"Yil javohiri" nominanti Turkiyada operaciya qilinadi
05 dek 2025 16:37
Yangiliklar
"Yil javohiri" nominanti Turkiyada operaciya qilinadi
"Dinamo" safida bu yilgi o'yinlari orqali Superliga kashfiyotlaridan biriga aylangan Oybek O'rmonjonov mavsum yakunida jarohat olgandi.
19 yoshli yarim himoyachi "Nasaf"ga qarshi o'yin oldidan mashg'ulotda jarohat olgandi. Tibbiy tekshiruvlardan so'ng futbolchining chap tizza oldingi xochsimon boylamining yirtilishi aniqlangan.
Klub shifokorlar bo'limining malum qilishicha, Oybek O'rmonjonov tizzasidan jarrohlik amaliyotini o'tkazadi. Operaciya yaqin kunlarda Turkiyaning Istanbul shahrida o'tkaziladi. Tiklanish jarayoni bir necha oyni tashkil qiladi.
Malumot o'rnida, O'rmonjonov "Yil javohiri" nominantiga aylangan, ammo bu mukofot uning jamoadoshi Firdavs Abdurahmonovga nasib etgan edi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar