Oybek Rustamov: "Mag'lubiyat yoqimsiz bo'ldi"

Narzulla Saydullayev
22 iyun 2016
"Mashal" - "Qo'qon-1912" jamoalari o'rtasidagi o'yinda mehmonlar tarkibida Oybek Rustamov ilk marta boshlang'ich tarkibda maydonga tushdi.

Biz uchrashuvdan so'ng Oybek Rustamovning fikrlari bilan qiziqdik.

"Bugun asosiy tarkibda birinchi marta o'yin boshidan harakat qildim. Menga ishonch bildirganlari uchun bosh murabbiyimizga minnatdorchilik bildiraman. O'zimni ko'rsatishga harakat qildim, biroq mag'lubiyatga uchraganimiz yoqimsiz bo'ldi. Keyingi o'yinlarda albatta o'z o'yinim bilan murabbiylar va muxlislar ishonchini oqlashga bor kuchimni ishga solaman", - deydi Rustamov.

"Qo'qon-1912" matbuot xizmati


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia