⚡️ O'YIN KUNI. Bugun O'zbekiston U-23 termasi qita birinchiligi finalida Saudiya Arabistoniga qarshi bahs olib boradi
19 iyu 2022 08:10
Yangiliklar
⚡️ O'YIN KUNI. Bugun O'zbekiston U-23 termasi qita birinchiligi finalida Saudiya Arabistoniga qarshi bahs olib boradi
23 yoshgacha futbolchilar o'rtasidagi Osiyo kubogi o'z nihoyasiga etmoqda.
Bugun, 19 iyun kuni musobaqaning hal qiluvchi uchrashuvi mezbon O'zbekiston hamda Saudiya Arabistoni o'rtasida bo'lib o'tadi. Bahs Toshkent vaqti bilan 18:00 da “Bunyodkor” stadionida boshlanadi.
Hal qiluvchi bellashuvni qatarlik hakamlar brigadasi boshqarib boradi. Bosh hakam — Salmon Ahmad Falahi. Unga qanotlarda Yusuf Orif Al SHammari hamda Zahiy Snaid Alshammari yordam beradi. Uchrashuvda VAR hakami vazifasi Umar Muhammad Ahmad Hassan (BAA)ga topshirilgan.
Uzbekistan U23 |
AFC U23 Asian Cup Final Stage . final-tur 19/06/2022, 19:00 2
:
0
Tugadi
|
Saudi Arabia U23 |
45'
90'
U-23 Osiyo kubogining 3-o'rin uchun bahsida Yaponiya 3:0 hisobida Avstraliyani taslim etgandi.
Fikrlar