So’nggi yangiliklar

09:11Виктор Гёкереш АПЛнинг бошқа жамоаси сабабли МЮнинг таклифини қабул қилмади  1 08:44Суперлига. Бугун 12-тур якунланади  3 08:17"Бунёдкор" ва "Пахтакор" ўртасида бўлиб ўтган Тошкент дербисидан ФОТОГАЛEРEЯ  0 08:00Суперлига. "Қизилқум" - "Сўғдиёна" ва ОКМК – "Шўртан" ўйинларида мухлислар гол кўришмади. "Бунёдкор" ва "Пахтакор" ўйинида эса иккита гол урилди  0 07:51“Рома“ асосий ҳужумчисини сотувга қўяди  4 07:17Янги форматдаги клублар ўртасидаги ЖЧ старт олди. Илк баҳсда "Интер Майами" Миср жамосига қарши баҳс олиб борди  4 04:07Элдор Мойлиев: "Устунлик рақибда, омад эса биз томонда бўлди"  1 03:41Илёс Зейтуллаев: "Бугун "Пахтакор"дек жамоага қарши ўйнадик, Качори бир метрдан гол урганда, ҳисоб 2:0 бўларди"  1 00:09Миржалол Қосимов: "Бугунги ўйинга баҳо – 2"  5 23:20ЦСКАнинг янги бош мураббийи маълум  2 22:52Ильгиз Танташев бошчилигидаги ҳакамлар бригадаси "Боруссия" иштирокидаги ўйинни бошқаради  4 22:34Камолиддин Тожиев: "Бугун бутун мавсумга етадиган вазият яратдик, тўп дарвозага киришни истамади"  20 22:04Иммобиле А Серияга қайтадими?  2 22:04Суперлига. "Қизилқум" "Сўғдиёна" билан дуранг ўйнади, жиззахликлар баҳсни 10 киши бўлиб тугатишди  7 21:56Суперлига. ОКМК ўз майдонида нурсиз дуранг қайд этди  19

O'yinga Iroqcha qarash yoxud matbuotdan uzilib qolgan futbolimiz Yangiliklar

O'yinga Iroqcha qarash yoxud matbuotdan uzilib qolgan futbolimiz

Teglar :  MTJIroqO'zbekiston
Yodingizda bo'lsa, 2015 yili Osiyo chempionatiga BAAda tayyorgarlik ko'rgan edik.

Yig'inda qatnashganim uchun, O'zbekiston terma jamoasi va Iroq termasi o'rtasidagi servislar o'rtasidagi farq haqida maqola yozgandim. O'shanda "Match World Group" kompaniyasi Iroq uchun barcha ishni qilib bergan. Yani, yollanma xodimlar.

Ortda qolayotgan Iroqning ustun tomonlari

O'zbekiston milliy terma jamoasi Avstriyada ikki hafta davomida mashg'ulot olib bordi. Avstriyadan bironta xabar bo'lmadi. Aynan terma jamoa manfaati yo'lida Kubok o'yinlarining sanasiga o'zgartirish kiritildi. Natijada "Evro"dan keyin o'zbek muxlislari uchun o'zbek futboliga oid bironta qiziq voqea bo'lmadi. Bunday paytda terma jamoamizning kundalik hayotini yoritib borish juda muhim edi. Afsuski, bizning MTJ va matbuot o'rtasida hech qanday bog'liqlik yo'q. Terma jamoamizni, imtihonga kirib ketgan talabaga o'xshataman: birov ko'chirmasligi uchun qo'llarini daftar bilan bekitib oladigan. Terma jamoamizning ikki o'yinini ham raqiblarimizning rasmiy saytlariga manba qilib yoritdik. Bu mavzuni shuncha kun yozmay nega ko'tardim? Aytaman, Iroq terma jamoasi Toshkentga kelishi oldidan Behzod Nazarovga aloqaga chiqdi. 

- Bizga Toshkentdagi etti kunimiz uchun fotomuxbir va ikki o'yinning 5 daqiqalik videoroligi kerak, xizmat haqi to'lanadi. 

Ularga bu kerakmi? Qiziqib terma jamoaning "Feysbuk"dagi rasmiy sahifasiga kirdim, 500 000 dan ortiq o'quvchisiga ega federaciya yuqorida, bizdan so'ragan xizmatlarini aynan o'sha erda o'quvchilarga taqdim etishi bo'lgan. Iroq, Malayziya, Singapur, Tailand kabi terma jamoalar JCHga chiqa olmasligini biladi, lekin bu muxlis axborot oqimisiz qolishi kerak degani emasligini ham juda yaxshi biladi.

So'nggi yarim yil ichida "komentlar"da faqat norozilik, terma jamoaga bo'lgan ishonchsizlik avj oldi. "Blok" qilaverib charchadik, bizga shu kerak deb o'ylaysizmi? Bularning barchasi sababi terma jamoa va OAV hamda muxlislar o'rtasidagi bog'liqlik yo'qligi. Mana, vodiyda nimadir muammo paydo bo'lsa muxlislar darhol murabbiy va jamoa rahbariyati bilan uchrashadilar. Kecha gap-so'zlar avj olgan "Nasaf" bosh murabbiyi Ro'ziqul Berdiev muxlislar bilan uchrashib barcha masalaga oydinlik kiritdi. Futbol avvalo muxlislar uchunligini allaqachon unutib bo'ldik, allaqachon!

Muxlislarning ko'nglini ovlashni bilish kerak, chunki ertaga kimni hurmat qilish-qilmaslikni ular hal qiladilar. Iroq terma jamoasi bilan 24 iyul kuni o'rtoqlik o'yini o'tkazamiz, lekin atrofda shu o'yin shukuhini bildiradigan biron narsa ko'ryapsizmi? Terma jamoa faqat Toshkentniki emas, u Respublikaniki. Marketing dasturi butun 12ta viloyatni o'z ichiga qamrab olishi kerak. Saytlarda reklama ketsin, radiolarda tanlovlar o'tkazilsin. "Olg'a, O'zbekiston!" deb muxlislar miyasiga vatanparvarlikni singdirib, Islandiyaga o'xshab yutsa-yutqazsa birdek qo'llab-quvvatlashni o'rgatish kerak emasmi? Kun o'targa vaqt o'tkazsak, boshlanmagan o'yinimizda ham "mag'lubiyatga uchrasin" deb o'tirguvchilarning soni oshsa oshadiki, kamaymaydi... Qisqasi shu, maqolamning asosiy qismi shu bo'lib qolishini istamayman. O'yin boshlandi...

Masharipov, sening joying MTJda!

Bu nafaqat men, nafaqat "Paxtakor" muxlislari, balki o'z safida ko'rishni istayotgan "Lokomotiv" va "Bunyodkor" jamoalarida ishlayotgan mutaxassislarning ham fikri. Muxlislarni-ku aytmasak ham bo'laveradi. To'g'ri, Jaloliddinni bazan, Geynrixga o'xshab simulyaciyalarini ko'ramiz. Lekin, ayting-chi, Geynrixdakasi yana chiqdimi? 


Masharipovni terma jamoaning asosiy tarkibiga kirishi kerak bo'lgan futbolchilar qatoriga qo'shmayman, bunga biroz vaqt kerak. Lekin hech bo'lmasa zaxira o'rindig'ida MTJ havosidan nafas olishi kerak. Bunday futbolchilar qatoriga yana Temurxo'ja Abduxoliqov ham bu yilgi o'yinlari bilan haqli deb aytish mumkin. 

Kechagi o'yinda, Rustam Ashurmatov, Dilshod Hamroev va Zafar Polvonov ham yaxshi harakat qilishdi. Hamroev 2ta juda qiyin vaziyatda darvozamiz daxlsizligini saqlay oldi. 3 kunlik terma jamoa uchun kechagi o'yinni ijobiy baholay olaman. Boshlanishiga, Iroq bizni qiyinchiliksiz mag'lubiyatga uchratadi deb o'ylagandim. Ammo, bashorat o'zini oqlamadi. Iroq fonida Polvonov ikkinchi qavatda ancha yaxshi harakat qildi. Jarima maydonchamiz ichidan raqib tomon etkazib beriladigan zarbalarni Polvonov bosh bilan jamoadoshiga qabul qilib berishi kerakligi mashg'ulotlar davomida uqtirilgan edi. Kecha shunday vaziyatdan uchtasida Zafar to'g'ri o'ynadi, demak o'ynasa bo'ladi, faqat imkoniyat kerak. Ashurmatov esa tog'asidan kam emasligini ko'rsatmoqda. Baxtiyor Ashurmatov ham shu yoshida katta sahnaga chiqib bo'lgan edi. Tegirmon navbati bilan, Anzur Ismoilovning o'rinbosari shu yo'sinda ishlashda davom etsa, aynan Rustam bo'ladi. Maqtab yubordingiz, yulduzlik kasaliga uchrab qolmaydimi deguvchilar ko'p. Faoliyatimdan kelib chiqib aytaman, yulduzlik kasaliga uchrayman degani, 15 yoshidayoq o'zini olishni boshlaydi. 20 yoshdan o'tib munosabati, salom-aligi, o'zining tutishi o'zgarmadimi, demak unda ota-ona bergan tarbiya bor. "Yulduzlik kasali", kibrga yuz tutish - bu avvalo bolaning boshidan. Tarbiya esa birinchi navbatda oiladan olinadi. 

Bevosita o'yinga to'xtaladigan bo'lsak, Masharipovning goli terma jamoamizni ruhlantirgani rost. Ammo shu kuni Ceytlin juda ko'p vaziyatlarda bizning foydamizga qaror chiqardi. Belgilangan penalti ham norozilikka sabab bo'ldi. Iroq terma jamoasi qo'pollik ishlatsa kechirim so'rashni kanda qilmadi, biznikilar esa betiga qaramay o'tib ketaverdi. Bu ham yaxshi emas, kulib turgan raqibingga, kulib javob qaytar yoki umuman qo'pollik ishlatma kuching etmasa. 


Ceytlini o'zi bergan qizil kartochkani 5 daqiqalik tortishuvdan keyin bekor qildi


Birinchi bo'lim boshida to'rtinchi hakam Aziz Asimov to'p olib beruvchi bolalarga "nakitka" kiydira olmay xunob bo'ldi. Bolalar ham, terma jamoamiz ham oq formada edi. Bu qoidalarga zid. 

O'yin tugadi, hamma uy-uyiga ketish taraddudida, Iroq vakilining iltimosi:

- 30tacha suratni hozir, videoni esa 2 soat ichida 5 daqiqalik roligini mahalliy matbuotga tarqatishimiz kerak, muxlislarimiz kutishadi...

Ha, muxlislaring bor bo'lsin...


Nodirxo'ja Yuldashev

Reyting: +84   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика