Oybek Rustamov, Iqbol Malikjonov o'z ustoziga "Damas" avtomashinasini sovg'a qildi
03 okt 2021 14:11
Yangiliklar
Oybek Rustamov, Iqbol Malikjonov o'z ustoziga "Damas" avtomashinasini sovg'a qildi
25 yildan beri Uchko'prik tumanida mehnat qilib kelayotgan Samandar aka Meliboevga, bugunda Qo'qon-1912 jamoasida to'p tepayotgan shogirdlari Oybek Rustamov, Iqbol Malikjonov va Havoqand brendi tomonidan Damas mashinasi sovg'a qilindi.
Qizig'i, futbolchilar mashinani 2006-yillarda tavallud topgan futbolchilar o'ynayotgan payti arenaga haydab kirib borganlar.
“25 yillik mehnatimning samarasi bo'ldi. Ustozlar kunida meni siylagan shogirdlarimni, rizqi va barakasini yaratgam egamning o'zi bersin. Ular bilan faxrlanaman”, - deydi Samandar ustoz.
“Bizni mahalladan topib kelganlar. Oybek ikkimizni musobaqalarda olib yurib tarbiyaladilar. Bugun shukur bo'lsingki, katta futboldamiz. Endi biz kabi o'yinchilarni yanada ko'proq musobaqalarga olib borsinlar deb, Havoqand brendi va Oybek bilan kelishgan holda, ko'pchilik sig'ib ketadi deb Damas sovg'a qildik. Qo'qon Ligasida endi muammosiz ishtirok etadilar”, - deydi Iqbol.
Avtomobil muborak, aziz ustoz!
Fikrlar