар? Яхшиси "Бобур Арена"га келинг"   8 23:08Умар Эшмуродов: "Ҳеч ким уч очкони осонгина бериб қўймайди. Суперлигамиз Малайзия чемпионатидан анча кучлироқ экан"  11 22:40Санжар Турсунов: "Жаҳон чемпионати саралашларида яхши имкониятга эгамиз"  3 22:20Ўзбекистон кубоги. Сўнгги бор финалда қачон водий дербиси бўлган?  13 21:21Ўзбекистон МТЖ Тошкентда йиғинни бошлади. Кулаётган Бобир, хаёл сураётган Ҳожиакбар  11 21:00Эксклюзив интервью. Сречко Катанец: "10 та ўйиннинг барчасида ғалаба қозонмоқчимиз"   12 20:02"Ал Иттиҳод" ПСЖ ярим ҳимоячиси билан шартнома имзолади, here we go!  1 19:38Виктор Осимхеннинг янги жамоаси маълум  8 19:25Рустам Ашурматов: "КХДР терма жамоаси ҳақида тўлиқ маълумотга эга эмасмиз"  9 18:53"Реал"нинг яна бир футболчиси жароҳат олди ва 8 ҳафтага сафдан чиқди  1 18:22Гари Невилл: "Бугун топ-футболчилар МЮга ўтишни истамаяпти"  2 17:22Футзал. Венесуэла футзал терма жамоаси Тошкентга етиб келди  3 16:46Расман: Легионерлардан бири "Ал Насср" билан шартномасини бекор қилди  1 16:00⚡️Сречко Катанец бўлажак рақиб КХДР терма жамоаси ҳақида нималар деди?   8 15:49Де Росси маълумотни тасдиқлади  0

O'yinlarni daraxtda o'tirib tomosha qilgan g'alati muxlis haqida Yangiliklar

O'yinlarni daraxtda o'tirib tomosha qilgan g'alati muxlis haqida

Franciya "Nicca"ning mashxur muxlisi vidolashdi.

9 dekabr kuni "cho'pon" laqabi bilan mashhur bo'lgan "Nicca"ning ashaddiy ixlosmandi Pol Kapetto vafot etdi. U 73 yoshda edi.

Niccadagi deyarli barcha inson Kapetto haqida eshitgan — futbolchilardan tortib, oddiy fuqarolargacha. U klubning talismani va ramzi hisoblangan. Lekin uni yaqindan tanigan insonlar juda kam: "Nicca"ning har bir o'yinidan so'ng u qaergadir yo'q bo'lib qolardi. Kapetto Sen-Marten-Vezyubida yashagan — Niccadan 65 km uzoqlikdagi tog' kommunasi: suv va elektr tizimi xavfli bo'lgan zona. U erda yomg'ir suvini yig'ib olish uchun bog'larga bochkalar qo'yib chiqishardi. Kapetto faqatgina sevimli klubi bahslarini tomosha qilish uchun Niccaga — "Alyanc Rivera" arenasiga borardi.

"Alyanc Rivera" stadioni 2013 yil ochilgan. Lekin cho'pon ancha oldin mashhurlikka erishgan edi — o'sha vaqtlar "Nicca" 17 ming kishilik "Stad dyu Re"da to'p tepardi. Stadion ochiq bo'lib qurilgani qari muxlisga bahslarni daraxtdan (!) kuzatish imkonini berardi.

CHo'ponning deyarli har bir tashrifi shouga aylanib ketardi. Ishoning, agar siz ham "Nicca"ning katta qizil-qora bayrog'iga o'ranib olgan va Italiya qahramoni Djuzeppe Garibaldi sharafiga kuylangan qo'shiqni xirgoyi qilib ketayotgan oq sochli cholni ko'rganingizda, hayratdan qotib qolardingiz. Ayniqsa, uni chang'i bilan velosiped haydab ketayotganida uchratsangiz... So'zimiz isboti sifatida, etiboringizga ushbu videoni havola etamiz.



U chang'ini (hatto yozda ham kiyardi) shunchaki kiyib olmasdi: Pol — sobiq chang'i o'qituvchisi bo'lib, uzoq yillar mobaynida Vezyubidagi chang'i kompleksida ishlagan. Pol faoliyatini "Nicca"da boshlagan Franciya terma jamoasi darvozaboni Ugo Loris bilan aynan o'sha erda tanishgan. CHo'pon chang'i uchish texnikasini Lorisga o'rgatgan va o'shandan buyon ular o'rtasida iliq munosabat bo'lgan.

