So’nggi yangiliklar

22:10Ла Лига. "Реал"дан йирик ғалаба. Эндрик мадридликлар сафида дебют голини урди  9 22:07Суперлига. "Насаф" "Андижон"ни йирик ҳисобда мағлуб этиб, таъқибчилар билан фарқни янада оширди  63 21:50МЮ Скотт Мактоминейни "Наполи"га сотишга рози бўлди. Трансфер нархи маълум  0 21:33Суперлига. "Локомотив" – "Қизилқум" 4:2. Highlights  2 20:47Бундеслига. "Бавария" мавсумни қийин ғалаба билан бошлади  5 20:20Лига 1. Ҳусанов захирадан майдонга тушган ўйинда "Ланс" ғалаба қозонди. Клуб 100% лик натижа қайд этмоқда  1 20:16АПЛ. "Челси" "Вулверхэмптон"га қарши ўйинда янги мавсумдаги илк ғалабасини қўлга киритди  9 20:07АПЛ. "Ливерпуль" – "Брентфорд". Таркиблар аниқ!  2 19:55Суперлига. 10 дақиқа ичида 4 та гол ўтказиб юборган "Қизилқум" сафарда "Локомотив"га ютқазди  36 19:20Қозоғистон. "Ордабаси" – "Актобе": ўзбекистонлик икки футболчи ҳам бошланғич таркибда  1 18:47"Ал Насср"да барчаси жойида. Роналду жамоаси бир йўлла икки нафар юлдуз билан шартнома тузмоқчи  12 18:11АПЛ. "Челси" "Вулверхэмптон" меҳмони бўлмоқда (онлайн ҳисоб)  2 17:14"Локомотив" — "Қизилқум". Таркиблар маълум  0 16:58"Комо" тўхтамаяпти: клуб "Манчестер Сити" футболчисини ўз сафига қўшиб олди  2 16:31"Ювентус" хавбекини ижарага бериб юборди  0

Ouen: "Ko'pchilik penalti bo'lganini aytmoqda, lekin men uchun bunday emas" Yangiliklar

Ouen: "Ko'pchilik penalti bo'lganini aytmoqda, lekin men uchun bunday emas"

Angliya terma jamoasining sobiq futbolchisi Maykl Ouen CHempionlar ligasining1/8 final boschqichida PSJ hamda "Manchester Yunayted" jamoalarining javob o'yini so'nggi daqiqalarda belgilangan penalti haqida fikr bildirdi.

Bahsning asosiy vaqtiga qo'shib berilgan daqiqalarda Diogu Dalotning jarima maydoni tashqarisidan bergan zarbasi PSJ himoyachisi Presnel Kimpembening qo'lini topdi. Uchrashuv hakami Damir Skomina videoassistentga murojaat qilishga qror qildi va yakunda 11 metrlik nuqtani ko'rsatdi. Bu esa PSJ muxlislari va bir qator mutaxassislarga yoqmadi. Masalan, o'z davrida taniqli hujumchi bo'lgan angliyalik Maykl Ouen ham bu vaziyatga  etiroz bildirdi.

"Ko'pchilik insonlar penalti bo'lgani va bu haqli belgilanganligi hususida gapirishmoqda. Ammo, men bunday hisoblamayman. Kimpembe to'pni orqasi o'girilgan holatda qaytardi. Bunda u sakragan vaziyatda to'pni ko'rmagan va to'pni ixtiyoriy qo'li bilan qaytarmagan edi. Hakam takroran vaziyatni ko'rish uchun VAR tizimiga murojaat qilganidan so'ng, penalti borligini bildingiz", - deya fikr bildirdi Ouen.

Eslatib o'tamiz, MYU o'z maydonida PSJga 0:2 hisobida yutqazgan va javob o'yinidan oldin ECHLning chorak final bosqichiga chiqish uchun ikkita to'p farqini yo'qqa chiqarishi kerak edi. Rashfordning penaltidan urgan goli mazkur qarama-qarshilik taqdirini hal qildi. Natijada, PSJning omadsiz ananasi takrorlandi. Mankunianliklar ustozi Sulsher esa MYUdagi omadli debyuti tasodif emasligini yana bir bor isbotladi.    

Reyting: +14   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика