Ouen: "Pogba Fergyuson qo'l ostida dunyoning eng kuchli futbolchisiga aylangan bo'lardi"
04 okt 2018 16:40
Yangiliklar
Ouen: "Pogba Fergyuson qo'l ostida dunyoning eng kuchli futbolchisiga aylangan bo'lardi"
Angliya terma jamoasi sobiq futbolchisi Maykl Ouenning fikricha, jamoa yarim himoyachisi Maykl Ouenning o'sishiga "qizil iblislar" ustozi Joze Mourinyu halaqit qilishi mumkin.
"O'ylashimcha, Pogba - ajoyib futbolchi, biroq uning so'nggi o'yinlari xafsalamni pir qilmoqda. Polning yoshini hisobga oladigan bo'lsak, u hozirgidan ancha tajribaliroq bo'lishi kerak. Pogba Fergyuson qo'l ostida dunyoning eng kuchli futbolchisiga aylangan bo'lardi.
Mourinyu faoliyati davomida ko'plab futbolchilar... Muhammad Saloh, Kevin De Bryuyne, endi esa Pol Pogba va Aleksis Sanches. Ularning hammasi o'zini boshqa jamoada ko'rsata olgan. Mourinyu ko'plab futbolchilarga o'sishda yordam bergan, ammo ularning ko'pchiligi himoyachilar" - deydi Ouen.
Fikrlar