Loris bilan bo'lgan tanishuv Kapettoga Franciya termasi tomon olib boradigan eshiklarni ochib berdi: Pol 2010 yil Jahon CHempionati-2010ga tayyorgarlik ko'rayotgan terma yoniga bordi. CHo'pon tonggi mashg'ulotlar boshlanishidan avval Lorisga ikkita penalti tepdi, Riberi bilan to'p o'ynatdi.

Kapetto haydab yurgan velosiped, "cho'pon"ning so'zlariga qaraganda, Jan Mulenga tegishli bo'lgan ekan (franciyalik siyosatchi va Ikkinchi Jahon urushidagi qarshilik harakatining qahramoni). Bu qanchalik to'g'ri?! CHo'pon bunga aniqlik kiritmagan. Axir Mulen 1943 yilda hibsga olishgan va 1943 yilning 8 iyulida konclagerga ketayotgan poezdda vafot etgan. Yani, Kapetto tug'ilishidan 3 yil avval...

2016 yil Kapetto o'zining 70 yillik yubileyini nishonlagan. "Nicca" prezidenti Jan-Per River "Bastiya"ga qarshi bahsda Polni tug'ilgan kuni bilan tabriklagan va unga 70 raqami va "Le Berger" ("cho'pon") so'zi yozilgan futbolkani sovg'a qilgan. "Nicca"ning barcha o'yinchilari esa futbolkaga o'z dastxatini qo'yib bergan.

O'tgan mavsum Kapetto bir muammoga duch keldi: "Nicca" klubi "Marsel" bilan uchrashuv o'tkazish uchun mehmonga boradi, lekin klub fanatlari "Velodrom" arenasiga kirishi taqiqlangan edi. Uning tashrifi doimgidek shouga aylanib ketdi. SHuning uchun policiya xodimlari uni darhol hibsga olib, 24 soatga qamab qo'yishdi. Ammo qamoqdagilar Kapettoning harakatlarini haddan tashqari g'alati va axmoqona deb hisoblab, cho'ponni shifokorlar qo'liga topshirishdi — u Timon kasalxonasining psixiatriya bo'limiga yotqizildi. CHo'pon u erda 7 soat o'tirdi. Qariya shifoxonadan chiqishiga sobiq futbolchi va uning do'sti Loran Paganelli yordam bergan.

So'nggi vaqtlarda cho'pon uchrashuvlarga ko'p bormadi — shovqinli arenalarga borishdan ko'ra, sokinlikda o'tirishni afzal ko'rdi. Biroq "Nicca" rahbariyati va futbolchilari qariyani unutib yuborganlari yo'q. 9 dekabr kuni cho'pon vafot etgani haqidagi xabarlar barchani shok holatiga solib qo'ydi.

Kapetto 6 dekabr kuni Sen-Marten-Vezyubidagi do'stining uyida 3 kun qolishini aytdi. Yakshanba kuni kechqurun esa uyquga ketib boshqa uyg'onmadi. Sport olamidagi yuzlab mashhurlar ijtimoiy tarmoqdagi shaxsiy sahifasiga vidolashuv va taziya haqidagi postlarni joylay boshladi. Nicca meri hamda klubning rasmiy sayti Kapettoning yaqinlariga hamdardlik bildirdi. Jamoa darvozaboni Valter Benites esa muxlisga atab bir enlik xat yozdi: "U har bir safarga biz bilan borardi! CHo'pon — Franciya 1-Ligasining taniqli muxlisi. Doimiy yaxshi kayfiyat uchun senga katta rahmat. Sendek do'stim bo'lganidan xursandman!"

"Pol odamlarga xursandchilik ulashishni yoqtiradigan "masxaraboz" edi. Lekin bugun hammani yig'latdi...", — degandi uning bir do'sti Dominik Kovachich. Ha, "jinnilik qilish" bo'yicha cho'ponga etadigani bo'lmasa kerak. Quyidagi videorolik orqali o'zingiz bunga guvoh bo'lishingiz mumkin: chang'i kompleksidagi qorga to'lgan qiyalikdan velosipedda (!!!) uchib tushishga harakat qilmoqda...



Polning vafotidan keyingi ilk o'yinda "Nicca" o'z maydonida "Tuluza"ga qarshi o'ynadi. O'sha bahs Kapettoga bag'ishlandi va klub rahbariyati, futbolchilar cho'pon bilan xayrlashdilar. Klub prezidenti Jan-Per River esa Polni "Nicca"ning eng sodiq muxlisi deb etirof etdi.


Franciyalik boshqa futbol ixlosmandlari ham "Nicca"ga hamdardlik bildirdi: xususan, "Nansi" ultrasi (2-liga klubi) o'z maydonida "SHator"ga qarshi bahsda "CHo'pon" bilan xayrlashdi.  


Nozima Zaripova tarjimasi

Reyting: +40   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика