So’nggi yangiliklar

10:15«Манчестер Юнайтед» «Бавария» билан келишувга эришди - Фабрицио Романо  0 09:46Футзал. Ўзбекистон ва Ангола ўртасидаги бугунги учрашув 13 августга қолдирилди. Нега?  0 09:18«Вест Хэм» анча вақт «Ювентус» қизиққан футболчи билан шартнома тузди  1 08:49Суперлига. Бугун яна иккита учрашув бўлиб ўтади  1 08:20"Пахтакор-79" абадий қалбимизда!  1 07:52Париж-2024. Мартанинг сўнгги учрашувида Бразилия финалда АҚШга мағлуб бўлди  1 07:2511 август куни Париж Олимпиадасида қайси спортчиларимиз иштирок этишади? (рўйхат)   3 04:53Рўзиқул Бердиев: "Бугун олти очколик ўйин бўлди, аммо "Пахтакор"ни ҳисобдан чиқариб бўлмайди"  7 01:50Максим Шацких: "Декабрь ойида барчасини сарҳисоб қиламиз. Ўйинни назорат қилдик ва рақибга имконият бермадик"  28 01:40МЮ "Атлетико" собиқ футболчисига қизиқмоқда  0 01:24Мората "Милан"га ўтиши ҳақида гапирди  0 01:07"Наполи" ҳатто Осимхен қолса ҳам, Лукаку билан шартнома имзоламоқчи, аммо 30 млн евродан қимматига эмас  0 00:40"Барселона" "Челси" ўйинчисининг трансфери устида ишламоқда  1 00:20Англия Суперкубоги. "Манчестер Сити" - "Манчестер Юнайтед" 1:1, Брунонинг ажойиб голи ҳисобга олинмади  0 00:15Стерлинг "Ювентус"га ўтиши мумкин  0

Oybek Kasimov: "Sportchilarimiz yurtimiz sharafini munosib himoya qilishlari lozim" Yangiliklar

Oybek Kasimov: "Sportchilarimiz yurtimiz sharafini munosib himoya qilishlari lozim"

Matbuot anjumanini MOQ matbuot bo'limi boshlig'i SHavkat Jalilov ochib berar ekan, dastur haqida qisqacha tushuntirgan holda so'zni tashkilot Bosh kotibi Oybek Kasimovga berdi.

“Davlatimiz rahbari tomonidan sportga berilayotgan etibor natijasi o'laroq yildan yilga sportdagi yutuqlarimiz oshib, ijobiy o'zgarishlar soni ko'payib boryapti. Bugungi tadbirni o'tkazishdan asosiy maqsad, tashkilot va OAV o'rtasidagi bog'liqlikni yo'lga qo'ygan holda, yil davomida sportimizda yuz berayotgan voqea-hodisalar bilan sizlarni tanishtirib borishdir. Mustaqillikka erishganimizdan so'ng 5 marta yozgi, 6 marta qishki Olimpiada o'yinlarida qatnashdik. SHu kungacha 6ta oltin, 5ta kumush va 10ta bronza medallarini qo'lga kiritdik. Rio-2016ga esa hozircha 52ta yo'llamani naqd qilganmiz, oldimizda hali saralash o'yinlari ko'p, hali licenziyalarimiz sonini oshadi. Eng muhimi MOQ sport federaciyalari oldidagi barcha vazifalarni ortig'i bilan bajardi. Endi ular yurtimiz sharafini munosib himoya qilishlari lozim bo'ladi”, - deydi kirish so'zida Oybek Omilovich.


Oybek Omilovichning kirish so'zidan so'ng navbat savol-javoblarga berildi. 

Timur Nizaev (“Pravda Vostoka”): – Olimpiya harakati qanday tartibda ishlayapti, hududlardagi faoliyat haqida gapirib bersangiz.

Farhod Turdiev (MOQ Vice-prezidenti): – London va Rio olimpiada o'yinlarining dasturi o'rtasida farq bo'ldi. Bu safar biz federaciyalar bilan to'g'ridan – to'g'ri ishladik va har bir viloyat bilan alohida ish olib bordik. Tumanlarga bo'lgan etiborimiz oshib, ularga amaliy va moddiy yordam berib borsak, o'z-o'zidan Osiyo o'yinlari va Olimpiadadagi natijalarimiz yuqorilab boraveradi. Bu borada avvalo biz yaxshi saviyadagi mahalliy kadrlarni yig'ishni boshladik. To'g'ri, barchasi ham doim reja asosida ketavermaydi. Andijon, Farg'ona, Navoiy va Qoraqalpog'istonda ishlar ancha ilgarilab ketdi.

Norbek Niyozov: (“Sport TV”) – London Olimpiadasi oldidan va musobaqa paytida bizda doping bilan bog'liq muammo paydo bo'lgan edi. Undan tashqari Lotin Amerikasida tarqalib borilayotgan “Zika” virusiga oid fikringiz.

Marif Karimov (MOQ huzuridagi tibbiyot markazi rahbari): - Har bir musobaqada dopingga aloqador xabarlarni ko'ramiz. O'z-o'zimizni doping bormi-yo'qmi aniqlay olamizmi? Buning uchun licenziya kerak. Licenziya katta pul turadi. SHuning uchun XOQ O'rta Osiyo uchun faqatgina markazlashgan doping markazini ochgan.  Oddiy “aktivigen” tabletkalarida ham XOQ ro'yxatidan o'rin olgan doping ximik moddasi bo'lishi mumkin. Biz bu tabletkalarni o'zimiz o'rganishimiz mumkin, lekin bu qonun buzarlik bo'ladi va buning jarimasi juda katta. 

“Zika” masalasiga kelsak, Olimpiadada bizning markazdan shifokor bo'ladi va sportchilarimizning sog'lig'iga javobgarlikni o'z bo'ynilariga oladilar. Safar oldidan mezbon davlat bizga qanday dori vositalari bilan tashrif buyurishimiz mumkinligini aytadilar. Biz nafaqat “Zika” bo'yicha, balki boshqa kasalliklarning ham oldini olish bo'yicha ish olib boramiz.

“Zika” virusi haqida MOQ xalqaro bo'limi boshlig'i Bahodir Husanxo'jaev ham, tashkilotga mazkur masalada kelib tushgan xat mazmunini aytib o'tdi:

–  Braziliya hukumati “Zika” borasida hech qanday xavf yo'qligini aytib o'tdi. Bu kasallikning echimi topilayotgani, muhimi sportchilar o'rtasidagi qo'rquvni yo'qotib, musobaqani chiroyli tarzda o'tkazishni maslahat berdi. Olimpiada o'yinlarini qoldirish borasida hech qanday gap so'z bo'lmagan.

Davron Fayziev (“Sport TV”): - Rioda bo'lib o'tadigan Olimpiada o'yinlarida sportchilarimiz ishtirokidagi tadbirlarga qanday tayyorgarlik ko'rilyapti?

Bahodir Husanxo'jaev: – 2015 yilnig avgust oyida XOQ har bir MOQ vakillarini bir erga to'plagan holda musobaqani yuqori saviyada o'tkazish borasidagi maxsus instrukciyalarni berdi. Har kvartalda (3 oyda) qilinayotgan ishlar haqida hisobot berib borilyapti.

Bayram Aytmurodov (“O'zA”): - Oqsash kuzatilayotgan hududlar ham bormi?

Matkarimov Rashid (Olimpiya harakatini rivojlantirish boshqarmasi boshlig'i): - 10 yil davomida tumanlardagi tizim ishlamadi. Bizda 194ta tuman mavjud. Tumanlardagi sport tadbirlari yo'q, moliyalashtirilmay qo'yilgandi. Bu esa 10 yil o'tib o'z so'zini aytdi va biz so'nggi Olimpiadada qoniqarli natijaga erisha olmadik. Har bir cikl kamida 10 yilni o'z ichiga oladi. Bugungi kunga kelib har bir nuqtada ish jarayoni yaxshi yo'lga qo'yildi, lekin bu ishlarning mevasini keyingi yil Olimpiadalarda ko'rishimiz mumkin, boisi bu yoshlar hozir endigina 12-15 yoshni tashkil etishmoqda. 

Saparmat Safaev (“Sport TV"): – London Olimpiadasida MOQ tarixidagi eng qoniqarsiz natija qayd etilgan edi. Joriy olimpiadada nimani kutyapsizlar, undan tashqari og'riqli nuqtamiz bo'lib qolayotgan qachon jamoaviy sport turlaridan ham Olimpiadada jamoamiz ishtirok etadi?

Farhod Turdiev: – Hozir tushimizda ham Olimpiadani ko'ryapmiz. Bizni kim ko'rsa, birinchi beradigan savoli nechta licenziya qo'lga kiritiladi bo'lyapti. Avvallari MOQ sport federaciyalari oldiga talab qo'ya olmasdi. Hozir vaziyat o'zgardi, endi biz bemalol sport federaciyalariga o'z talabimizni qo'ya olyapmiz. Bugungacha 54ta licenziyaga ega chiqdik. Ko'pchilik licenziya olish bizning qo'limizda deb o'ylaydi, yo'q bu sport federaciyalarining ishi. Jamoaviy sport turlariga keladigan bo'lsak, u erda qiyin bo'lyapti. Hozir velosportdan tashqari qolgan federaciyalar bizga yangi licenziyalarni berishga yaqin turishibdi. Boisi, jahon chempionatlari yakuniga etib bo'ldi, endi hududiy bosqichlarda o'ynaladigan licenziyalarni qo'lga kiritishimiz kerak, bu bir muncha osonroq kechadi.

Mirzahakim To'xtamirzaev (FK “Bunyodkor” matbuot bo'limi boshlig'i): – Ko'pchilikni qiziqtirgan savol, Olimpiya shaharchasida O'zbekiston kuni bo'ladimi, keyin sportchilarimizni bu safar qanday liboslarda ko'ramiz?

Oybek Kasimov: – Zamon bilan hamnafas tarzda yil sayin dizayni ham zamonaviylashib boryapti. Hozirda uchta dizaynerlik kompaniyasi bu borada ish olib borishmoqda. Maqul kelgan variantni tanlagan holda, eng chiroyli dizaynni tanlaymiz.

Albatta, Rio Olimpiadasi davomida O'zbekiston kuni bo'ladi.

Nodirxo'ja Yuldashev (“Championat.asia”): – Bugungi kunda O'zbekistonlik jurnalistlarga XOQ tomonidan to'rtta kvota berilgan. So'nggi yillarda o'zbekistonlik jurnalistlarning imkoniyati kengayib borishi, ularning turli safarlarga borishiga zamin yaratdi. Ammo, kvota tufayli, Olimpiadada ishtirok etishni istagan OAV vakillari kvota tufayli musobaqaga bora olishmayapti. Kvotalar sonini oshirish borasida ish olib boriladimi?

– Bularning barchasi qachon oshadi, qachongki, sportchilarimizning soni oshsa. Har qanday toifadagi kvotalar MOQning delegaciyasiga qarab ajratiladi. Qancha ko'p sportchi bo'lsa, shuncha ko'p akkreditaciya olish imkoniyatiga ega bo'lamiz.

Nodirxo'ja Yuldashev.

Foto: olympic.uz

Reyting: -1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика